Microsoft Word 5-Mavzu. Neyronlar



Download 407,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi407,63 Kb.
#271987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu.Neyronlar

Neyronlar  turkumi.    Neyronlar,    ularning  somasidan    chiqadigan 

о‘simtalari  soniga  qarab    unipolyar  (somadan  bitta  о‘simta  chiqadi),  bipolyar  

(ikkita  о‘simtalik)  va  multipolyar  (somadan  chiquvchi  о‘simtasi ikkitadan kо‘p 

bо‘ladi) turlarga bulinadi.Unipolyar  neyronlar turli hayvonlarda bо‘ladi, lekin ular 

asosan  umurtqasiz  hayvonlarda  keng  tarqalgan,  masalan,  mollyuska  va 

xasharotlarda.  Bu  jonzotlarda  neyron  tanasidan  xujayra  о‘simtasi    chiqadi    va    u  

aksonni   tashkil  qiluvchi  va  kо‘pchilik dendritlarni  hosil qiluvchi — markaziy 

о‘simta deb ataluvchi о‘simtaga qо‘shiladi. Multipolyar  xujayralar — umurtqalilar 

neyronlarining    asosiy  turi.  Past    tabaqa  umurtqasizlarning    (masalan, 

kovakichlilar)  neyronlari  tana  va  о‘simtalarga  ajralmagan  ipsimon  shaklga 

ega.Unipolyar  va psevdounipolyar  neyronlardan  chiqqan  bitta о‘simta  somadan 

uzoqdashmasdan    T-shaklida  ikkiga  shoxlanadi,  ulardan  biri  akson,  ikkinchisi 

dendrit  hisoblanadi.  Psevdounipolyar  neyronlar    somatik  reflekslar    yoyining 

afferent qismini tashkil qiladi. Bipolyar  neyronlar  ikkita о‘simta, ya’ni  akson  va 

dendritdan    tashkil  topgan  bо‘lsa,  multipolyar  neyronlar  kо‘p  dendrit  va  bitta  

akson  bilan  harakterlanadi.    Bipolyar  neyronning,  jumladan,  uzunchoq  miyada  

chikayotgan о‘simtasi  akson bо‘lsada,  uni  periferik uchi dendritniki kabi 3 tadan  

160  tagacha  shoxlangan  bо‘ladi.  Neyronlarning  bajaradigan    vazifasidan  kelib 

chiqqan  hol da   tuzilgan  tasnifiga  binoan afferent  yoki  sezuvchi  (sensor), kontakt  

yoki  oraliq    va  efferent    yoki  markazdan    qochuvchi  neyronlar  farqlanadi  (4.4-

rasm) 

 



Afferent  neyronlar  yoki  retseptor  (lotinchasiga  receptum  —  olish,  qabul    qilish) 

neyronlari,  jumladan,  sezgi  a’zolaridagi  birlamchi    xujayralari    bо‘lib,    asab  

impulsini  MAT  ga  uzatadi.  Afferent  neyronlar sinapslar yordamida, ba’zan esa 

bevosita  efferent  neyronlarga    tutashadi.    Afferent    neyron    aksonining    ikkinchi  

uchi retseptorda  tugaydi.  Kontakt  yoki  oraliq  neyronlar  esa  MAT da afferent 

va efferent neyronlar orasiga qo’yilgandek joylashgan bо‘ladi va  о‘simtalari MAT 

ning chegarasidan  chiqmaydi.  MAT ning interneyron aksonlari kalta va uzun (1,5 

m gacha) bо‘lib,   ular о‘tkazuvchi asab yo’llarini shakllanishida ishtirok etadi. Har  

bir interneyron 500 ga yaqin sinapsga ega bо‘lib, ushbu sinapslarning xususiyatiga  

ko’ra    tormozlovchi  va  qo’zg’atuvchi  interneyronlar  farqlanadi.MAT  ning 

bo’limlarida,  interneyronlarni    uz  aksonlari  yordamida  bog’lanish  xususiyatlariga 

qarab  proyeksion,  komissо‘ral,  assotsiativ  neyronlar  farqlanadi.Proyeksion 

neyronlar  uz  aksonlari  orqali  bosh  miyaning  rostral    (lotinchasiga    roctrum    — 

tumshuq)    yoki  distal    (lotin.    distalig    —markazdan  uzoq)  qismlari  bilan 

bog’lanadi. Komissо‘ral neyronlarning aksonlari esa bosh miya yarim sharlarining 

qarama-qarshi  tomoniga  yo’nalgan  bо‘ladi.  Assotsiativ  aksonlar    o’z  atrofidagi 

zonalarda sinapslar hosil qiladi. 

Efferent  neyronlarning  akson  uchlari,  jumladan  motoneyron  MAT  dan  

chiqib,    tana    mushaklarida    tugaydi.    Ba’zi    bir    efferent  neyronlar  impulslarni 

bevosita  yoki boshqa neyronlar orqali periferiyaga  o’tkazadi.  Ularga,  bosh  miya  

yarim    sharlar    po’stlog’ini    Harakat  lantirish  —  motor  zonasidagi  piramida 

neyronlarini  o’rta  miya qizil  yadrosi va retikulyar formatsiya neyronlari  orqali 

asab  impulslarini о‘tkazishi  misol bо‘ladi. Ular  o’z impulslarini  orqa   miyaning 

oldingi  shoxidagi  motor  xujayralarga uzatadi. Vegetativ  asab tizimining efferent 

neyronlari  periferik  vegetativ  tugunlarda  joylashgan  bо‘lib,  ular  tegishli 

impulslarini    miya  ustuni  va    orqa      miyaning    kulrang  moddalaridagi    efferent  

neyronlardan  qabul  qiladi.  Neyronning  uziga  xos  xususiyati  —  ularda  doimo  

biotokni,  ya’ni  potensiallar  ayirmasini  hosil  bo’lishidadir.  Neyron  biotoki    ikki  

shaklda ifodalanadi: tinchlik yoki  mahalliy  va harakat   potensiallari shaklida. 

Biotokning    hosil    bo’lishi    neyronlarning    qо‘zg‘aluvchanlik    va  impuls 

о‘tkazish  xossalarini  ifodalaydi.  Mahalliy  potensiallar  о‘zi  paydo  bо‘lgan  joydan 

uzoqlashgan  sari  so’nib  boradi.  Ular  juda    Ham    kiska    masofaga    tarqaladi,  

masalan    dendritdan    aksonning  boshlang‘ich  qismigacha  yetib  boradi.  Neyron 

mahalliy  potensiallarni,    tо‘plash    (summatsiya)  qobiliyatiga  ega.    Neironning 

membranasida  paydo  bо‘lgan    mahalliy    potensiallar  fazoviy  summatsiya 

qilingach,  yetarli  samara  hosil  qiladi.  Harakat    potensiallari  esa  katta  masofaga 

tarqaladi.  


Download 407,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish