Microsoft Word 5-Mavzu. Neyronlar


Nerv tizimining umumiy tuzilishi



Download 407,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi407,63 Kb.
#271987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu.Neyronlar

Nerv tizimining umumiy tuzilishi. Nerv tizimi  markaziy va periferik nerv 

tizimlarga  ajratiladi.  Markaziy  nerv  tizimi  bosh  va  orqa  miyadan  iborat  bо‘lib,  u 

о‘zaro  bog‘liq bо‘lgan neyronlar tо‘plamlari – nerv markazlari va nerv tolalarining 

yig‘indisidan  iboratdir.  Bosh  va  orqa  miyadan    chiqadigan  nerv  tolalari  butun 

gavda  a’zolari    bilan  bevosita  bog‘langan.  Shuning  uchun  bosh  va  orqa  miyada 

joylashgan  nerv hujayralari  butun gavdani  idora qiladi. Bosh va orqa miyaning 

kо‘ndalang    kesimlarida    kulrang  va  oq  moddalar  ajratiladi.  Kulrang  modda  nerv 

hujayralarining  tanasidan,  oq  modda  esa  miyelin  pardasi  bilan  о‘ralgan  nerv 

tolalaridan   tashkil topgan.  Nerv  tizimining    periferik qismi    nerv tugunlari  (bosh 

va orqa miyadan  tashqarida  joylashgan neyronlar  tо‘plamlari) hamda nerv tola va 

boylamlaridan  iboratdir.  Markaziy  nerv  tizimidan  ijrochi  a’zo  –  effektorgacha 

impulslarni  uzatuvchi  nerv  tolalari  –  efferent  nerv  tolalari  yoki  markazdan 

qochuvchi  nerv  tolalari  deb  nomlanadi.  Nervlarning  kо‘pi  aralash  tipdagi 

nervlardir.  Ularning  tarkibida  ham  markazdan  qochuvchi,  ham    markazga 

intiluvchi  tolalar mavjud. Nerv tizimini turli bо‘limlarga  ajratish shartlidir, chunki 

nerv tizimi  morfologik  jihatdan bir butun tuzilma  bо‘lib,  funksional  jihatdan  ham 

ayrilmas  yagona  tizimdir.  Nerv  tizimi  barcha  hayvonlarda  va  odam  morfo-

funksional birlik  – neyron  hamda  yordamchi gliya  hujayralarining  yig‘indisi  nerv 

tо‘qimasini tashkil qiladi. 

Odam    va  hayvonlar  asab  tizimining  asosiy  funksional  elementi  —  neyron 

hisoblanadi.  Neyron  о‘z  navbatida,  glial  xujayralar  bilan  juda  yaqin    bog‘langan 

bо‘ladi. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyronlar mavjud.  

Periferik   asab   tizimiga   kiruvchi   tugunlardagi    asab   xujayralar   soni   25 

mln.  chamasida.  Hayvon  tanasida  taxminan  50  mlrd.  neyron  bо‘lib  ,  ularning 

uncha  kо‘p    bо‘lmagan  qismigina  tananing  periferik    bо‘limlarida  joylashgan. 

Neyronlar,  asab  tizimining    xujayra  elementlari  umumiy  sonining  10-15%  ini 

tashkil  qiladi.    Yuksak  hayvonlarning  postnatal  ontogenez  jarayonida 

differensiyalangan  neyronlari    bo’linmaydi.    Neyronlar    shakli    jihatidan  

(piramidali,    yumalok,    yo’lduzsimon,    oval    va    x  k  )    va    soni    bo’yicha    bir-

biridan  tubdan  farq  qiladi,  lekin  umumiy  xususiyatlarga  ham  ega.  Asab 

xujayrasining    tanasi    (soma)  va uning о‘simtalari  birgalikda   neyron deb  ataladi.  

Har   qanday  asab xujayrasi tana qismidan (soma, yosh  perikarion) va turli xildagi  

о‘simtalardan    —  dendritlar    (lotincha    dendron    —  daraxt)    va    aksonlardan  

(lotincha  axon  — o’zak,  o’q)  iborat  (4.3-rasmga  qarang).Soma  mag‘iz atrofida 

tо‘plangan  sitoplazma  bо‘lib  ,  neyronning  markaziy  tuzilmasini  tashkil  qiladi. 

Unda dendrit  va  aksonning о‘sishini ta’minlovchi  ribosomalar,  Golji  apparati, 

lizosomalar, pigmentlar, mitoxondriyalar, neyrofibrillalar va boshqalar mavjud. 

Akson    sitoplazmasining    yakka  va  kо‘p  incha  shoxlangan  uzun  о‘simtasi 

bо‘lib, u tuzilishi va vazifasi jihatidan asab impulslarini miya tuzilmalariga va turli 



a’zolarga  о‘tkazishga moslangan. Akson  miyelin qobiqqa о‘ralgan,  boshlang‘ich  

qismi  esa miyelin  bilan о‘ralmagan  bо‘ladi. Bu boshlang‘ich segmentga boshqa 

neyronlarning aksonlari  kelib  tutashadi.  Aksonning  asab  impulslarini  о‘tkazish  

tezligi  uning  miyelin  qobig‘i  bilan  о‘ralishi  va  diametrining  katta-kichikligiga 

bog’liq. Telodendronlar — aksonning shoxlangan — terminal  uchlari  bо‘lib,  har 

xil    vazifani    bajarishga    moslashgan.  Akson  terminalining  kengaygan  qismini 

tugmacha  deb  ataladi,  unda  mitoxondriyalar,  turli  kattalikdagi  vezikula  va 

moddalar  ajratuvchi    donachalar  joylashgan.Dendritlar    sitoplazmatik  о‘simta 

bо‘lib,  asab  xujayrasining  retseptor maydonini tashkil  qiladiva ularning yuzasi 

juda kо‘plab  о‘simtalar  bilan  qoplangangan.  Dendrit,  о‘simtalari  orqali  boshqa 

neyronlardan  impulslarni  qabul    qiladi.  Neyron  asab  tizimining    tuzilishi  va  ish 

bajarish  birligini  tashkil  qiladi.  U  muayyan  ta’sirotlar    impulsini    qabul      qilish,  

qо‘zg‘alishni    qayta    ishlash    va    uni  о‘tkazish,  asab  impulsi  bilan  javob  berish, 

boshqa  neyronlar  va  ichki  a’zolar  (effektorlar)  bilan  aloqa  о‘rnatish  uchun 

ixtisoslashgan asab xujayralaridir. 

 

 



 


 

Neyron  ham  organizmning  boshqa  xujayralari  kabi    yaxlit  plazmatik 

membrana  bilan  о‘ralgan.  Qushni  neyronlarning  sitoplazmalari    o’zaro  qо‘shilib 

ketganligi  sababli,  neyronlararo  aloqa,  ularning    membranalaridagi    sinapslar  

(kontaktlar)  yordamida  amalga oshadi.  Neyron mustaqil  funksional birlik bо‘lib, 

qо‘zg‘aluvchanlikning  barcha  xususiyatlariga  hamda  trofik    (ozuqa)    birlik 

xususiyatiga,  qо‘zg‘alishni  dendritdan  aksonga  qutblantirib  tarqatish  xossasiga 

ega.  Agar akson  kesib  quyilsa,  uning periferik qismi buzilib, parchalanib ketadi, 

markaziy  chultoq  bo’limi  esa  regeneratsiya  qilinadi.  Asabni    periferik,  ya’ni 

xujayradan  ajratib    qo’yilgan  bo’limi  o’zicha    regeneratsiyalanmaydi,  chunki  bu 

bo’lim xujayradangina oziqlanadi. 

Neyronlar  impulslarni  о‘tkazish  va uzatish  xossalariga  ega. Ayrim  asab  

xujayralari    fiziologik    faol    modda    —    neyrosekret  ishlab  chiqarishga 

ixtisoslashgan.  Neyrosekretor  xujayralar qonga ikki xil  modda ishlab chiqaradi: 

biri  vazopressin  va oksitotsin,  ya’ni  haqiqiy  gormon moddalaridan va ikkinchisi 

—  ajratuvchi  modda  —  rilizing    omildan  iborat.    Bu  neyrosekretlardan  

vazopressin  va  oksitotsin    gipofizning    oldingi    qismidagi    faqat    gormon    hosil 

qiluvchi  xujayralarga  ta’sir qiladi.  Shuningdek, ular xayot faoliyati uchun zarur 

bо‘lgan  barcha  moddalar  bilan      gliya  xujayralari  orqali  ta’minlanadi.  Kо‘pchilik  

neyronlar  impulslarini  akson  terminallari  uchida  ajraladigan  maxsus  moddalar, 

ya’ni  mediatorlar  orqali  uzatadi.  Bu  moddalarning  kimyoviy  xossalariga  binoan 

quyidagilari  farqlanadi:  hol inoergik,  adrenoergik, dofaminergik, serotoninergik, 




peptidergik  va  x-k.  Neyronlar    о‘zlaridagi  moddalar  almashinuvining  yuqoriligi 

bilan    xarakterlanadi.  Bu  hol    esa,  o’z  navbatida,    neyronlarni  uzliksizravishda 

kislorod,    glyo’q  oza  va    boshqa  ozuqa  moddalar  bilan  ozuqalanishiga  muxtoj 

qiladi. 



Download 407,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish