Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


Huquq ustunligi ikkita jihatning o’zaro birikuvini taqozo etadi



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Huquq ustunligi ikkita jihatning o’zaro birikuvini taqozo etadi: 
- institutsiyaviy-huquqiy (davlat hokimiyati tizimini huquqiy tnshkil etish shaklida) ; 
- me’yoriy-huquqiy (huquqiy qonunning ustunligi ko’rinishida). 
Lekin  davlat  bilan  huquqning  o’zaro  aloqalari  ancha  murakkab  kecliudi.  Bir  tomondan, 
huquqni  obyektivlashtirishning  asosiy  yo’li  qonun  davlat  akti  orqali  o’tadi.  Davlat  bir  vaqtning 
o’zida  sud,  tergov  boshqa  organlar  tizimi  orqali  huquqiy  ko’rsatmalami  amalga  oshjrishni 
la’minluydi.  Davlat  bu  yo’l  bilan  o’zining  irodasini,  siyosiy  manfaatlarini  hayotda  amalga 
oshirishga intiladi. 
Huquq  bilan  qonun  o’rtasidagi  jiddiy  farqlanishlami  tahlil  etish  asnosida  ulardan 
birinchisining davlat-huquqiy aktlar vositasida o’ziga xos institutsiyaviy tuzilima xususiyatiga ega 
bo’lgan,  huquq  manbasi  yoki  huquq  shakli  deyiladigan  ijtimoiy  kuchli  bo’lishi  va  mustaqil 
qadriyatlari bilan ajrulib turadigan o’ziga xos noyob hodisa ekanligini ko’ramiz. 
Yevropa  doktrinasi  huquq  manbalari  tizimida  qonunning  iisluiiligini  rasmiy  jihatdan 
mustahkamlashni  va  qonun  ustunliginining  (hokimiyatlar  bo’linishi,  sud  mustaqilligi, 
konstitutsiyaviy nazorat) huquqiy-siyosiy kofolatlari tizimi, shuningdek, qator huquqiy bo’lmagan 
sharoitlar  (moddiy  farovonlikning  ma’lum  darajasi,  ijtimoiy  qatlamlar  va  sinflarning  o’zaro 


91 
sivilizatsiyalashgan  munosabatlari,  jamiyat  a’zolarining  qanchalik  axborotlashganligi)  mavjud 
bo’lishini ko’zda tutadi. 
Mohiyatan,  qonun  ustunligi  konsepsiyasi  “shaffof”  ko’rinishda  (uning  an’anaviy 
tushunchasida)  faqat  klassik  musulmon  huquqida  amalga  oshirildi.  Ko’pincha,  qonun  ustunligi 
prinsipi e’lon qilingan huquqiy tizimlarda uning amal qilishi uzoq davom etmasligini ham ko’rish 
mumkin.  Bu  kabi  holatlar  parlamentning  vakolatlarini  ijroiya  hokimiyati  foydasiga  cheklashga 
moyillik  bilan  bog’liqdir.  Shuning  uchun  qonunning  huquq  manbalari  tizimidagi  o’rni  ko’p 
jihatlardan parlament va hukumat o’zaro nisbatiga qarab belgilanadi. Shuningdek, qonun ustunligi 
prinsipi  amal  qilishining  cheklanishi  uning  xalqaro  huquq  me’yorlari  bilan  o’zaro  aloqalari 
oqibatida ham ro’y berishi kuzatilgan. 
Qonun ustunligi huquqiy davlatning belgisi sifatida shuni anglatadiki, iqtisodiyot, siyosat, 
ijtimoiy, madaniy sohalarda asosiy ijtimoiy munosabatlar, umuman, har doim ham nafaqat qonun 
bilan, balki oliy organlar qabul qilgan oliy huquqiy hujjatlar bilan ham huquqiy tartibga solinadigan 
holatlar ko’p uchraydi. So’ngra, qonun ustunligi uning barchaga baravar taalluqli ekanligini (ya’ni 
qonun talablarining barcha huquqiy munosabatlar subyektlariga teng darajada tarqalishini) , butun 
bir davr ichida va shaxslar doirasida, mamlakatning barcha hududlarida to’la ko’lamli tarzda amal 
qilishini  anglatadi.  Huquqiy  davlatda  qonunlar  huquqiy  tartibga  solishga  zarurat  sezayotgan  eng 
muhim  munosabatlarini  muvofiqlashtiradi.  Me’yoriy-huquqiy  aktlar  o’zlarining  huquqiy  kuchiga 
bog’liq holda qonunchilik tizimini tashkil etadi. 
Huquqiy (yuridik) kuch - bu mazkur me’yoriy-huquqiy aktning bo’ysunish darajasi, uning 
huquqiy  aktlar  iyerarxiyasidagi  o’rnidir.  Konstitutsiya  oliy  yuridik  kuchga  egadir.  Hokimiyatning 
hech bir tarmog’i Konstitutsiyani inkor etish huquqiga ega emas. 
Yuridik  kuch  darajasi  bo’yicha  Konstitutsiyadan  keyin  qonunlar  turadi.  Qonunlar 
jamiyatning asosiy masalalari bo’yicha qabul qilinadi. Ular bevosita davlatning irodasini ifodalaydi. 
Barcha  qolgan  me’yoriy-  huquqiy  aktlar  qonunlami  bajarish  asosida  qabul  qilinadi.  Qonunlami 
faqat  oliy  vakillik  organi  qabul  qilishi  mumkin.  Qonunlar  faqat  boshqa  qonunlar  bilan 
o’zgarishlarga  uchrashi  yoki  bekor  qilinishi  mumkin.  Qonunchilik  tizimiga  qonunlardan  tashqari 
hukumat,  vazirliklar  va  muassasalaming  qonunosti  hujjatlari  kiradi.  Ular  o’z  kompetensiyalari 
doirasidagi,  iqtisodiyotning  tegishli  sohalari  ichidagi  va  hokimiyatning  mahalliy  organlari 
qonunosti aktlariga doir munosabatlarini tartibga soladi. 
Huquqiy  davlat  sharoitida  qonunlami  individual  yoki  gumhiy  irodalarining  emas,  balki 
umumxalq  irodasi  sifatida  namoyon  bo’lishini  nazorat  qilish  tizimi  bo’lishi  taqozo  etiladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar talablariga javob bermaydigan qonunlar ustunligi diktaturani o’matishga 
olib  kelmasligi  uchun  nazorat  tizimi  qonunchilikning  saqlanishiga  kafolat  berishi, 
o’zboshimchalikka  yo’l  qo’ymasligi  lozim.  Huquqiy  davlatda  bu  funksiyalar  sud  tizimiga 
topshirilgan. Sudlar Konstitutsiyani amal qilishini ta’minlash vositasidir. Ular qonun chiqaruvchi va 
ijroiya  hokimiyatlari  xatti-harakatining  qonuniyligini  tekshirish  huquqiga  ega  bo’lmog’i  lozim. 
Amaliyotda sud tizimi kiradigan Konstitutsiyaviy  nazoratning bo’lishi muhim ahamiyatga  egadir. 
Qonunni  adolat.  g’oyalariga,  umuminsoniy  qadriyatlar  ustuvorligiga,  o’zining  huquqiy  tabiatiga 
muvofiq  bo’lishi  uning  huquqiy  davlat  shart-sharoitlari  talablarigu  javob  berishini  anglatadi. 
Qonunni  xalqning  ko’pchilik  qismi  imdasini  ifodalashini  aniqlashning  o’ziga  xos  mexanizmlari 
mavjud:  inmoalchilik  fikrini  to’liq  ifodalash,  oshkoralik,  so’z  erkinligi.  Davlat  umaliyo’lida 
saylovlar  va  referendumlar  vositasida  o’z  qonunlarini  xalq  irodasi  asosida  qabul  qilinganligini, 
ularning huquqiy ekanligini inuslahkamlash tajribasidan keng foydalaniladi. 
Qonun ustunligi nafaqat qonunlaming mazmunini aks ettiradi, balki davlat, uning organlari 
va  mansabdor  shaxslarining  ham  barcha  fuqarolar  bnjnrishi  shart  bo’lgan  qonunlarga  so’zsiz 
bo’ysunishini  ifodalaydi.  Qonun  ustunligi  me’yoriy  aktlaming  o’zaro  ziddiyatlarga  kirishishiga 
yo’1 bermaydigan ma’lum iyerarxiyasini anglatadi. Qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq 


92 
kelishi  lozim.  Asosiy  qonun  (Konstitutsiya)  ierarxiya  pog’onnsida  bosh  bo’lishi,  boshqa  barcha 
me’yoriy aktlaming unga muvofiq bo’lishi, unga qarshi ziddiyatlarda bo’lmasligi talab etiladi. 
Qonun ustunligi mamlakat aholisining umumiy irodasini ifodalashdan tashqari qonunlami 
qabul  qilish  va  ularga  amal  qilish  jarayoni  uni  boshqa  me’yoriy  aktlardan  yuqori  turishini, 
huquqning har qanday tizimida alohida o’ringa ega ekanligini ta’minlashi lozim. Qonunlami hurmat 
qilish,  ularga  so’zsiz  amal  qilish  huquqiy  davlatning  ajralmas  belgisi,  barcha  fuqarolar  ongi  va 
xulqining ajralmas qismidir. 
O’zbekistonda  qonun  ustuvorligi,  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlay  oladigan  sud 
tizimi  mustaqillik  davrida  shakllandi.  O’zbekiston  Respublikasida  sud  tizimi  O’zbekiston 
Respublikasi  konstitutsiyaviy  sudi,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi,  harbiy  sudlar, 
Qoraqolpog’iston  Respublikasi  fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo’yicha  sudlari,  fuqarolik  va  jinoyat 
ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  iqtisodiy  va  ma’muriy  sudlari,  fuqarolik  ishlari  bo’yicha  tumanlararo,  tuman, 
shahar sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy 
sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat. 
O’zbekiston  Respublikasida  sud  O’zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyasi  va  boshqa 
qonunlarida, inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlaming  huquqlari  hamda  qonun  bilan 
qo’riqlanadigan  manfaatlarini  sud  yo’li  bilan  himoya  qilishga  da’vat  etilgan.  Sudning  faoliyati 
qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  fuqarolik,  jinoiy  va  ma’muriy  sud  ishlarini  yuritish 
sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog’iston 
Respublikasi oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlaming sudlov 
faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga egadir. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlami 
birinchi  instansiya  sudi  sifatida  va  nazorat  tartibida  ko’radi.  U  o’zi  birinchi  instansiya  sifatida 
ko’rgan  ishlami  apellyatsiya  yoki  kassatsiya  tartibida  shikoyat  berish  huquqiga  ega  bo’lgan 
shaxslaming xohishiga ko’ra apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko’rishi mumkin. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish