8
va hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu dasturlar yordamida quruvchilarning mehnat samaradorligi va sifati
bir necha marta oshmoqda, sarflanayotgan vaqt esa ancha tejalmoqda. Global tarmoq yordamida siz istalgan
joyizda bo’lib turib, yer yuzida istalgan joyidan mijozlar bilan muloqotda bo’lib buyurtmalar olishiz, tayyor
proyektlarni
taqdim qilishiz, xatoliklarni onlayn tarzda birgalikda tug’irlashiz va shunga uxshash amallarni
bajarishiz mumkin. Barcha ma’lumotlarni kompyuter tarmog’i orqali jo’natish va yuklab olishiz mumkin.
Zamonaviy dasturlar nafaqat oldingi chizma qurilmalarni o’rnini bosdi, balki qurilish sohasidagi
imkoniyatlarni yanada kengaytirib berdi. Buday turdagi ba’zi dasturlarda bir ob’ekt ustida bir necha
mutaxassis bir vaqtda ish olib borish imkonini ham yaratib beradi. Bu sohadagi
dasturlar qurilayotgan
ob’ektni narxini chiqaribgina qolmay, yana undagi xatoliklarni bizga ko’rsatib beradi
.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini rivojlanib borishi natijasida, kundan kunga yangi
texnologiyalar kirib kelmoqda. Bunday yangi texnologiyalar qurilish sohasida ham keng tadbiq etib
kelinmoqda. Bunday texnologiyalardan biri bu “aqilli uy”dir. Bu texnologiya
kundan kunga tez suratda
ommaboblashib bormoqda. Bunga sabab, “aqilli uy” texnologiyasi yordamida siz o’z uyizni bir joyda turib
boshqarish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Bunday imkoniyatlarga, maishiy texnikalar
va elektr qurilmalarini
distansion boshqarish, kamunal tizimlarini tekshirish, xavfsizlik tizimlarini yuritish va shunga o’xshash
amallarni bajarish kiradi. Hozirgi kunda bu tizim nafaqat xususiy uylarga , balki turli xil xizmat ko’rsatish
ob’ektlariga ham o’rnatilmoqda. “Aqilli uy” texnologiyasi o’z uy egalariga 24 soat xizmat ko’rsata oladi.
Faraz qiling, siz ishdan qaytayotganizda, borguningizga qadar masofada turib uyingizdagi vannani issiq suv
bilan to’ldirib turishingiz yoki uyingizdagi barcha elektr jixozlar uchirilganligini tekshirishiz,
masofada turib
uyni eshik ochib yopishingiz, siz uyda bo’lmagan vaqtingizda kim uyingizga tashrif buyurganini ko’zatib
turishingiz mumkin. Bundan tashqari “aqilli uy” sizga elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suvlarni tejash
imkonini beradi. Hisob kitoblarga qaraganda bu texnologiyani o’rnatish harajatlarini o’rtacha 4-5 yil ichida
chiqarib oladi.
“Aqilli uy” – bu “aqilli” tizimlarning boshlanishi. “Aqilli” tizimlar
esa quruvchilarning va
arxitektorlarning qochib bo’lmas kelajagidir. Bu kelajak go’yoki biz chiqib o’lgurishimiz kerak bo’lgan,
shiddat bilan yaqinlashib kelayotgan “paravoz” kabi yaqinlashib kelmoqda va biz yoshlar bu “paravozdan”
qolib ketmasligimiz uchun bunday yangi texnologiyalardan xabardor bulishimiz, yangi innovatsion
texnologiyalar ustida ishlashimiz va yangililar yaratib borishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: