561-bob. Cho'kka tushish haqida
1213. Qayla (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.)ning cho'kka tushib o'tirganlarini
ko'rdim. Rasululloh (s.a.v.)ning (Allohga) mute' bo'lib o'tirganlarini ko'rganimda,
qo'rquvdan titrab ketdim".
562-bob. Chordona qurib o'tirish haqida
1214. Zayyol ibn Ubayd ibn Xanzala ibn Xizyam (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning
oddilariga kelga-nimda chordona qurib o'tirganlarini ko'rdim".
1215. Abu Zurayq Ali Abdulloh ibn Abbos (r.a.)-ning o'ng oyog'ini chap oyog'i ustiga
qo'yib, oyog'ini cha-lishtirib o'tirganini ko'rganligini aytdi.
1216. Imron ibn Muslim aytdi: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni mana bunday qilib - bir
oyog'ini ikkinchisi ustiga qo'yib o'tirganini ko'rdim".
Do'stlaringiz bilan baham: |