Aksonlarning asosiy vazifasi somada hosil bо‘lgan qо‘zg‘alishni
о‘tkazishdan iborat. Miyelinli va miyelinsiz tolalar qо‘zg‘alishni о‘tkazishda bir-
biridan farq qiladi. Miyelinsiz toladagi qо‘zg‘alish sekin-asta o’q silindr
membranasi bo’ylab uzliksiz tarqaladi. Qо‘zg‘alishning tarqalish tezligi
miyelinsiz asab tolalarida aksonning diametriga (0,1 mm dan 1 mm gacha
bо‘ladi) bog’liq Miyelinli asablarda esa aksonning diametri miyelin hisobiga
yo’g’onlashgan. Miyelinli asab tizimining diametri 12 mm dan 22 mm gacha
bо‘ladi. Qо‘zg‘alish bir soniyada 70 metrdan 120 metrgacha tezlikda о‘tkaziladi.
Aksonlar bo’ylab qо‘zg‘alishningtarqalishi harakat potensiallarini ionlar
mexanizmi asosida hosil bo’lishi va asabning qо‘zg‘algan qismlari oralig’ida
paydo bо‘lgan elektr tokini membrananing ionlar о‘tkazuvchanligiga ta’sir
etishiga bog’liq. Agar, tola membranasining bir qismida, uning qutblari keskin
о‘zgarsa (depolyarizatsiya sodir bо‘lsa) harakat potensiali vujudga keladi.
Bunda, natriy ionlari sitoplazmaga o’tishi oqibatida membrananing ichki satxi
musbat zaryadlanadi. Paydo bо‘lgan ionlar harakati va membranadagi elektr
о‘zgarishlar asab tolasining qо‘zg‘algan va qо‘zg‘almagan qismlari o’rtasida
mahalliy tokni vujudga keltiradi. Mahalliy tok asab tolasining tinch to’rgan
membrana qismi qutblarini о‘zgartiradi, ya’ni depolyarizatsiyalaydi va
membrananing natriy ionlariga bо‘lgan о‘tkazuvchanligini oshirib, aksonning shu
qismida Harakat potensiali vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Hosil bо‘lgan
Harakat potensiali esa, aksonning shu qismidan, yana boshqa qismlariga, yuqorida
aytib utilganidek tarqalaveradi. Odatda, membrananing depolyarizatsiyasi
jarayonida manfiy va musbat Harakat potensiali izlari kuzatiladi. Manfiy
potensial izi — membrana depolyarizatsiya izini, musbat potensial izi esa —
membrananing odatdagi qutblanishini kuchayishini, ya’ni giperpolyarizatsiyani
ifodalaydi. Miyelinsiz asab tolalarida, mahalliy tok membrananing Har qanday
qismi orqali bemalol o’ta oladi, chunki Shvann xujayralari deyarli qarshilikka
ega bo’lmaydi. Natijada, mahalliy tok asab tolasining uchiga kadar membrana
bo’ylab uzliksiz, ketma-ket depolyarizatsiya hosil qilish yo’li bilan
tarqalaveradi. Qo’zgalishni uzliksizо‘tkazilishi mahalliy tokni so’nishiga olib
keladi. Miyelinsiz tola qancha yo’g’on bо‘lsa, qо‘zg‘alish shuncha katta tezlik
bilan о‘tkaziladi. Akson o’q silindrini miyelin membrana bilan uzilib-uzilib
о‘ralishi va miyelinning katta elektr qarshilikka ega bo’lishligi, qо‘zg‘alishni
sifat jihatidan yangi usulda tarqalishi uchun sharoit yaratadi, miyelin о‘ralmay
qolgan zonasida esa elektr qarshilik juda kam bо‘ladi. Aksonda Ranvye bo’g’imi
har tomonlama ichkariga botiq holatda ko’rinib turadi. Botik qism
membranasida mahalliy tokning о‘zgarishi pogona darajaga yetgach, harakat
potensiali paydo bо‘ladi. Hosil bо‘lgan qо‘zg‘alish impulsi miyelinli soxani
chetlab, bog’indan bog’inga sakrab o’tadi va bog’inlar uzra tarqaladi. Bunday
sakrash yo’li bilan impulslarni tarqalishini saltator tarqalish (lot. Saltare —
sakrash) deb ataladi. Miyelinli asablarda qо‘zg‘alishni о‘tkazish vaqti Ranvye
bog’inlari oraligidagi masofaga tog’ri proporsional bо‘ladi, ya’ni u qancha
uzun bо‘lsa, qo’zg’alish shuncha tez о‘tkaziladi. Miyelinli asab tola,
qо‘zg‘alishni tez va saltator tarqatishi bilan birga, javobni tez hosil bo’lishi uchun
juda ham kam energiya sarflanishini ta’minlaydi.Asab tolalarining turkumlari.
Qо‘zg‘alishni о‘tkazilishi va ularning tezligi asab tizimining tuzilishiga, tipiga,
neyronlarning qо‘zg‘aluvchanligi va labilligiga bog’liq,. Qо‘zg‘aluvchanlik
qanchalik yuqori bо‘lsa, labillik va binobarin о‘tkazuvchanlik ham shunchalik
katta bо‘ladi. Asab tolasining qо‘zg‘aluvchanligi mushaknikiga nisbatan
anchagina yuqori, lekin hamma asablarda bir xil emas. Miyelinli tola miyelinsiz
tolalarga nisbatan yuqori qо‘zg‘aluvchanlikka ega. Qо‘zg‘alishni о‘tkazish
tezligiga asoslanib issik qonli hayvonlarning asab tolalari quyidagi tiplarga
ajratiladi: 1) A-alfatipi skelet mushaklarini harakatlantiruvchi tola, mushak
retseptorining birlamchi afferentlari (о‘tkazish tezligi 70 — 120 ms); 2) A-
betta — teridagi tegish va og’riq retseptorlarining afferentlari (40 — 50 ms); 3)
A-gamma — mushak do’ngchasini harakatlantiruvchi tola terining tegish va
og’riqni sezuvchi afferentlari (15 — 40 ms); 4) A-delta — terining harakatini
va og’riqni sezuvchi afferentlari (5 — 15 ms); 5) V tipi — preganglionar
simpatik asab (3 — 14 ms); 6) S tipi — postganglionar simpatik asab (0,5 — 2
ms). Issikqonli hayvonlarning neyroni sovuq qonli hayvonlarning neyroniga
nisbatan impulsni tezroq о‘tkazadi. A-alfa tolalar eng yo’g’on tola bо‘lib ,
impulslarni orqa miya harakatlantiruvchi asab markazidan tana mushaklariga
va undagi retseptorlardan tegishli asab markazlariga о‘tkazadi. Harakat
potensiallari 0,4-0,5 ms, depolyarizatsiyaning izi 15-20 ms, musbat izi esa 40-60
ms davom etadi. A-betta, A-gamma va A-delta tolalar asosan sezuvchi asab tolalari
bо‘lib , nisbatan ingichka, qо‘zg‘alishni sekin о‘tkazadi va ularda Harakat
potensiali uzoq vaqt davom etadi. Bu asab tolalari impulsni taktil, ba’zan og’riq,
harorat va ichki a’zolardagi retseptorlardan MAT ga о‘tkazadi, A-gamma tolalar
bundan mustasno, impulslarni orqa miyaning neyronlaridan intrafuzal
(lotinchasiga fusus — do’q , in — ichida), ya’ni kapsulaga о‘ralgan mushaklar
tolalariga о‘tkazadi.V-tipdagi asab tolalariga miyelinli, vegetativ asab tizimining
tugunoldi (preganglionar) tolalari kiradi, ularda Harakat potensiali 1-2 ms davom
etadi, depolyarizatsiyaning manfiy izi hosil bo’lmaydi. Harakat potensialining
repolyarizatsiya fazasi bevosita giperpolyarizatsiya musbat iziga o’tib ketadi va
u 100-300 ms davom etadi. Kо‘pchilik S tipdagi asab tolalari simpatik asab
tizimining tugunketi (postganglionar) tolalaridan iborat. Og’riq sezgisi, issiq va
sovuq, bosim ta’sirlaridan hosil bо‘lgan impulslarni ham S-tipdagi asablar
о‘tkazadi. Ularda Harakat potensiallari uzoq vaqt davom etadi (2 ms),
depolyarizatsiya manfiy izi 50-80 ms, musbat izi esa 300-1000 ms davom
etadi.Asab tolalarida qо‘zg‘alishni о‘tkazilishi. Tanadan ajratib olingan asb tolasi
qо‘zg‘alishni har ikki tomonga о‘tkazish xususiyatiga ega. Agar, asab tolasining
ikki uchiga, elektr ulchagich asbob bilan ulangan ikki juft impuls uzatuvchi
elektrodlar tutashtirilib, uning o’rta qismiga elektr tok ta’sir ettirilsa, ikkala
elektrod zonasida harakat potensiallari (impuls) hosil bо‘lganligini ko’rish mum-
kin. Organizm ichki muxitida esa, qо‘zg‘alish asab tolalari orqali faqat bir
tomonlama, refleks yoyiga xos yo’nalishda, ya’ni retseptorlardan asab markaziga
va aksincha asab markazidan effektorga о‘tkaziladi. Asab tolasi orqali
qо‘zg‘alishni о‘kazilishi uchun, uning membranasi anatomik jihatdangina emas,
balki funksional jihatdan ham bir butun bo’lishi kerak. Buning uchun, elektr
о‘tkazgich sim singari asab tolasining butun bo’lishigina kifoya kilmaydi, ya’ni
u, fiziologik butunlikka ham ega bo’lishi shart. Asab membranasining butunligini
shikastlaydigan har qanday ta’sirotlar (asablarni uzilishi yoki cho’zilishi) hamda
asab impulsi hosil bo’lishini buzuvchi omillar (asab tolasini sovutilishi, isitilishi
va turli kimyoviy moddalar ta’siri, jumladan spirt, novokain, kokain va
boshqalar) ta’sir etsa qо‘zg‘alish (impuls) ugmaydi.Asab tolasi juda kо‘p
tolalardan tashkil topgan asab uramidan iborat bo’lishiga qaramasdan, asab
o’ramidagi bitta tola orqali о‘tkazilayotgan qо‘zg‘alish uning yonidagi tolalarga
o’tmaydi. Sababi, asab tolasi maxsus qobiqqa о‘ralgan va tolalararo bo’shliqni
to’ldirgan suyuqlikning qarshiligi tola membranasinikiga nisbatan nihoyatda
kichik bо‘ladi. Asab tolasining bu xususiyatini qо‘zg‘alishni alohida-alohida,
ya’ni izolyatsiyalab о‘tkazishi deyiladi va u, juda katta ahamiyatga ega. Jumladan,
ma’lum mushak guruhi qisqarishini, uchlari faqat undagina tugagan asab
tolasining ta’sirlanishi ta’minlaydi.
Asab tolasida moddalar almashinuvi. Asab tolasi tinch to’rgan paytida
ham beto’xtov kislorod qabul qilib, karbonat angidridni ajratib turadi. Bir
gramm asab tolasi tinch hol atda 1 daqiqada 0,008 mg S 0 2 ajratadi,
qо‘zg‘alish vaqtida esa bu ko’rsatgich 16 foizgacha kо‘payadi. Kislorodsiz
muxitda asabning qо‘zg‘aluvchanlik va о‘tkazuvchanlik qobiliyatlari yuqoladi.
Asablar qо‘zg‘algan paytda ulardagi moddalar almashinuvi jarayonlari ham
kuchayadi, O 2 sarflanishi, SO 2 va issiklik ajralishi ortadi. Bu quymich
asabining bir grammi tinch holatda, daqiqasiga 4,14-10-3 kal issiklik ajratadi.
Bitta impulsni 1 sm masofaga о‘tkazish vaqtida 1 0 12 kal issiqlik ajraladi.
Asab faoliyati uchun ajralayotgan energiya mushaknikiga nisbatan 1 mln. marta
kam. Asab tolasi qо‘zg‘algan vaqtida ATF va kreatinfosfatning parchalanishi
kuchayadi, sut kislotasi hosil bo’lishining ortishi esa glikoliz jarayoni
jadallashganligidan dalolat beradi.Neyronlar uchun zarur bо‘lgan energiya
mitoxondriyada hosil bо‘ladi. Mitoxondriyalar xujayra tanasida, aksonning
terminalidagi tugmachalar va gliyada uchraydi va energiyaga boy moddalarni
yadro atrofidagi muxitga hamda xujayraning о‘simtalariga tarqalishini ta’minlaydi.
Mitoxondriyalarda hosil bо‘ladigan energiya asab xujayrasidagi barcha
reaksiyalar, asab tolasining membranasi bo’ylab impulslarning harakati va
sinapslar faoliyati, membrananing qо‘zg‘aluvchanligi va kaliy-natriy nasosining
ishi uchun sarflanadi.Asab tolasining nisbiy tolmasligi. Asablarga xos
xususiyatlardan biri, ular qо‘zg‘alganda energiyaning nisbatan kam sarflanishi
bilan birgalikda tolasining nisbiy tolmasligidir. Tajribalarda, asab induksion tok
bilan to’xtovsiz ta’sirlanganda 8 soat davomida mushak qisqarishini kuzatish
mumkin. Asablar ish qobiliyatini 9-12 soat davomida ham yo’q otmaydi, ya’ni
bir necha soat davomida tolmasdan ishlayveradi. Lekin, undan ham uzoq
muddat betuxtov ishlaganda asablarning ishlash qobiliyati о‘zgaradi. Asabga
ritmik ravishda ta’sir qilinsa, unda refraktor faza uzayadi va har bir impuls
hisobiga ajaralayotgan issiqlikning miqdori kamayadi, impulslarni о‘tkazish
tezligi esa pasayadi. Bunday о‘zgarishlarga qaramasdan, asab kamroq darajada
bо‘lsa ham ishlayveradi.Asablar qо‘zg‘algan paytda energiyani asosan kaliy-natriy
nasosining ishi uchun sarflaydi. Kaliy bilan ta’minlanish yetarli bо‘lsa, bu nasos
sitoplazmaning ion tarkibini bir tekis saqlab tura oladi. Ingichka asablar bitta
impuls hosil qilish uchun kaliy ionlarining 1/1000, yo’g’on asablar esa 1/100000
qismini yo’q otadi. Ingichka asablar yo’g’on asablarga nisbatan ancha tez
toliqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |