1. Fuqaro va fuqaroviylik tushunchalarining mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
Fuqaro - o’zining fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hainda muayyan jamiyat
(davlat) a’zosi bo’lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish,
ma’lum huquqlardan foydaianish hamda muayyan burchlami bajarishga mas’uliik bilan
yondashadigan, o’z mehnati va jamoadagi faolligi, ma’naviy yetukligi asosida muayyan davlatga
mansublikni anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 16-moddasida fuqaro (jismoniy shaxs) ”
tushunchasi quyidagicha belgilangan: Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda, O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlaming fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo’lmagan
shaxslar tushuniladi”.
Fuqaroviylik ma’lum dalavlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda
valanparvarlik hissi sifatida ham talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, konstitutsiya va
qonunlami, davlat ramzlarini hurmat qilish, davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga
tayyor turish fazilatlarga ega bo’lgan shaxs nazarda tutiladi.
O’zbekiston Respublikasida fuqarolik quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- yagona fuqarolik, ya’ni ikki va ko’p fuqarolik tan olinmaydi;
- fuqarolikda tenglik prinsipi mavjud;
- fuqarolikka ega bo’lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka asoslanadi;
- fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo’l qo’yilmaydi;
- O’zbekiston fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mamlakat tashqarisida ham davlat
tomonidan himoya qilinadi.
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan va 2004-yil 3-dekabrda tahrir qilingan “O’zbekiston
Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi qonun asosida O’zbekistondagi fuqarolik holatlari
mustahkamlab qo’yildi. Shaxs fuqaro bo’lsagina, u barcha huquqlardan to’la foydalana oladi va
jamiyatni rivojlanishi, mamlakatni xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan burchlami bajaradi.
Shaxsning fuqaroligi uni dunyoning qayerida yashashidan qat’i nazar huquq va manfaatlarini
himoya qilishga asos bo’ladi. Ya’ni fuqarolarni fuqarosizlarga nisbatan himoyalanish imkoniyatlari
kengroqdir.
Erkinlik shaxsning o’z ixtiyori bo’yicha yashash, hayot kechirish imkoniyati bo’lib, shaxs
faqat qonunlarga itoat etishi zamr. Mamlakatimizda har bir kishining erkinligi, uning shaxsiy
daxlsizligi bilan ta’minlanadi. Daxlsizlik deganda shaxsning erkinligini cheklovchi hech qanday
82
harakatlarga yo’l qo’yilmasligi tushuniladi. Qonunda belgilangan asoslardan tashqari hech kimning
erkinligi cheklanishi, erkinlikka zarar yetkazilishi mumkin emas. Qonun tegishli hollarda
kishilaming erkinligini cheklashga yo’l qo’yadi, xolos. Ya’ni ular jinoiy harakatlari sodir etsa yoki
shunday harakat sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zamrat tug’iladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-42-moddalarida fuqarolarning asosiy
huquq va erkinliklarini himoya qilish uchta yo’nalishda amalga oshiriladi:
Shaxsiy huquq va erkinliklar: yashash huquqi; shaxsiy daxlsizlik huquqlari; aybsizlik
prezumpsiyasi; turar-joy daxlsizligi; erkin ko’chish. huquqi; fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi;
huquq va manfaatlariga dahldor hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi; vijdon erkinligi.
Siyosiy huquqlar: jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari
orqali ishtirok etish huquqi; mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar o’tkazish huquqi; jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi; murojaat qilish huquqi.
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar: mulkdor bo’lish huquqi; mehnat qilish, erkin kasb tanlash,
adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi; dam olish huquqi;
ijtimoiy ta’minot huquqi; malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi; bilim olish huquqi; ilmiy
va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu dalil uning
O’zbekiston Respublikasi ‘ Konstitutsiyasida birinchi o’rinda berilganligida ham ko’rinadi. Shaxsiy
huquqlar va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sogMigi, e’tiqodi bilan bog’liqdir. Shaxsiy huquq va
erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir. Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan
bog’liq bo’lib, u tegishli davlatning fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini
beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo’lishi mumkin. Siyosiy huquqlar orqali
fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularning ishida ishtirok etish, davlat organlari va
mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat
faoliyati haqida o’z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Fuqarolarning mulkka egalik qilish, mehnat qilish, dam olish, nafaqa olish, tibbiy
xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiyj’va texnikaviy yutuqlardan foydalanish kabilarga bo’lgan
huquqlari “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb belgilangan. Bu huquqlar davlat tomonidan
o’rnatilib, davlatning iqtisodiy qudratining oshib borishi, imkoniyatlarining ko’payishi natijasida
kengayib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga muvofiq fuqarolarning
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud
qarorisiz mahrum etishga yoki ulami cheklab qo’yishga hech kim haqli emas. Fuqarolar o’z huquq
va erkinliklari oshkora buzilganda (agar fuqaro shunday xulosaga kelgan taqdirda) , ularning huquq
va erkinlari amalga oshishiga to’sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo’lsa, fuqarolar zimmasiga
qonunlarda ko’zda tutilmagan vazifalar yuklansa, sudga murojaat etishga haqlidir.
Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o’rnatilib, ular fuqarolarning huquqlarini
buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon yetmasligi nuqtayi nazaridan belgilanadi. Konstitutsiyada
belgilab qo’yilgan har qanday burch fuqarolar uchun bajarilishi shart bo’lgan majburiyatdir.
Demak, bu birinchidan, har bir fuqaro nafaqat Konstitutsiyaga, balki barcha qonunlarga
rioya etishga majburdir. Bu qonuniylik prinsipini mazmun va mohiyatiga mos kelib, ana shu
prinsipni amalga oshishini ta’minlashni nazarda tutadi. Ikkinchidan, har bir fuqaro boshqa
kishilaming huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir.
Fuqarolarning shaxsiy huquqlarini belgilovchi Konstitutsiya normalarida har kimga o’z
sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi
berilgan bo’lsa (Konstitutsiyaning 27-moddasi) , Konstitutsiyaning 48-moddasiga asosan boshqa
kishilaming huquqlari va erkinliklari, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilishga faqat davlat
83
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarigina majbur bo’lmasdan, har bir fuqaro ham
majbur ekanligi ko’rsatilgan.
Konstitutsiyaning bu moddalarida huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yilgan fuqarolarning
burchlarini, ularning jamiyat va davlatning rivojlanishi asoslaridan hisoblanuvchi Konstitutsiya va
qonunlarga to’la va og’ishmay amal qilish zarurligini, shu asosda ijtimoiy hayotni rivojlantirishni
ta’minlashni nazarda tutadi. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilmaslik xavfsizlikka, fuqarolar
manfaatiga, davlat boshqaruviga umuman Konstitutsiyaviy tuzumga jiddiy zarar yetkazishi
mumkin.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi
bo’lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum
huquqlardan foydalanish hamda burchlami bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni
va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik demakdir.
Fuqarolik jamiyati fuqaroviy ong va faollik yuksak bo’lgan sharoitda barpo etilishi
mumkin. Fuqaroviylik mamlakatning turli rivojlanish bosqichlarida, shuningdek, jamiyatning bir
bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Hozirgi davrda ijtimoiy-
siyosiy o’zgarishlami o’z boshidan kechirayotgan, ya’ni fuqarolik jamiyati barpo etayotgan turli
mamlakatlarda fuqaroviylikning namoyon bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroviy
faollikning mohiyatini anglash uchun, avvalo, fuqaroviylikning mazmun- mohiyatini tushunish
talab etiladi.
Turli ilmiy manbalarda qayd etilishicha, o’z vatani taraqqiyoti uchun har qanday yo’1
bilan, xususan, o’zining jismoniy yoki ma’naviy mehnati bilan jamiyatga xizmat qiladigan inson
haqiqiy fuqaro sifatida e’tirof etiladi. Bu kabi qarashlar biroz falsafiy ahamiyat kasb etayotgandek
tuyulsa-da, aslida, fuqarolik jamiyati barpo etishda aynan fuqaroning faolligi muhim omil sifatida
ahamiyat kasb etadi.
Fuqaroviylik dastlabki qarashda huquqshunoslikka oid atamadek tuyuladi. Aslini olganda,
bu hodisaning falsafiy, huquqiy, sotsiologik va siyosiy mohiyatlari mavjuddir.
Fuqaroviylik bir davlatga mansublikni anglash, davlatga sodiqlik hamda vatanparvarlik
hisi sifatida talqin etilishi mumkin. Bunda davlatni, Konstitutsiyani, davlat ramzlarini hurmat qilish,
davlat tuzumini va qonun ustuvorligini himoya qilishga tayyorlik nazarda tutiladi. Fuqaroviylikni
insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his etishni ta’minlovchi
va jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan o’zining layoqatli
ekanligini his etishni o’zida sezadigan shaxsning belgilari sifatidagi tushuncha sifatida ham talqin
etish mumkin. V.Dalning lug’atida qayd etilishicha, “fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini qaror
toptirish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini i foda etadigan holatdir”.
Ko’rinib turibdiki, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, halki uning bilimi va
jamiyatning va o ‘zining holatini anglashi, turli ijtimoiy me ‘yorlardan xabardorligi va ularga rioya
qilish bilan bog’liqdir. Bunda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo’lida amalga oshiriladigan
o’zaro birdamlik, o’zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyatda ishtirok etish ham nazarda tutiladi.
Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo’ladi.
Aslida, an’anaviy jamiyatlarda fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko’proq ma’naviy-
axloqiy ko’rinishda namoyon bo’lishi o’z isbolini topgan.
Sho’rolar tuzumi davrida fuqaroviylik vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin
etilsa-da, u asosan mafkuralashgan ko’rinishda namoyon bo’ldi. Ko’pchilik hollarda fuqaroviylik
vatanparvarlik bilan aralashib ketishi kuzatilgan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir
ko’rinishidir, xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yig’indisi bo’lmagani singari
fuqaroviylik ham faqat individuallik ahamiyatiga ega bo’lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir
mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o’z vatanlariga sodiqligi, qonunlami hurmat qilishi,
84
ularga so’zsiz bo’ysunishi, shuningdek, vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega
bo’lgan masalalarda o’z faolligini namoyon qilishni nazarda tutadi. Fuqaroviylikka nisbatan turli
fikrlami umumlashtirsak, u holda unga nisbatan quyidagicha ta’rifhi qoilash mumkin:
“Fuqaroviylik, bir tarafdan, jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini anglatsa,
ikkinchi tarafdan, kishilaming jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladigan yuqori darajadagi
o’zaro birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuyini ifoda etadi Quyidagilar fuqaroviylikni
ifoda etuvchi muhim jihatlardir:
-fuqaroning o’z haq-huquqlarini anglab yetishi va uni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasi;
-boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini e’tirof etishi va hurmat qilishi;
-fuqaroning o’z xatti-harakati uchun shaxsiy mas’ul ekanligi; -shaxsning davlat va jamiyat
oldida o’zining huquqiy va axloqiy jihatlardan mas’uiligini anglash;
-fuqarolarning bir-birlari bilan o’zaro tengligi;
-yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqeliklarga nisbatan
obyektiv va tanqidiy yondashuvlarga ega ekanligi;
-hokimiyat organlari, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqo’l
yuritish va hamkorlik qobiliyati;
-bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek, unga tegishli bo’lgan huquqiy, madaniy
va tilni o’zida namoyon qilgan, o’zini o’zi anglab qobiliyatini egallagan shaxs.
Fuqaroviylikni shaxsning faolligi darajasi nuqtayi nazaridan shartli ravishda quyidagi
darajalarga ham ajratib ko’rsatish mumkin:
-fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo’lsa, uni dastlabki pog’onada, ya’ni fuqaroviy
xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar qatorida baholash mumkin;
-agar fuqaroda atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan maium bir munosabat
bildira olish qobiliyati shakllangan bo’lsa, uni o’z fuqaroviy nuqtayi nazariga ega bo’lgan shaxs
sifatida e’tirof etish mumkin;
-agar fuqaro o’z haq-huquqlari va burchi, ulardan amalda foydalanish yoki bajarish
ko’nikmalarini egallagan bo’lsa, uni faol fuqaro sirasiga qo’shish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki to’kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish
mumkin:
1. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o’z haq-huquqlari
uchun kurashish istagi toiiq namoyon boimasa, u fuqaroviylikning eng quyi darajasida turgan
bo’ladi.
2. Fuqaro o’z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo’lsa, u haqda o’z bilim va
qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo’lsa, bunda u fuqaroviylikning o’rta darajasini egallagan
bo’ladi.
3. Agar shaxsda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to’liq shakllangan,
o’z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo’layotgan bo’lsa, u
holda uni yuqori darajada fuqaroviylik namoyon qilayotgan shaxs sifatida talqin etish mumkin.
Shaxslaming fuqaroviylik sifatlari jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo’naltirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqaroviylik shaxsning o’z tevarak atrofida bo’layotgan voqea-
hodisalarga nisbatan faol munosabatini, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishdagi
ishtirokini anglatadi. Shuningdek, fuqaroviylik jamiyat oldida maium bir inaqsadning shakllanishi
uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun
tegishli ma’naviy, ijtimoiy va tarbiyaviy chora-tadbirlar ko’rish, uning rivojlanishi uehun qulay
ijtimoiy muhit yaratish ham muhim ahamiyatga egadir.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan iizviy ravishda bog’liq
bo’lib, komillik darajasiga yetgan shaxs siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi,
ro’y berayotgan voqclikni mustaqil ravishda tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aynan unn
85
sluinday qobiliyatga ega bo’lgan fuqaro kezi kelganda o’z vatani im|diri uchun befarq bo’lmaydi,
vatan uchun o’zining fidoyiligini namoyon qiladi. Vatanparvarlik ruhiyatini o’zida o’zlashtirgan,
mas’uliyat hissiga ega bo’lgan, siyosiy madaniyati yuksak va o’zining siyosiy ongini boyitib
boradigan jamiyat a’zosini haqiqiy fuqaroviylikka cgu bo’lgan shaxs sifatida baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |