Hokimiyatning uchga bo’linish prinsipining qonun ustuvorligini amalga oshirishdagi o’rni
O’zbekistonda faqat mustaqillik davriga kelib qonun ustuvorligining konstitutsiyaviy va
boshqa huquqiy asoslari yaratildi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi natijasida jamiyatda qonun ustuvorligining amal qilishi uchun huquqiy shart-sharoitlar
tug’ildi. Qonun ustuvorligi prinsipi uning III bobida ikkita - 15-16-moddalarida mustahkamlab
qo’yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq “O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq
ish ko’radilar”. Shuningdek, Konstitutsiyaning 16-moddasida “Birorta ham qonun yoki boshqa
normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” degan
prinsip joy olgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida mamlakatda davlat
hokimiyati tashkil etilishining quyidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlangan:
“O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi”. Davlat hokimiyatining bo’linishi
prinsipining shakllanishi ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar fuqarolarining demokratik
qadriyatlar asosida yashashga doir hayot tarzini jamiyatda qoilashga intilishi, uning natijasida
qonun ustuvorligi prinsipi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga nisbatan tarixiy zaruratning
paydo bo’lishi bilan bog’liqdir.
Bu prinsipga muvofiq davlatning qonunlar qabul qilish, ulami ijro etish va odil sudlov
borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog’i - qonun chiqaruvchi, hukumat va sud hokimiyatlari
93
o’rtasida taqsimlanishi zarur. Bunda hokimiyatning biror tarmog’i boshqa birining faoliyati
sohasign aralashmasligi zarur. Uch hokimiyatning o’zaro bir-birini tiyib lurishi hokimiyatning
barcha tarmoqlarini o’zaro mutanosiblashtiradi, ularning o’zaro munosabatlarida muvozanat paydo
bo’ladi. Bu prinsipning amalga oshirilishi xalq hokimiyatini biror gumh yoki alohida shaxs
tomonidan suiiste’mol qilinishiga yo’l qo’ymaydi. Hokimiyatning uchga bo’linishi prinsipi dastlab
XVIII asrda yashagan fransuz ma’rifatparvari Sharl Lui Monteskye tomonidan asoslab berilgan.
Hokimiyatning uchga bo’linish prinsipi jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy
kafolati sifatida davlatning asosiy belgilaridan biriga aylandi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyati - bu davlatning uchta asosiy tayanchidir”.
O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni O’zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi, ijro etuvchi hokimiyatni esa Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Sud hokimiyati
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda
O’zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi.
Hokimiyatning uchga bo’linish prinsipi - huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan
biridir. Konstitutsiyaning “Davlat hokimiyatining tashkil etlishi” deb nomlangan beshinchi
bo’limida uchala hokimiyatning o’zaro uyg’unlikdagi faoliyati mexanizmlari, shuningdek, ularning
o’zaro bir-birini tiyib turish tizimini vujudga keltiruvchi qoidalar mustakamlab qo’yilgan. Qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va Sud hokimiyati idoralari davlat hokimiyatining yagona tizimini tashkil
etadi.
O’zbekiston Respublikasida hokimiyat o’z mohiyatiga ko’ra yagonadir. Chunki
Konstitutsiyaning 7-moddasiga binoan, hokimiyatning yagona manbai xalqdir. Alohida olingan
boshqa biror hokimiyat organi butun davlat hokimiyatini amalga oshirishga da’vogarlik qilishi
mumkin emas. Davlat hokimiyatining davlat organlari o’rtasida bo’linishini davlat hokimiyatini
amalga oshirish vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o’rtasida
bo’linishi deb tushunish kerak. Zero, ular Konstitutsiyada belgilab berilgan o’z vakolatlarini amalga
oshirishda bir-birlaridan mustaqildirlar.
Hokimiyatning uchga bo’linish qoidasi keyinchalik “O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlarda, “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi, “Sudlar
to’g’risida”gi kabi boshqa qonunlarda yanada rivojlantirildi.
Davlat hokimiyatining bu uchta tarmog’ining har birini ham boshqalaridan mustaqil
bo’lishiga muhim ahamiyat berildi. Shu bilan birga, bir tomondan, biri boshqalarining mutanosib
rivojlanishi uchun yetarli darajadagi shart-sharoitlami yaratishi, kerak bo’lsa ulami tiyib turishi,
ikkinchi tomondan esa umumiy maqsad - xalq farovonligi yoiida o’zaro bir-birlari bilan hamkorlik
qilishi taqozo etiladi.
Davlat hokimiyatining bu uchta tarmogi bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lishi
uchun obyektiv zarurat paydo bo’ladi. Ular davlat hokimiyatini birgalikda va hamkorlikda tashkil
etadilar va ular siyosiy tizimdagi zarur elementlar bo’lib hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi
faqatgina hokimiyatning uchta tarmogi o’rtasida emas, balki hokimiyatning tarmoqlari bilan davlat
boshligi - Prezident o’rtasida ham amal qiladi. Masalan, parlament tomonidan muhokama qilingan
qonunlar Prezident tomonidan imzolangandan keyingina kuchga kiradi, Prezident veto huquqiga
ega, ya’ni u qabul qilingan qonunlami imzolamasdan qayta ishlash uchun parlamentga qaytarishi
mumkin, Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollarda parlamentni tarqatib yuborishi mumkin, ijro
etuvchi hokimiyat rahbari - Bosh vazirning nomzodini tasdiqlash uchun, shuningdek,
Konstitutsiyaviy, Oliy sudyalarining nomzodlarini saylash uchun parlamentga taqdim etadi, qonun
chiqaruvchi organ bo’lgan Oliy Majlis esa Bosh vazirni lavozimga tasdiqlaydi, parlament yuqori
94
palatasi ko’rsatilgan sudlar sudyalarini saylaydi, parlament Konstitutsiyada nazarda tutilgan
hollarda Prezident farmonlarini tasdiqlaydi, parlament ijro etuvchi hokimiyat mansabdor
shaxslarining hisobotlarini eshitadi, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlaming normativ-huquqiy hujjatlarining, shuningdek, Prezident farmonlarining
Konstitutsiyaga mosligini aniqlaydi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizimidagi
davlat organlarining shu va shu kabi yana boshqa vakolatlari o’zaro tiyib turish va manfaatlar
muvozanatini ta’minlashdagi kompleks mexanizmning elementlari bo’lib hisoblanadi.
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlaming tahlili bugungi kunda
mamlakatimizda o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlashning samarali
mexanizmi yaratilganligini ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, bu tizimning kelajakda yanada
rivojlantirilishini hayotning o’zi taqozo qila boshladi.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan “O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati
to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi va ijro etilishi fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan
davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va
shu orqali o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipining ta’minlanishiga olib keladi,
shuningdek, har bir davlat organi va mansabdor shaxsning mas’uliyatini va javobgarligini
kuchaytiradi, oqibat natijada ular faoliyatini yanada yaxshilaydi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilab berilgan yana bir qonunning, “Davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida"gi Qonunning qabul qilinishi ham o’zaro
tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash mexanizmida ommaviy axborot vositalari
rolining yana ham oshishiga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qarorlar qabul
qilishda ularning mas’uliyatini ko’p jihatdan kuchaytirishga olib keladi.
Konsepsiyada davlat rahbari va hukumat tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
organlari tizimida ham o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali mexanizmini
yaratishga qaratilgan yangi huquqiy hujjatlami ishlab chiqish va qabul qilish lozimligi ko’rsatib
berildi. Bunday mexanizmni yaratish ushbu organlar faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini
ta’minlaydi va demokratik huquqiy davlat barpo etish yo’limizda muhim qadam bo’lib hisoblanadi.
O’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi Oliy Majlis palatalari o’rtasidagi
munosabatlarda ham amal qiladi. Ma’lumki, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib,
Senat tomonidan ma’qullanib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va
qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Qonunchilik palatasi
lomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat bu qonunni itui’qullashi yoki rad etishi
mumkin. Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Bunday qonunni
qayta ko’rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan
iborat ko’pchilik ovoz bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan
hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga
Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Shu tariqa o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish
mamlakatimizda davlat hokimiyati amalga oshirilishining zaruriy sharti bo’lib, uning amalda
ta’minlanishi davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirishga, davlat organlari
faoliyatida umumxalq manfaatlarining hisobga olishning kafolatlanishiga, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining yanada yaxshilanishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga xos bo’lgan
hokimiyatning uchga bo’linishi prinsipini hayotda qo’llash, unga amal qilish jarayonining
rivojlanishi yangi bosqichga kirdi. Bu prinsipni jamiyatning yashash qoidasiga aylantirish qonun
ustuvorligi prinsipini hayotda namoyon bo’lishining asosiy qirralaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |