559-bob. Taqiqlangan kiyim turlari haqida
1210. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.) ikki (xil) libosdan va ikki (xil)
savdo: mulomasa va munobazadan qaytarganlar. Mulomasa - boshqasining kiyimiga
(kunduzi yoki kechasi) qo'li bilan faqat teginishi, kiyimlarning orqa-oldini sinchiklab
ko'rmaslik va shu bilan savdoni amalga oshi-rish. Munobaza esa, kishi kiyimini
boshqasiga irg'i-tishi va boshqasi ham o'z kiyimini unga irg'itishi va bu irg'itishlarda
kiyimga qaramasdan sotib olishdir. Taqiqlangan ikki tur kiyimdan biri "ishtimoli-s-
sammo"dir. Bu esa, kishi kiyimi bir yelkasini yopi-shi va ikkinchi yelkasi ochiq qolishidir.
Ikkinchi turi esa, "ixtibo"dir. Bunda kishi o'tirganda kiyimi yi-g'ishtirilib, avrati ochilib
qolishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |