Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 Saylovlarning demokratik prinsiplari



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

2. Saylovlarning demokratik prinsiplari 
Demokratik  saylovlami  vakillik  mexanizmi  sifatida  amal  qilishini  betakror  qadriyatga 
aylantirgan,  umume’tirof  etgan  qator  prinsiplar  mavjud.  Bu  prinsiplar  saylov  qonunchiligida  o’z 
ifodasini topadi va ular muhim inson huquqlaridan biri bo’lgan - saylash huquqi yoki ovoz berish 
huquqini ta’minlaydi. 
Parlament  demokratiyasiga  asoslangan  konstitutsiyaviy  mamlakatlarda,  avvalo,  vakillik 
organlarini saylanish prinsipi va ulami shakllantirishdagi xalqning hech bir bo’linmas huquqi har 
tomonlama  mustahkamlanadi.  Bu  mamlakatlar  konstitutsiyalarida,  odatda,  saylovlaming 
umumiyligi prinsipi mazmuni ochib beriladi. Umumiylik prinsipi barcha aholini saylovchi sifatidagi 
faol  huquqi,  hokimiyat  organlariga  saylanish  uchun  saylovlarda  nomzod  sifatidagi  passiv  saylov 
huquqini anglatadi. 
Bundan mustasnolik bir  qancha senzlar bilan  chegaralangan: balog’atga  yetmaganlaming 
yoshi,  nomzodlaming  yoshi  sal  kattaroq  bo’lishi;  sud  qarori  bilan  mustahkamlangan  saylovlarda 
ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lmagan ruhiy kasal fuqarolar. Shuningdek, ma’naviy senzlar ham 
mavjuddir:  sud  qarori  bilan  ozodlikdan  mahrum  etilgan  shaxslar  huquqi  ham  cheklanadi. 
Umume’tirof  etilgan  qoidalardan  tushqari  boshqa  senzlami  o’rnatish  sayilovlarning  umumiylik 
prinsipini cheklaydi yoki uni to’g’ridan to’g’ri buzadi. 


110 
Sobiq ittifoq qonunchiligiga binoan ma’lum sinflar va ijtimoiy tabaqalar saylov faolligini 
cheklovchi  qator  toifaviy  -  sinfiy  senzlar  mavjud  edi.  Ularning  ro’yxati  va  mazmuni  davlat 
rivojlanishining turli bosqichlarida tez-tez o’zgarib turdi. 
Jinsiy  senz  uzoq  davrlar  ayollaming  saylovlardagi  ishtirokini  cheklab  keldi  (ba’zi 
musulmon  mamlakatlarida  hozirga  qadar  bu  kabi  senz  saqlanib  qolmoqda).  Mulkiy  senz  esa 
kambag’al  fuqarolar  faolligini  hamon  cheklamoqda.  Qator  mamlakatlarda  o’troqlik  senzi 
migrantlarning saylov okrugida saylash va saylanish huquqini bir necha yillar davomida cheklaydi. 
Hozirgi  davr  demokratik  saylovlar  prinsiplaridan  biri  -  teng  saylov  huquqi  hisoblanadi. 
Uning amaldagi ifodasi shundan iboratki, qonun chiqaruvchi organga har bir deputat deyarli teng 
miqdordagi fuqarolar vakili hisoblanadi, shuningdek, har bir saylovchi umumiy saylov qarorlariga 
bir  xilda  ta’sir  etish  darajalariga  ega  bo’ladi.  Bu  prinsipga  amal  qilishning  o’ziga  yarasha 
qiyinchiliklari mavjud. Mazkur prinsipga amal qilish saylov okruglari chegaralarini to’g’ri belgilash 
bilan bog’liq. 
Teng saylov huquqi prinsipi yana bir qancha muhim talablarga itoat etishni taqozo etadi: 
nomzodlar  ko’rsatish  davrida  ular  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratish,  nomzodlami  qo’llab-
quvvatlash  uchun  yig’iladigan  ovozlarni  va  saylovoldi  targ’ibotlari  imkoniyatlarining  tengligi. 
Shuningdek, nomzodlaming moddiy imkoniyatlari turlicha ekanligi va ularning bu imkoniyatlaridan 
qanday  darajada  foydalanishlarini  nazorat  qilish  mushkul  ish  ekanligiga  e’tibor  berilsa,  bu 
yo’nalishda tenglikni ta’minlash ko’plab muammolaming kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shuning 
uchun ham aksariyat mamlakatlarda nomzodlar moddiy shart-sharoitlari tengligini ta’minlash uchun 
saylov kampaniyalarini davlat tomonidan moliyalashtirishga amal qilinadi. 
Demokratik  saylovlaming  yana  bir  mezonlaridan  biri  -  saylovlarni  to’g’ridan  to’g’ri 
o’tkazish prinsipi hisoblanadi. Parlarnent demokratiyasi rivojlangan mamlakatlarning ko’pchiligida 
saylovchilar to’g’ridan to’g’ri (delegatlar yoki vakillar vositasisiz) prezident, parlament va boshqa 
siyosiy  hokimiyat  organlarini  saylaydilar.  Shu  bilan  birga,  ba’zan  oz  sonli  maxsus  saylovchilar 
saylov okrugidagi yoki mamlakatdagi barcha saylovchilar irodasini ifoda etishi asosida saylaydigan 
shaklan  bilvosita,  mazmunan  bevosita  saylovlar  ham  amaliyotda  uchrab  turadi.  Bu  kabi  shaklan 
to’g’ridan  to’g’ri  bo’lmagan  saylovlar  AQSH  prezidentini  saylashda  qo’llaniladi.  Lekin  bu 
saylovlar mamlakatdagi barcha saylovchilar qarorini ozchilik maxsus saylovchilar tomonidan hech 
bir  o’zgarishlarsiz  bajarish  asosida  ro’y  berishi  e’tiborga  olinsa,  u  ham  to’g’ridan  to’g’ri 
saylovlardan kam farq qiladi. 
Ilgarilari bilvosita saylovlarni ko’plab qollash natijasida saylov jarayonlaridagi demokratik 
mazmun kamayib ketgan edi. Avvalo, bu kabi saylovlami qo’llash saylovchilar sonini kamaytirib, 
har  bir  fuqaroni  saylovlarda  ishtirok  etishiga  imkoniyatlar  qoldirmas  edi.  Shuningdek,  bu 
saylovlarda  ishtirok  etishni  istamaydigan  saylovchilar  soni  ham  yildan  yilga  ko’payib  bordi. 
Nomzodlar va ularning  dasturlariga nisbatan e’tiborsizlik paydo bo’ldi.  Shu bilan birga, bilvosita 
saylovlar siyosiy kuchlar o’rtasidagi kuchlar joylashuvini doimo soxtalashtirib, saylovchilami erkin 
tanlash huquqlarini buzib keldi. To’g’ridan to’g’ri saylovlar esa barcha saylovchilami ovoz berishda 
ishtirok etishiga imkoniyatlar yaratib, saylov kampaniyasini legitimlik asosida kechishini ta’minlab 
kelmoqda. 
Demokratik saylovlaming yana bir muhim prinsiplaridan biri musobaqadoshlik yoki o’zaro 
raqobatdoshlik  hisoblanadi.  Ya’ni  u  saylovlarda  turli  xil  ijtimoiy  guruhlar  yoki  qatlamlar 
manfaatlarini  ifodalovchi  turli  partiyalar  va  nomzodlami  ishtirok  etishini  anglatadi.  Siyosiy 
partiyalar turli xil mafkura va turli ijtimoiy qatlamlar siyosiy manfaatlari asosida saylovlarga barcha 
toifadagi fuqarolarni jalb qilish imkoniyatlariga egadir. Ko’ppartiyaviylik asosidagi raqobatdoshlik 
demokratiya  rivojlangan  mamlakatlar  uchun  xos  bo’lib,  u  turli  ijtimoiy  manfaatlami  tinch 
musabaqalashuv  asosida  ifodalashni  ta’minlab,  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  barqarorligiga  katta 


111 
hissa  qo’shadi.  Shu  bilan  birga,  raqobatdoshlik  asosidagi  saylovlar  turli  o’zaro  ijtimoiy 
mojarolaming ham tinch yo’l bilan barham topishiga imkoniyat yaratadi. 
Barcha demokratik mamlakatlar tomonidan tan olingan prinsiplardan  yana biri -  yashirin 
ovoz berish hisoblanadi. Saylovlarda yashirin ovoz berish natijasida saylovchiga tashqaridan tazyiq 
yoki  ta’sir  o’tkazishning  oldi  olinadi,  har  bir  saylovchining  erkin  bo’lishi,  o’z  xohish-ixtiyorini 
amalga  oshirishi  uchun  imkoniyatlar  yaratiladi.  Shuningdek,  saylovlar  o’tkazishdagi  yana  bir 
demokratik  prinsip  -  saylovlar  ustidan  xalq  nazoratini  amalga  oshirish  hisoblanadi.  Shuningdek, 
saylovlar kampaniyalarida milliy va xorijiy kuzatuvchilaming ishtirok etishi saylov o’tkazilayotgan 
davlatning obro’-e’tiborini oshiradi. 
Demokratik mamlakatlardagi saylovlar o’tkazish prinsiplaridan biri saylovlaming erkinligi 
va  ularda  fuqarolarning  ishtirok  etishining  ixtiyoriyligi  hisoblanadi.  Bu  prinsipning  mohiyati 
shundaki,  hech  kim  fuqaroning  saylovda  erkin  o’z  xohishini  bildirishiga  yoki  saylovda  ishtirok 
etishi va etmasligiga ta’sir o’tkaza olmaydi. 
Demokratik saylovlaming yana bir prinsipi - nomzodlaming saylovoldi kurashi uchun teng 
imkoniyatlar yaratishdir. Bu prinsip nomzodlardagi turli moddiy yoki siyosiy imkoniyatlar ularning 
ba’zilariga  ustunliklar  va  imtiyozlar  yaratilishini  oldini  olib,  barcha  nomzodlar  uchun  teng 
imkoniyatlar  yaratadi.  Shuningdek,  yana  bir  prinsip  -  saylovlami  boshqa  muddatlarga  ko’chirish 
yoki  uni  bekor  qilishga  yo’l  qo’ymaslik  maqsadidagi  saylovlar  muddatini  cheklash  prinsipi 
hisoblanadi. Chunki saylovlami o’tkazish muddati ayrim siyosiy kuchlar xohishiga bog’liq bo’lsa, 
saylovlar  o’z  qadr-qimmatini  yo’qo’lishi  turgan  gap.  Saylovlami  aniq  bir  xil  muddatlarda 
o’tkazilishi  saylovchilaming  o’z  manfaatlari  asosida  hokimiyat  organlarini  o’zgartirib  turishiga 
keng imkoniyatlar yaratib beradi. 
Demokratik  saylovlar  tamoyillari  va  bu  sohada  shakllangan  qadriyatlami  tahlil  etish 
natijasida  fuqarolik  jamiyatining  muhim  jihatlaridan  biri  bo’lgan  -  fuqarolarning  siyosiy 
jarayonlardagi  ishtirokining  nechogMik  ahamiyat  kasb  etishiga  doir  xulosalar  shakllanadi. 
BMTning  “Inson  huquqlarining  umumjahon  deklaratsiyasi”da  ifodalangan  “xalq  irodasi  hukumat 
hokimiyatining asosi bo’lishi kerak”, degan demokratik qoida asosan saylovlar vositasida amalga 
oshirilib, unda jamiyat a’zolarining xohish-istaklari asosida siyosiy hokimiyatning shakllanishi ro’y 
beradi.  Ana  shu  qoidani  amaliyotda  qo’llash  natijasidagina  fuqarolik  jamiyatining  hokimiyat 
organlari  faoliyatini  nazorat  qilishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratiladi.  Shuningdek,  demokratik 
saylovlar  fuqarolik  jamiyati  tarkibidagi  ijtimoiy  qntlamlar  va  gumhlaming  manfaatlarini  barq 
urishiga,  bu  manfaatlar  qutqusi  asosida  siyosiy  jarayonlarda  faol  ishtirok  etishiga  zamin 
tayyorlaydi.  Umuman  olganda,  saylovlaming  erkin  va  adolatli  o’tishi  fuqarolik  jamiyatining 
rivojlanish darajasini bildiradi va unga yashovchanlik qobiliyatini baxsh etadi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish