90
kelib monarxik hokimiyatlar vakolatlarini cheklash uchun shart-sharoitlar tug’ildi. Hattoki ingliz
qiroli 1215-yilda Buyuk ozodlik xartiyasini imzolashga majbur bo’lgan edi. Unga muvofiq ravishda
bo’lajak ingliz parlamentining alohida qonun chiqarish huquqi kengayib bordi.
XVII-XVIII asrlarda qonunga doir nazariyalaming shakllanishiga ikkita klassik nazariyalar -
hokimiyatning bo’linish nazariyasi (J.Lokk, Sh.L. de Monteskye va boshq.) va xalq suvereniteti
(J.J.Russo) kuchli ta’sir etdi. Ijroiya hokimiyatning qonun chiqaruvchi hokimiyatga nisbatan
bo’ysunish holati zaruratidan kelib chiqib qonun ustunligi qoidasi shaklantirildi.
XVII-XIX asr oxirida parlament ustunligi g’oyasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi
va vakillik organi sifatida aksariyat Yevropa mamlakatlarida konstitutsiyaviy jihatdan
mustahkamlandi. Bu davrga kelib, qonun mamlakat aholisi yoki uning ko’pchilik qismi umumiy
suveren irodasining ifodalanishi sifatida tushunila boshlandi va unga huquqning asosiy manbasi
sifatida qarala boshlandi. Jumladan, Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasining 6-moddasida
(1789-y.) qonun - uni tuzishda shaxsan yoki o’z vakillari vositasida ishtirok etish huquqiga ega
bo’lgan fuqarolarning umumiy suveren irodasining ifodalanishi degan prinsip mustahkamlab
qo’yildi.
XIX asr oxiri - XX asrda G’arbiy Yevropa olimlari o’rtasida qonunni dualistik talqin etish
rivojlandi. Qonun davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyati akti sifatida emas, balki umuman davlat
hokimiyatining umumiy me’yorlar xarakterini kasb etuvchi akti sifatida amal qila boshladi. Rasmiy
ma’noda qonun davlat hokimiyatining ijroiya va qonun chiqaruvchi organlari tomonidan
chiqarilgan har qanday aktlarini o’z ichiga oldi. Bu bilan ijroiya va qonun chiqaruvchi organlar
o’rtasida tenglik, hattoki ijroiya hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatga nisbatan birinchiligi
asoslana boshlandi. Qonun hodisalaming cheklanmagan miqdorini nazarda tutgan huquq me’yori,
umumiy qoida sifatida baholandi: huquq me’yori hokimiyat organlari irodasining to’g’ridan to’g’ri
ifodasini tashkil etadi: bu iroda belgilangan tartibda ifodalanishi zarur.
Ma’lumki, huquqiy davlat - mamlakatda yaqin davrdan buyon muomalaga kirgan tushuncha
hisoblanadi. Albatta, bu tushunchani nihoyatda qisqacha ifodalaganda davlat huquqqa bo’ysunishi
zarur. Bu amalda umuminsoniy qadriyatlaming sinfiy qadriyatlardan ustunlik qilishini anglatar edi.
Chunki huquqiy davlatda davlat ustidan huquqning hukmronligiga amal qilinadi.
Shuningdek, jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustunligi, hokimiyatlarning
bo’linishi, fikrlar plyuralizmi, oshkoralik, sudnirig yuqori roli, fuqarolar va davlatning o’zaro
mas’ulligi taqozo etiladi. I aqat ko’rsatilgan belgilaming mavjudligi va keng rivojlanganligi
sharoitidngina huquqiy davlatni shakllantirish to’g’risida so’z ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: