Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
180
547-bob. Birov joyini bo'shatib bersa, u yerga o'tirmasligi haqida
1186. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Raeululloh (s.a.v.) bir kishini o'rnidan turg'azib, uning
joyiga o'tirish-dan qaytarganlar". Ibn Umar (r.a.)ga biron kishi joy-ini bo'shatib bersa, u
yerga o'tirmas edilar".
548-bobdagi 1187-hadis 537-bobdagi 1172-hadisning takrori.
549-bob. Birov chaqirganda qanday tarzda qarash haqida
1188. Abu Hurayra (r.a.) Raeululloh (s.a.v.)ni shunday tavsif qildilar: "Ul zot o'rta
bo'ydan novcharoq, badanlari (qizg'ish) oq,
soch-soqollari qora, (oldi) tishlari chiroyli va
zich,
kipriklari uzun, yelkalari keng va orasi uzoq, yuzlarida butun chiziqlari ko'ri-nar,
oyoqlarini to'la bosar edilar (ya'ni yassi oyoq emasdilar).
Agar yuzlansalar, butun
vujudlari
bilan yuzlanar, ortlariga qarasalar, butun gavdalari bilan burilardilar.
Men u
kishiday insonni oldin ham, keyin ham ko'rmadim".
Do'stlaringiz bilan baham: