9
Shuning uchun arxitektura va qurilish tizimlarida ishlash uchun tayyorlanayotgan barcha turdagi mutaxassis
kadrlar kimyo va kimyoviy analiz bilan bog’liq bo’lgan bilimlarga ham ega bo’lishlari lozim.
Bunday o’qitish jarayonini andozalashtirish yani zamonaviy o’qitish tizimiga mos texnologiyalarning kam
dars soati ajratilishiga qaramasdan yuqori darajadagi muvaffaqiyatlarga erishishga olib keladigan turlarini
o’rganib chiqqan holda professor-o’qituvchi o’zi uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirsa yuqori samaraga
erishgan bo’lar edilar:
-o’qitish, ta’lim berish usullarining o’ziga xos mukammal tizimlarini ishlab chiqish va yaratish;
-o’qitish jarayonida talabalar guruhlari bilan muloqotga kirisha olish, ya’ni qanday mutaxassislik fanidan
dars berishidan qat’iy nazar, talabalrning kimyodan bilimlarini sinovdan o’tkazish;
-o’qitish jarayonida talaba bilan
bevosita muloqotga kirishish, bunda talabaning kommunikativ faoliyatini
bilib olish imkoniyati tug’iladi va umumiy kimyodan xabardorligini individual baholash mumkin bo’ladi;
- kimyo yo’nalishidagi fanlarni o’qitishda atmosfera havosi tarkibida uchraydigan konserogen moddalar,
gazlarning atrof-muhit ob’ektlariga kimyoviy ta’sirini misollar asosida tushuntirish;
- yer va suv ob’yektlaridan qurilish jarayonlarida foydalanish va konstruksiyalash bilan bog’liq bo’lgan
jarayonlarni o’qitishda ham har bir xom ashyo yoki tayyor mahsulotning kimyoviy tarkibi, undagi tarkibiy
qismlarning kimyoviy xossalari va ularni analiz qilishning kimyoviy, fizik-kimyoviy
va fizikaviy usullari
bila tanishtirish;
-qurilish tizimida ishlatiilayotgan suvli va suvsiz emulsiyalar, rangli bo’yoqlarning ta’biiy va sintetik
xususiyatlarini baholay olish ko’nikmalarini shakllantirish ;
-qurilish materiali sifatida qo’llanilayotgan ashyolar tarkibiga kiruvchi kimyoviy birikmalarni va ularning
tarkibiy qismlarini analitik baholashni o’rgatish;
-rivojlantiruvchi pedagogik jarayonda hamisha muloqot jarayonini boshqarish;
-arxitektura-qurilish sohalarida faoliyat yurituivchi soha xodimlarining malakasini yuqorida qayd etilgan
muommolar bo’yicha tegishli malaka oshirish markazlarida davriy ravishda malakasini oshirib borishni
tashkil etish.
Zamonaviy arxitektura va qurilish muxandisi me’morchilik yodgorliklari holatiga ta’sir
qiluvchi birikmalar
jumlasiga kiradigan azot oksidlari, oltingugurt oksidlari, ammiak, turli uglevodorodlar, uglerod oksidlari
kabilar to’g’risida ham ma’lumotga ega bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. Bu birikmalar ta’sirida
me’morchilik obidalari va arxitektura yodgorliklari hamda temir-beton qurilmalarining chidamliligi izdan
chiqadi va ko’rinishi yomonlashadi. Masalan, birgina shahrimiz ko’chalarida
harakatlanayotgan avtomobil
vositalarining harakat tezligini 50 km/s dan 30 km/s ga pasayishi avtomobil yoqilg’isidan hosil bo’ladigan
uglerod oksidi (is gazi) miqdorini 1,8-2 barobar ko’paytiradi.
Bundan tashqari arxitektura va qurilish muxandisi sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar tarkibidagi
erigan va erimagan anorganik moddalarga, ifloslikning 60 % miqdoriga to’g’ri keladigan organik
moddalarga, muhitga, suvning organoleptik xususiyatiga, muallaq moddalarning oksidlanishi va oksigenga
biokimyoviy ehtiyojga, azot, fosfor, ftor
va ularning anionlari ammoniy, nitrit, fosfat va ftoridlarga
aylanishiga, xloridlarga, sul’fatlarga hamda ularning ruxsat etilgan konsentrsiyalarning me’yor darajasida
ekanligiga ham e’tibor berishlari lozim.
Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida atmosfera havosi tarkibidan uglerod oksidlari,
ammiak, uglevodorodlar, ftoridlar, sulfitlar, oltingugurt oksidlari singari gazlarni
avtomatik aniqlashga
imkon beruvchi termokatalitik va yarim o’tkazgichli usullarga asoslangan analizatorlar yaratish sohasida
tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari tuproq va yer usti hamda yer osti suvlarini va oqava suvlar
tarkibini analitik monitoring qilish bo’yicha ham ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Arxitektura va qurilish sohasida yuqori malakali mutaxassiskar tayyorlash bo’yicha va shu soha
mutaxassislari tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ta’lim tizimlari bilan hamda turli shu soha yo’nalishidagi
tashkilotlar bilan o’rnatilgan korporativ hamkorliklar to’g’risida konferensiya sho’balarida ma’ruza
qilmoqchimiz.
Do'stlaringiz bilan baham: