608-bob. Tuklarni olishning muddatlari haqida
1294. Ibn Umar (r.a.) har 15 kunda tirnoqlarini va har oyda badanlaridagi tuklarini
tozalardilar.
609-bob. Qimor haqida
1295. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Johiliyat davri-da odamlar: "Tuya qimorbozlari
qaerda?" - derdilar. Shunda o'n kishi bir joyga yig'ilib, yangi sutdan chiq-qan o'nta
bo'taloqqa bir tuya sotib oladilar. So'ng qimor o'qlarini aralashtirib bir xaltaga soladilar,
ulardan biriga bo'sh o'q chiqquniga qadar xaltadan o'qni sug'urishda davom etaveradilar.
Qolganlari esa quruq qoladilar. Bo'taloqlar tugagunicha ismi yozig'liq o'q chiqqan kishi
hissasini olib ketaveradi. Mana shu qimordir".
1296. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Maysir qimordir".
Do'stlaringiz bilan baham: |