Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


O’zbekistonda fuqarolik va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyati ikkita



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

O’zbekistonda fuqarolik va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyati ikkita 
mustaqil sud tizimlaridan iboratdir: 
-O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbarlik qiladigan umumiy yurisdiksiya sudlari;  * 
-O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo’jalik  sudi  rahbarlik  qiladigan  xo’jalik  sudlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
1991-yilgacha  O’zbekistonda  davlat  organlarining  maxsus  tizimi  -  Hukumat  va  mahalliy 
ijro  etuvchi  hokimiyat  organlariga  bo’ysunadigan  davlat  arbitrajlari  tizimi  o’z  faoliyatini  amalga 
oshirgan  edi.  Ular  yuridik  shaxslaming  xo’jalik  faoliyatiga  doir  nizolami  ko’rib  chiqishardi. 
Aksariyat  hollarda  davlat  arbitrajlari  nizolami  hal  qilish  jarayonida  qonuniylik  prinsipiga  emas, 
balki Totalitar davlatga xos bo’lgan nmqsadga muvofiqlik prinsipiga rioya qilishar, bu esa xo’jalik 
yurituvchi subyckllaming huquq va manfaatlarini himoya qilishga imkon bermagan edi. 
O’zbekiston  davlati  mustaqillikka  erishganidan  so’ng  mulkchilikning  turli  shakllariga 
asoslangan  xo’jalik  yurituvchi  subycktlnming  va  tadbirkorlaming  huquq  va  manfaatlarini  haqiqiy 
la’minhish zarurligi oldin hakamlik sudlarini, keyinroq xo’jalik sudlarini lashkil etishni talab qildi. 


97 
Xo’jalik  sudlarining  tashkil  etilishi,  aslida,  sudlarning  ixtisoslashuvi  yo’lidagi  birinchi  qadam 
bo’ldi. 
Hozirgi kunda Konstitutsiyaning 111-moddasiga muvofiq mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  o’rtasidagi,  shuningdek,  tadbirkorlar  o’rtasidagi, 
iqtisodiyot  sohasida  va  uni  boshqarish  jarayonida  vujudga  keladigan  xo’jalik  mzohirini  hal  etish 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo’jalik  sudi  va  xo’jalik  sudlari  tomonidan  ularning  vakolatlari 
doirasida amalga oshiriladi. 
Mamlakatda  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatining  asosiy  prinsiplaridan  biri  bo’lgan 
qonun  ustuvorligini  ta’minlashga  shart-  sharoitlar  yaratish  uchun  dastlab  sud-huquq  tizimini 
demokratik prinsiplar talablari asosida chuqur isloh etish zarur edi. Shuning uchun ham davlatning 
bosh islohotchiligida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimini isloh etishga 
kirishildi.  Bunda  asosan  sud  hokimiyatining  mustaqilligini  shakllantirish,  sud-huquq  tizimini 
erkinlashtirish  (liberallashtirish)  va  odil  sudlovning  samarasi  va  sifatini  oshirishga  asosiy  e’tibor 
berildi.  Albatta,  bu  islohotlar  asosida  jamiyatda  qonun  ustuvorligini  ta’minlash,  tinchlik  va 
barqarorlikni  saqlash,  fuqarolarning  qonuniy  manfaatlari,  erkinligi  va  huquqlarini  saqlash  kabi 
fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan shart-sharoitlami shakllantirish yotgan edi. 
Mustaqillik  davrida  O’zbekiston  davlati  sud-huquq  tizimida  BMT  va  boshqa  xalqaro 
tashkilotlaming  inson  huquqlarini  ta’minlashga  qaratilgan  hujjatlaridan  kelib  chiqib,  bu  sohadagi 
milliy tajriba  asosida sudlov jarayonlarini erkinlashtirish choralari ko’rdi. Sudda qandaydir jinoiy 
xatti-harakatlar  uchun  jazo  berish  va  hukm  chiqarishni  qonunga  binoan  yuqori  instansiya  ko’rib 
chiqishi tartiboti O’rnatildi. Sud hukmidan norozi bo’lgan fuqarolar o’z manfaatlari va huquqlarini 
himoya qilish uchun apellyatsiyaviy yoki kassatsiya instansiyalariga murojaat qilish, sud jarayonida 
o’z  advokati  bilan  ishtirok  etish,  yuqori  instansiyada  sudning  noto’g’ri  hukmlarini  rad  etish  kabi 
qator huquqlarga ega bo’ldi. 
Mustaqillik  davridan  sud-huquq  tizimini  isloh  etishning  mazmun-  mohiyati,  asosan, 
quyidagilardan  iborat  bo’ldi:  sud  hokimiyatini  bosqichma-bosqich  mustahkamlab  borish;  sudning 
mustaqilligini  ta’minlash;  sudni  sobiq  tuzumda  bo’lgani  kabi  qatag’on  quroli  va  jazolash  idorasi 
sifatidagi  organ  emas,  balki  inson  va  fuqaro  huquq  hamda  erkinliklarini  ishonchli  himoya  va 
muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirish. 
Mamlakatda  qonun  ustuvorligini  ta’minlashda  “Sudlar  to’g’risida”gi  qonunning  qabul 
qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Qonunda sud hokimiyatini fuqarolik jamiyati sharoitida inson 
huquq  va  erkinliklarini  ta’minlovchi  institut  sifatida  faoliyat  yuritishi  uchun  barcha  huquqiy 
erkinliklar belgilab berilgan edi. Bu sohadagi islohotlaming keyingi bosqichi sifatida, shuningdek, 
hokimiyatlar bo’linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish maqsadida 1993-yil 
2- sentabrda “Sudlar to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. 2000-yilda esa ushbu qonun yangi tahrirda 
qabul  qilindi.  Bu  davrda  jinoyat-protsessual,  fuqarolik-protsessual  qonunchiligiga  tegishli 
o’zgartish  va  qo’shimchalar  kiritildi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  sud  tizimini  ijro  etuvchi  hokimiyat 
organlari nazorati vata’siridan chiqarish imkonini berdi. 
Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda sud hokimiyatining rolini oshirish maqsadida 
sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan 
shug’ullanish  vazifasi  maxsus  organ  -  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Sudyalami 
tanlash  va  lavozimlarga  tavsiya  etish  bo’yicha  oliy  malaka  komissiyasi  tashkil  etildi.  Shu  bilan 
birga,  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  huzurida  maxsus  vakolatli  tuzilma  -  Sud 
qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash departamenti tuzildi. 
Bu  esa  sudlaming  ularga  xos  bo’lrriagan  vazifalardan  sezilarli  darajada  xalos  bo’lishi  va  butun 
diqqat-e’tiborini  o’zlarining  asosiy  burchi  bo’lmish  odil  sudlovni  amalga  oshirish  ychun  qaratish 
imkonini berdi. 


98 
Umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha sudlar 
tashkil  etildi.  Bu,  o’z  navbatida,  ularning  jinoyat  va  fuqarolik  ishlarini  malakali  asosda  ko’rib 
chiqish, inson huquq hamda erkinliklarini to’la va har tomonlama himoya qilish bo’yicha faoliyati 
samaradorligini  oshirishga  xizmat  qila  boshladi.  Mustaqillik  davrida  fuqarolarning  sud  orqali 
himoyalanish  kafolatlari  jiddiy  tarzda  kuchaytirildi,  ushbu  kafolatdan  foydalanish  imkoniyatlarini 
yanada  kengaytirishni  ta’minlash  bo’yicha  katta  ko’lamdagi  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi. 
Shuningdek, kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko’rishning apellatsiya tartibi 
joriy etildi. Mazkur o’zgarishlarga muvofiq apellatsiya instansiyasi ishni yangitdan ko’rib chiqishga 
yubormasdan, uning o’zi to’la hajmda ko’rib chiqish Imquqlariga ega bo’ldi. 
Hozirgi  dayrga  kelib  fuqarolar  qonuniy  kuchga  kirgan  birinchi  instansiya  sud  qaroridan 
norozi bo’lgan taqdirda o’z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instansiyasida, o’z advokati 
ishtirokida bevosita liimoya qilish imkoniga ega bo’ldi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instanstiya 
sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko’rib chiqish tartibi batamom 
tugatildi. Amalga oshirilgan o’zgnrishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi 
lii’.timstiya  sudlari  tomonidan  yo’l  qo’yilgan  xatolami  o’z  vaqtida  tuzatish,  sud  faoliyatida 
sansalorlikka yo’l qo’ymaslikning muhim kafolatiga aylandi. Mazkur islohotlaming ijobiy natijasini 
quyidagi  raqamlardan  bilish  mumkin:  agar  2000-yilda  sud  xatolarining  deyarli  yarmi  nazorat 
tartibida  tuzatilgan  bo’lsa,  2009-yil  yakunlariga  ko’ra  bunday  holatlaming  85  foizdan  ortig’i 
apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etildi. 
Qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim qoidalaridan biri - bu sud jarayonida advokat 
bilan  davlat  qoralovchisining  teng  imkoniyatlarga  ega  bo’lishi,  ularning  sud  natijalariga  ta’sir 
o’tkazishi  uchun  teng  huquqlarga  ega  bo’lishi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  hozirgi  davrda  kelib 
mamlakatimizda  prokuror  va  advokatning  tengligini,  jinoyat  va  fuqarolik  ishlari  bo’yicha  sud 
faoliyatining barcha bosqichlarida o’zaro tortishuv bo’lishini ta’minlashga, odil sudlovning sifati va 
tezkorligini  oshirishga  qaratilgan  keng  ko’lamli  chora-tadbirlar  izchillik  bilan  amalga  oshirildi. 
Jumladan,  2008-yilda  “Advokatura  instituti  takomillashtirilishi  munosabati  bilan  O’zbekiston 
Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o’zgartish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida”gi 
Qonunning  qabul  qilinishi  bu  borada  g’oyat  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Shu  asosda  amaldagi 
qonunchiligimizga  sud-huquq  tizimini  liberallashtirish,  inson  huquqlari  himoyasini  ta’minlash 
jarayonining eng muhim tarkibiy qismi bo’lgan advokatura mustaqilligini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan bir qator o’ zgartish va qo ‘ shimchalar kiritildi. 
Mazkur  qonunga  muvofiq  himoyachiga  jinoyat  ishini  yuritishga  mas’ul  bo’lgan  davlat 
organlari  va  mansabdor  shaxslardan  mutlaqo  mustaqil  ravishda  jinoyat  ishi  protsessining  har 
qanday bosqichida malakali yuridik yordam ko’rsatish huquqi berildi. 
Shu bilan birga, himoyachining ko’rilayotgan ishda ishtirok etish uchun huquqni muhofaza 
qiluvchi  organlardan  o’ziga  ijozat  berilgani  to’g’risida  yozma  ravishdagi  tasdiqlovchi  hujjat  va, 
shuningdek,  o’z  himoyasidagi  shaxs  bilan  uchrashish  uchun  ruxsat  olish  majburiyatini 
belgilaydigan  normalar  jinoyat-protsessual  qonunchiligidan  chiqarildi.  Qonunda  advokatning 
professional faoliyatiga to’sqinlik qilish, uning o’z himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini 
o’zgartirish  maqsadida  har  qanday  shaklda  ta’sir  o’tkazishga  qaratilgan  harakatlar  uchun 
javobgarlik  belgilangani  e’tirof  etila  boshlandi.  Shu  tariqa  jinoiy-huquqiy  sohadagi  siyosatni 
takomillashtirishda  jinoyat  va  jinoyat-protsessual  qonunchiligini  yanada  liberallashtirish  va 
insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo’nalishga aylandi. 
Jamiyatda  qonun  ustuvorligini  ta’minlashda  2001-yilda  “Jinoiy  jazolaming 
liberallashtirilishi  munosabati  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat,  Jinoyat-protsessual 
kodekslari  hamda  Ma’muriy  javobgarlik  to’g’risidagi  kodeksiga  o’zgartishlar  va  qo’shimchalar 
kiritish  haqida”gi  Qonunning  qabul  qilinishi  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  u  jamiyatda  sud-  huquq 
tizimida  ulkan  sotsial  va  ijtimoiy-siyosiy  ahamiyat  kasb  etadigan  o’zgarishlar  bo’lishiga  huquqiy 


99 
asoslar yaratdi. Mazkur qonunga ko’ra jinoyatlaming tasnifi o’zgartirildi. Buning natijasida og’ir va 
o’ta  og’ir  toifadagi  jinoyatlaming  qariyb  75  foizi  ijtimoiy  xavfi  katta  boimagan  va  uncha  ogir 
boimagan jinoyatlar toifasiga oikazildi. 
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo’yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari 
o’rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo’llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo 
tizimidan  insonparvarlik  tamoyillariga  mutlaqo  zid  bo’lgan  mol-mulkni  musodara  qilish  tarzidagi 
jazo  turi  chiqarib  tashlandi.  Jinoyat  kodeksining  11  ta  moddasiga  yetkazilgan  moddiy  zaraming 
o’rni  qoplangan  tacfdirda  ozodlikdan  mahmm  qilish  tariqasidagi  jazo  qo’llanmasligi  haqidagi 
qoidalar kiritildi. 
Jamiyatda  qonun  ustuvorligini  ta’minlash  maqsadida  jinoiy  jazolami  liberallashtirishga 
doir  islohotlar  natijasida  O’zbekistonda  2010-yilga  kelib  qamoqdagilar  soni  jahon  miqyosida  eng 
past  ko’rsatkichni,  ya’ni  har  100  ming  nafar  aholiga  166  kishini  tashkil,  qildi.  Qiyoslash  uchun 
aytish  mumkinki,  Rossiyada  bu  ko’rsatkich  611  kishini,  AQSHda  738  kishini  tashkil  etadi. 
Mamlakatda 2000-2010-yillarda ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni 
ikki barobardan ko’proq kamaydi. 
Mamlakatda  sud-huquq  tizimini  erkinlashtirishda  jahon  bo’ylab  aks  sado  bergan  muhim 
voqea  2008-yil  1-yanvardan  boshlab  O’zbekistonda  o’lim  jazosini  bekor  qilinishi  bo’ldi.  Albatta, 
davlatning  bu  qarori  konsiitutsiya  tomonidan  insonning  yashash  huquqini  himoyalanganligini 
ilodnlni  edi.  Shuningdek,  “Xabeas  korpus”  institutining  kiritilishi  ham  mnmlnkntda  qonun 
ustuvorligini ta’minlash sohasida muhim voqea edi. Undan kelib chiqib, 2008-yildan boshlab oldini 
olish  chorasi  sifatida  hibsga  olishga  sanksiya  berish  huquqi  prokurordan  sudlarga  olib  berildi. 
O’tgan vaqt ko’rsatdiki, bu islohotlar qonun ustuvorligi prinsipini amalga oshirishda muhim o’rin 
tutdi, u insonning daxlsizligi, erkinligi va boshqa konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalashda muhim 
omil bo’lib xizmat qildi. 
Amaliyotga  tomonlaming  yarashishi,  bir  sulhga  kelishiga  bog’liq  liolda  invobgarlikdan 
ozod  qilishga  imkoniyat  yaratuvchi  yarashtirish  instituti  kiritildi.  Dastlab  u  shaxsning  daxlsizligi, 
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga tajovuz qiladigan jinoyatlarga nisbatan qo’llandi-yu, 
keyinchalik  bu  institut  iqtisodiyot  asoslariga  qarshi  qaratilgan  ba’zi  jinoyatlarga  nisbatan  ham 
qo’llana boshladi. Hozirgi davrga kelib u ellikdan ortiq jinoyat tarkiblariga qo’llanmoqda. U joriy 
etilgan paytdan boshlab 147 ming fuqaroga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ishlar to’xtatildi. 
Mamlakatda  jinoiy-huquqiy  sohani  liberallashtirishga  doir  islohotlar  tobora  chuqurlashib 
borishi jarayonida jinoyat-protsessual qonunchilikka tergov va shaxsni qamoqda saqlash muddatlari 
qisqartirishga doir o’zgartishlar kiritildi. Shuningdek, huquqni qo’llash va sud amaliyo’liga 2001-
yildan  boshlab  yarashuv  instituti  kiritildi  va  u  o’zining  samarasini  bera  boshladi.  Yarashuv 
institutining  talabiga  ko’ra  ijtimoiy  xavfi  katta  bo’lmagan  jinoiy  qilmishni  sodir  etgan  shaxs 
jabrlanuvchiga  yetkazilgan  zarami  to’liq  qoplab  bergan  taqdirda  jinoiy  javobgarlikka  tortilmaydi. 
Mazkur  institutning  samaradorligi  hamda  o’zbek  xalqining  rahmdillik  va  kechirimlilik  kabi  ko’p 
asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo’ldi. Hozirgi davrda 53 
ta  jinoyat  tarkibi  bo’yicha  yarashuv  institutini  qo’llash  imkoniyati  nazarda  tutilgan.  Yarashuv 
institutining  joriy  etilishi  natijasida  2001-2010-yillarda  100  ming  nafarga  yaqin  fuqaro  jinoiy 
javobgarlikdan ozod etildi. 
So’nggi  o’n  yilliklarda  yurtimizda  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  faoliyatida 
qonuniylikni  ta’minlash  borasida  jiddiy  ishlar  amalga  oshirildi.  Birinchi  navbatda,  prokuratura 
faoliyatini  isloh  qilish,  uni  sobiq  tuzum  davrida  bo’lganidek  partiyaviy  elita  qoMidagi  jazolash 
quroli  emas,  balki  qonunlaming  qafiy  ijro  etilishini,  mamlakatimizda  demokratik  islohotlaming 
izchil  rivojlanishini,  inson  huquq  va  erkinliklarining  ishonchli  himoya  qilinishini  ta’minlaydigan 
organga  aylantirishga  doir  chora-tadbirlar  ko’rildi.  Jumladan,  2001-yilda  yangi  tahrirda  qabul 
qilingan  “Prokuratura  to’g’risida”gi  Qonunga  muvofiq  fuqarolar  prokuror  nazorati  obyektlari 


100 
qatoridan  chiqarildi.  Ayni  paytda  prokuraturaning  inson  huquq  va  erkinliklari,  uning  qonuniy 
manfaatlariga  rioya  etilishini  ta’minlash  uchun  mas’uliyati  oshirildi.  Shuningdek,  sud  qarorlari 
ijrosini  to’xtatib  turish  huquqi  prokuratura  vakolatlari  doirasidan  chiqarildi.  Tuman  va  shahar 
prokurorlarining  esa  tergov  va  ayblanuvchini  qamoqda  saqlash  muddatlarini  uzaytirish  huquqlari 
bekor qilindi. 
Albatta,  davlat  tomonidan  amalga  oshirilgan  sud-huquq  tizimini  isloh  etish  natijasida 
mamlakatda  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlashning  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlatga 
xos  bo’lgan  shart-  sharoitlari  yaratildi.  Muhimi,  mamlakatda  qonun  ustuvorligini  ta’minlash 
umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida fuqarolar dunyoqarashiga singib, jamiyat qadriyati sifatida 
namoyon bo’la boshladi. 
“Mamlakatda  demokratik  islohotlami  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish” konsepsiyasidagi qonunchilik tashabbuskorligiga binoan fuqarolarni mansabdan ozod 
etish,  meditsina  muassasasiga  joylashtirish  kabi  protsessual  majburlashlar  faqat  sud  roziligi  bilan 
amalga oshirish amaliyo’lini o’matish mo’ljallanmoqda. 
Birinchi  instansiya  sudida  sudlaming  jinoiy  ish  qo’zg’ashini  istisno  etadigan  va  ayblov 
xulosasini e’lon qilishni faqat davlat qoralovchisiga yuklagan majburiyatni ifodalagan O’zbekiston 
Jinoyat-protsessual kodeksining 321- va 439-moddalariga ham tegishli toMdirishlar va o’zgartishlar 
kiritildi.  Bu  o’zgartishlar  milliy  qonunchilikni  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  19-
moddasi va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiqlashtirish maqsadida amalga oshirildi. Ma’lumki, 
lnson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasiga muvofiq har bir inson o’z huquq va 
majburiyatlarini  aniqlash  va  o’ziga  nisbatan  qo’yilgan  jinoiy  ayblovni  asoslanganligini  aniqlash 
uchun o’z ishini to’liq tenglik asosida oshkora tarzda, mustaqil va xolis sud tomonidan adolatning 
barcha  talablari  asosida  ko’rishini  talab  etish  huquqiga  egadir.  Albatta,  bu  inson  huquqi  qonun 
ustuvorligini ta’minlash prinsipini amalga oshirishning asosiy mezoni - adolat prinsiplarini hayotda 
amalga oshishini ta’minlab beradi. 
Mustaqillik  davrida  sud-huquq  tizimini  isloh  etishni  cluiqurlashtirish  natijasida  sudlar 
tuzilmalari  va  tashkiliy  faoliyati  asoslari  takomillashtirildi,  ularning  kadrlar  imkoniyatlari 
mustahkamlandi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yil  2-  avgustdagi  “Sud  tizimi 
xodimlarini  ijtimoiy  himoya  qilishni  tubdan  yaxshilash  choralari  to’g’risida”gi  Farmonida 
ko’rsatilgan  vazifalami  bajarish  natijasida  barcha  yo’nalishlardagi  sudlami  mustaqil  ravishda  o’z 
vazifalarini  bajarishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratildi,  shuningdek,  ularga  qator  ijtimoiy 
himoyalashga doir imtiyozlar berildi. 
Qonun ustuvorligini oshirishda sud jarayonlarining oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Sud  jarayonining  ui  hiqligini  ta’minlashda  sud  hokimiyati  tizimida 
elektron vositalami qo‘llashning ahamiyati beqiyosdir. Elektron sudlov jarayonida keng miqiyosida 
axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  fuqarolarga  qulaylik,  ochiqlik  va  osonlik 
tug’dirishidan  tashqari  ish  vaqtini  tejash,  navbatda  turish,  transportda  yurish  kabi  tashvishlardan 
xalos etadi. Shu bilan birga, sud ishlari zamonaviylashadi, sud xarajatlari kamayadi, turli hujjatlami 
hech bir qiyinchiliksiz olishga sharoitlar yaratadi. Intemet orqali sud jarayonini kuzatish mumkin, 
sud hukmi va qarorlariga doir hujjatlami olish imkoniyati tug’iladi. Axborot kommunikatsiyalarini 
qoilash  natijasida  sud  ishlarini  yuritish  samarasi  oshadi,  qog’oz  hujjatlar  almashinuvi  kamayadi, 
fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlari qisqaradi. 
Sud-huquq  tizimini  isloh  etishda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yil  30-
noyabrdagi  “Sudlar  faoliyatini  yanada  takomillashtirishning  tashkiliy  choralari  to’g’risida”gi 
Farmonida  sud  kadrlarini  tanlash,  xususan,  ularning  zaxirasini  shakllantirish  mexanizmlarini 
yaratish vazifalari aniqlab berildi. Sud lavozimiga nomzodlar  yaxshi tayyorgarlik ko’rgan,  yuqori 
malakali,  ma’lum  hayotiy  tajribaga  ega  bo’lgan,  huquq  mutaxassisligi  bo’yicha  ma’lum  darajada 
faoliyat yuritgan, halolligi bilan boshqalardan ajralib turadigan, to’g’ridan to’g’ri huquqni himoya 


101 
qilish  organlarida  pishib  yetilgan  kadrlardan  iborat  bo’lishiga  muhim  ahamiyat  berildi.  Bu  kabi 
talablar  jahonga  mashhur  bo’lgan  Bangalor  sudlar  xulq  prinsiplari  ruhiga  mos  tushar  edi.  Bu 
prinsiplar  sudlami  kompetentli,  intiluvchan,  halol,  pulga  sotilmaydigan  jihatlarga  ega  bo’lgan 
insonlardan iborat bo’lishini ta’minlashga qaratilgan edi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yilning iyun oyida qabul qilingan “Yuridik 
kadrlami  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qaroriga 
muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universitetiga aylantirildi, yuridik 
ta’lim tizimining fundamental asoslarini tubdan isloh qilish va yaxshilashning poydevori yaratildi. 
Mamlakatda  umumiy  yurisdiksiya  sudlar  faoliyatini  takomillashtirish  va  samarasini 
oshirish,  sudlaming  o’ziga  xos  boimagan  turli  ishlami  bajarishlarini  kamaytirish  va  talab  etilgan 
tartiblar asosida faoliyat yuritishini ta’minlashda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 
4-oktabrdagi  “Tuman  va  shahar  umumiy  yurisdiksiya  sudlari  faoliyatini  takomillashtirish  va 
samaradorligini oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni muhim ahamiyat 
kasb etdi. Mazkur Farmon ijrosidan kelib chiqib, fuqarolik ishlari bo’yicha sudyalar soni 71 taga 
ko’paytirildi,  viloyat  sudlari  va  ularga  tenglashtirilgan  sudyalar  sonining  qaytadan  taqsimlanishi 
natijasida 23 ta sudya lavozimi sud jarayoniga tegishli bolmagan turli ishlardan holi etilib, ularning 
faqat  o’z  vazifasini  bajarishi  uchun  sharoitlar  yaratildi,  shuningdek,  Oliy  Sud  tuzilmasiga 
o’zgartishlar kiritildi. 
2014-yil  20-yanvarda  parlament  tomonidan  “O’zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun 
hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunga muvofiq Mehnat kodeksiga, 
“Sudlar  to’g’risida”,  “Aholini  ish  bilan  ta’minlash  to’g’risida”gi  qonunlarga  o’zgartish  va 
qo’shimchalar kiritildi. Ularda sudyalik lavozimiga saylanganligi yoki tayinlanganligi tufayli ishdan 
ozod qilingan xodimlarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin sudyalik lavozimiga saylanishiga 
yoki  tayinlanishiga  qadar  egallab  turgan  avvalgi  ishi  (lavozimi)  ,  bunday  ish  (lavozim)  mavjud 
bo’lmaganda  esa  avvalgisiga  teng  boshqa  ish  (lavozim)  berilishi  belgilab  qo’yildi.  Sud-huquq 
islohotlari  jarayonida  sohani  har  jihatdan  yetuk,  o’z  vazifasiga  mas’uliyatli,  bilimli  hamda 
qasamyodiga sodiq, pok vijdonli kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratishga oid huquqiy 
asoslar mustahkamlandi. 
Mamlakatda  mustaqillik  davridagi  sud-huquq  islohotlari  yakunlariga  oid  xulosalar 
chiqaradigan bo’lsak, bu davmi asosan to’rtta bosqichga bo’lish mumkin: 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish