80
o’zaro ziddiyatlami kamaytirish tamoyili xosdir. Oila munosabatlarida o’rta sinf jamiyatning ayollar
va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishida, an’anaviy oilalar qadriyatlarini yoyuvchi omil
sifatida namoyon bo’ladi. Siyosiy jihatdan o’rta qatlamlar an’analar, me’yorlar, bilimlami
tashuvchi, yuksak fuqarolik va mustaqil shaxslikni namoyish qiluvchi markazga oid (stentrik)
harakatlaming ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturasida o’rta qatlamning asosiy o’rinni
egallashi pastki qatlamlar o’rtasida onda- sonda ijtimoiy-siyosiy tanglikning o’sishiga qaramasdan,
jamiyatni barqaror ravishda yashashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu kabi tangliklar
ko’pchilikning (o’rta sinfning) betaraf vaziyatda turishi natijasi o’laroq yumshatiladi. Eng muhimi,
bu o’rta sinfhing fuqarolik jamiyatining tayanchi, demokratiya va o’zgarishlaming siyosiy asosi
sifatida namoyon bo’lishidir. Shu bilan birga, o’rta sinf yuqorining ta’siri va pastdan bo’ladigan
bosim ostida - “ikki qavatli parda” o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatda turgani uchun ham turli ziddiyatli
ijtimoiy keskinliklar yumshatiladi.
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturalaridagi (ijtimoiy tuzilmalaridagi)
sezilarli o’zgarishlardan biri - bu mehnat qilayotgan aholining real daromadlarining o’sib borishi
hisoblanadi. Shu bilan birga, daromadlaming taqsimlanishi tengsizlik asosida ro’y beradi. Eng boy
va eng kambag’al qatlamlar daromadlarining o’zaro nisbati AQSHda 12:1, Fransiyada 9:1, Buyuk
Britaniyada 8:1, GFR, Shvestiya, Niderlandiya Qirolligida 5:1, Yaponiyada 4:1 kabi tengsizliklami
ifodalaydi.
Industrial rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturasining tahlili shuni
ko’rsatadiki, bu struktura tarkibiga turli- tuman guruhlar va qatlamlar kirib, ular qator ko’rsatkichlar
bo’yicha bir-birlaridan farqlanadi. Hozirgi davrdagi bu ko’rsatkichlami va sinflaming o’zaro
chegaralarini aniqlash uchun sotsial strntiflkatsiyaning har xil mezonlaridan foydalanishga to’g’ri
keladi. UIar quyidagilardir: mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimidagi ahvoli, olinadigan
daromadning hajmi va yo’llari, kasbiy fimksiyasining xususiyatlari, hayot kechirish uslubining
xususiyatlari, ma’lumotlilik darajasi va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlarining sotsial toifalashuvi quyidngilar bilan tavsiflanadi:
bir necha sinflaming belgilarini o’zida ifodalaydigan ko’p sonli guruhlaming paydo bo’lishi; ichki
iiiliy tnbaqalanishlaming faollashuvi; struktura unsurlari harakatchan- ligining o’sishi; moddiy
hayot darajasining oshib borishi. Bu jarayonlar ku’p jihatlardan rivojlangan mamlakatlarning
barqaror rivojlanishi va luqnrolik jamiyati g’oyalarining yanada chuqurlashuvi uchun imkoniyatlar
yaratadi. Hozirgi davrdagi rivojlangan mamlakatlarning asosiy strategik vazifasi - turli sotsial
guruhlaming manfaatlarini hisobgn olish va muvofiqlashtirish yo’li bilan umumfuqarbviy
konsensusga erishish, jamiyatni integratsiyalashga qaratilgan fuqarolik birdamligini ta’minlashdan
iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik jamiyati an’anaviy jamiyatlarning birnecha ming yillab
rivojlanib va takomillashib borishining mantiqiy natijasi va hosilnsi o’laroq shakllandi. Bu
jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishida G’arbiy Yevropada inson huquqlari va erkinliklarining
nazariy qarashlardan amaliy hayotga aylanishi, shakllangan huquqiy davlatlarning yanada
rivojlanishi fuqarolik jamiyatining shakllanishini zarurat qilib qo’yganligi muhim ahamiyat kasb
etdi.
XXI asr boshlariga kelib fuqarolik jamiyati g’oyalari va bu kabi jamiyat qurish tajribasi
Osiyo va Lotin Amerikasi mintaqasidagi mamlakatlar uchun ham yangilik bo’lmay qoldi. Fuqarolik
jamiyati har bir mamlakatning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit, “ma’naviy resusrs” sifatida
o’zini namoyon qila boshladi. Shuning uchun ham O’zbekiston mamlakatida ham 1995-yilda
fuqarolik jamiyati qurish asosiy strategik provard maqsad sifatida e’lon qilindi. Mustaqillikning
o’tgan 27 yili ichida mnmlakatda fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, sotsial strukturalari,
institutlari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy an’analar asosida qaror topa boshladi. Hozirgi
davrga kelib mamlakat fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish pallasiga
kirdi. Fuqarolik jamiyati qurish sari intilish davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: