546-bob. Oyoqlarini quduqqa solib o'tirish haqida
1184. Abu Muso Ash'ariy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni hojat bilan Madina
devor-laridan biriga chiqdilar. Men ham izlaridan chiqdim. Ul zot binoning ichiga
kirganlarida men uning eshi-gi oldida o'tirdim va: "Bugun garchi buyurilmagan bo'lsam
ham Rasululloh (s.a.v.)ning eshik og'asi bo'la-man", dedim. Ul zot hojatdan qaytib,
quduq labiga keldilar. Boldirlarini ochib, oyoqlarini quduq ichi-ga soddilar. Shu payt Abu
Bakr Sidtsiq (r.a.) kelib, kirishga izn so'radilar. "Sizga Rasululloh (s.a.v.) izn
bergunlaricha kuting", dedim. U kutib turdi. Men Rasuli akram (s.a.v.) oldilariga kelib:
"Ey, Rasulalloh, Abu Bakr huzuringizga kirish uchun izn so'ra-moqda", dedim. Ul zot:
"Unga izn ber va jannat xushxabarini unga yetkaz!" - dedilar. A.bu Bakr (r.a..) ki-rib,
Rasululloh (s.a.v.)ning o'ng tomonlariga o'tirdi. U ham boldirlarini ochib, quduq ichiga
osiltirib oldi. Hz. Umar (r.a.) keldi. "Payg'ambar (s.a.v.) izn bermagunlaricha joyingizda
turing", dedim. Rasuli akram (s.a.v.): "Ayt, kirsin va unga jannat xushxaba-rini ber!" -
dedilar. Hz. Umar (r.a.) ul zotning chap yonlariga o'tirdi. Hz. Umar (r.a.) ham boddirini
ochib, oyoqlarini quduqqa tashlab oldi. quduq labi to'lib u yerda bo'sh yer qolmadi.
So'ngra hz. Usmon (r.a.) keldi. "Ul zot izn bermagunlaricha turib turing", dedim.
Rasululloh (s.a.v.): "Unga izn ber va jannat xushxaba-rini berish bilan birga unga
kelajak balolarini1 ham ayt", dedilar. Usmon (r.a.) ular bilan o'tirgani joy topa
olmagach, burilib, ularga qarama-qarshi, quduqning qirg'og'iga o'tirdi va boddirini ochib,
oyoqla-rini quduqqa tiqtsi. Men akam ham kelishini istar-dim. Allohdan uning kelishini
so'rab duo qildim. Lekin ular turgunlaricha ham akam kelmadi. Ibn Mu-sayyib aytdilar:
"Bu avvalgi uch zot (Rasululloh (s.a.v.), Abu Bakr, Umar (r.a.)larning qabrlari ham birga
bo'ldi, Usmon (r.a.)ning qabrlari esa, ulardan alohida bo'ldi".
1185. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) kunning qaysidir
vaqtida uylaridan chiqdilar. Na ul zot menga bir narsa dedilar, na men ul zotga bir narsa
demasdan Bani Qaynuqo' bozori-gacha keldik. Keyin Fotima (r.a.)ning hovlisida o'tir-
dilar. Hasanni ko'zda tutib: "Kichkina, shu yerdami-san, shu yerdamisan, kichkina?" deb
chaqirdilar. Foti-ma (r.a.) bolasini bir oz ushlab qoldi. So'ng bolakay chopib keldi.
Rasululloh (s.a.v.) uni quchib o'pdilar, so'ng: "Allohim, Sen bu bolani ham, buni
sevganni ham sevgin", - dedilar".
Kelajak balolar, deyish bilan Rasuli akram (s.a.v.) hz. Us-mon (r.a.)ning xorijiylar
tomonidan qatl etllishlarini ba-shorat qilganlar, vallohu a'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |