96
qonun muvofiqlashtiradi. Konstitutsiyaviy sud Prezidentning Konstitutsiyaviy sud raisi, rais
o’rinbosari, beshta mazkur sud a’zosidan (ulardan bittasi Qoraqalpog’istondan) iborat taqdim etgan
tarkibda Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud o’zining tashkil topgan kun - 1995-yilning dekabridan boshlab qonun
chiqaruvchi va ijroiya hokimiyatlar aktlarining konstitutsiyaviyligi, ya’ni qonunlar, Oliy Majlis
palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari
qarorlarining, mamlakatimizning davlatlararo shartnomalardagi boshqa majburiyatlarining
Konstitutsiyaga muvofiq kelishini aniqlaydi. Bu ishlami ko’rib chiqish natijasi sifatida
Konstitutsiyaviy sud o’zining tegishli qarorini qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sudda qonunchilikda bir-biriga muvofiq kelmaydigan huquqiy me’yorlar
mavjud bo’lsa, ulami aniqlashga doir faoliyat olib boradi. Bu kabi holatlarda u o’zining qonunchilik
tashabbusi huquqidan foydalanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritadi.
Undan tashqari, Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiya va qonunlar me’yorlarining rasmiy sharhlarini,
Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasini O’zbekiston Asosiy qonuniga va Qoraqalpog’iston
qonunlarining O’zbekiston qonunlariga muvofiq kelishi yoki kelmasligiga doir xulosalar beradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar
va fuqarolar uchun majburiydir.
Konstitutsiyaviy sudning normativ va boshqa hujjatlami, ularning nusxalarini taqdim etish
to’g’risidagi, qarab chiqilayotgan masalalar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berish xususidagi
talablari ular yuborilgan organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Konstitutsiyaviy sud o’z vakolatlarini amalga oshirishda avvalambor qonunchilikning
asosiy maqsadi bo’lgan inson huquq va erkinliklarining ustuvorligidan kelib chiqadi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga sodiqlik, mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik va sudyalar
huquqlarining tengligi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplaridir. Sud tizimining
bo’g’ini - O’zbekiston Respublikasining milliy- davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq
tashkil etilgan, bir xil vakolatlarga ega bo’lgan bir turdagi sudlaming majmuasidir. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 110-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi
fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi
hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, Oliy sud faqat umumiy yurisdiksiya sudlarining kichik tizimida
oliy sudlov organi deb e’tirof etiladi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qafiy va O’zbekiston
Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni 13- moddasiga muvofiq Oliy
sud uchta alohida protsessual xususiyatlarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: