Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

uchinchi bosqich -  2012-2016-yillarda  sud  qonunchiligini  demokratlashtirish  va 
liberallashtirishni  davom  ettirish,  tizim xodimlarini  ijtimoiy  muhofaza  qilishni  tubdan  yaxshilash, 
sudlar  faoliyatini  yanada  takomillashtirishga  oid  tashkiliy  chora-tadbirlar,  xususan,  sudyalik 
lavozimiga tanlashning yangi mexanizmlari yaratildi. 
to’rtinchi  bosqich  -  2016-yilning  so’nggi  choragidan  hozirgi  davrgacha  bo’lgan 
islohotlami  o’ziga  qamrab  oladi.  Bu  bosqichni  sud  hokimiyatini  inson  huquq  va  erkinliklarini 


102 
ta’minlovchi institutga, bozor iqtisodiyo’li munosabatlariga, rivojlangan davlar tajribasiga, xalqaro 
huquq me’yorlariga moslashtirish, sud-huquq tizimini demokratlashtirish islohotlari davri deb atash 
mumkin. 
Mustaqillikning 26-yiliga kelib sud-huquq tizimini modernizatsiyalash davri boshlandi. Bu 
paytda sud-huquq tizimini isloh etish Prezident Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan boshlandi va 
ular  juda  ham  qisqa  davr  ichida  o’z  natijalarini  bera  boshladi.  Davlat  rahbari  tomonidan  ilgari 
surilgan  “Xalq  davlat  idoralariga  emas,  davlat  idoralari  xalqimizga  xizmat  qilishi  kerak”  degan 
demokratik prinsip sud tizimiga ham qo’ilanila boshlandi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016-yil  21-oktabrda  qabul  qilgan  “Sud-huquq 
tizimini  yanada  isloh  qilish,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish 
kafolatlarini  kuchaytirish  chora-  tadbirlari  to’g’risida”gi  farmoni  sud-huquq  tizimini  yanada 
demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati 
samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo’lgan ishonchini kuchaytirish, jamiyatda qonun 
ustuvorligini  ta’minlash  va  qonuniylikni  mustahkamlash  kabi  vazifalami  amalga  oshirishga 
qaratildi.  Mazkur  farmonning  1-bandida  mamlakatda  inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlash 
oliy maqom darajasiga ko’tarildi: “Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va 
erkinliklarining  ishonchli  himoyasini  ta’minlash,  shuningdek,  odil  sudlovga  erishish  darajasini 
oshirish  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh  qilish  sohasida  davlat  siyosatining  ustuvor  yo’nalishlari 
etib belgilansin”. 
Prezident  farmonda  2017-yilning  1-aprelidan  boshlab  jinoyat,  jinoyat-protsessual, 
fuqarolik  protsessual  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  inson  huquq  va  erkinliklari  ustuvorligini 
ta’minlash,  sud  muhokamasini  adolatli  va  o’z  vaqtida  o’tkazish,  jazoning  adolatli  va  insoniyligi 
kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan 
huquqiy asoslar belgilab qo’yildi. Jumladan, qamoq, ya’ni ozodlikdan mahmm qilish bilan bog’liq 
bo’lmagan jazoning muqobil turlarini qo’llash imkoniyati kengaytirildi. Bu jinoiy jazolami qo’llash 
tizimidan  og’ir  jazolar  turining  chiqarilganligi  sud  tizimi  sohasini  liberallashtirishga,  uni 
insonparvarlashtirishga  shart-sharoitlar  yaratdi.  Jinoyat  protsessida  fuqarolarning  huquq  va 
erkinliklarini  himoya  qilishning  huquqiy  kafolatlarini  kuchaytirish,  jinoyat  ishlarini  tergov 
qilishning  tezkorligini  oshirish  doirasida  jinoyat  sodir  etishda  gumon  qilingan  shaxslami  ushlab 
turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog’i - tarzidagi ehtiyot choralarini 
qo’llashning,  shuningdek,  jinoyat  ishlari  bo’yicha  dastlabki  tergovning  eng  ko’p  muddatlari  1 
yildan 7 oyga kamaytirildi. 
Farmon asosida bu kabi choralaming joriy etilishi, bir tomondan, fuqarolarning erkinligini 
cheklashga  barham  bergan  bo’lsa,  ikkinchi  tomondan,  surishtimv  va  tergov  organlarining 
mas’uliyatini  oshirishga  va  tergov  faoliyati  samaradorligi  yuqori  bo’lishiga  zamin  yaratildi.  Sud- 
huquq tizimini isloh yangi davri, ya’ni uni inson huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat darajasiga 
ko’tariladigan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga moslashtirish davri boshlandi. 
2017-yildan  boshlab  mamlakatimizda  inson  huquq  va  erkinliklari  eng  oliy  qadriyat 
bo’lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiy^t - fuqarolik jamiyati qurish islohotlari yanada 
chuqurlashdi.  Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyevning  2017-yil  7-fevralda  qabul  qilgan 
“O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasi  to’g’risida”gi 
Farmonida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish asosiy ustuvor 
yo’nalishlardan  biri  sifatida  belgilandi.  Farmonda  quyidagi  strategik  vazifalar  qo’yildi:  “qonun 
ustuvorligini  ta’minlash  va  sud-huquq  tizimini  yanada  isloh  qilishga  yo’naltirilgan  sud 
hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  hamda  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli 
himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklaming oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud 


103 
jarayonida tortishuv tamoyilini toMaqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini 
tubdan yaxshilash”. 
Mamlakatimizda  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini,  eng  avvalo,  jinoiy  tajovuzlardan 
himoya  qilishning  ishonchli  kafolatlarini  ta’minlashga,  shuningdek,  ularning  sha’ni  va  qadr-
qimmati  kamsitilishiga,  qonuniy  manfaatlari  cheklanishiga  yo’l  qo’ymaslikka  qaratilgan  keng 
ko’lamli  ishlami  amalga  oshirishda,  sud-huquq  islohotlarining  asosiga  qonun  ustuvorligi, 
fuqarolarning  qonun  oldida  tengligi,  insonparvarlik,  adolatlilik  va  aybsizlik  prezumpsiyasi  kabi 
konstitutsiyaviy  prinsiplar  poydevor  qilib  qo’yilganligi,  2017-2021-yillarda  O’zbekiston 
Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasining 
ijrosi  yuzasidan  sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligi  va  erkinligini  ta’minlash,  odil 
sudlovning  sifati  va  shaffofligini  oshirish,  “Xabeas  korpus”  institutini  qoilashni  kengaytirish, 
korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  samarali  tizimini  yaratishga  qaratilgan  qator  normativ-huquqiy 
hujjatlar  qabul  qilinganligi  hozirgi  davrda  sud-huquq  tizimini  insonni  himoyalashga,  uning  qadr-
qimmatini oshirishga qaratilganligini anglatadi. 
Inson huquq va erkinliklarini himoyalashni kuchaytirish, sud-huquq tizimini isloh etishda 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  30-noyabrda  qabul  qilgan  “Sud-tergov 
faoliyatida  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  kafolatlarini  kuchaytirish  bo’yicha  qo’shimcha 
chora-  tadbirlar  to’g’risida”gi  farmoni  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Farmonda  protsessual 
qonunchilikni  jiddiy  buzgan  holda  yoki  noqonuniy  uslublar  bilan,  shu  bilan  birga,  quyidagilar 
jinoyat ishlari bo’yicha dalil sifatida foydalanishga yo’l qo’yilmasi belgilab qo’yildi: 
-jinoyat  protsessi  ishtirokchilari  yoki  ularning  yaqin  qarindoshlariga  nisbatan  qiynoqqa 
solish,  psixologik  va  jismoniy  tazyiq  va  boshqa  shafqatsiz,  g’ayriinsoniy  yoxud  qadr-qimmatni 
kamsituvchi muomala turlarini qo’llagan holda; 
-gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  yoki  sudlanuvchining  himoyaga  bo’lgan  huquqini, 
shuningdek, taijimon xizmatidan foydalanish huquqini buzgan holda; 
-jinoyat  prosessida  ishtirok  etayotgan  shaxsga  huquq  va  majburiyatlarini  tushuntirmaslik 
oqibatida uni chalg’itgan holda; 
-mazkur jinoyat ishi bo’yicha ish yuritishni amalga oshirish huquqiga ega boimagan shaxs 
tomonidan protsessual harakatlami o’tkazish oqibatida; 
-nomaium manbadan yoxud jinoyat ishi bo’yicha ish yuritish jarayonida aniqlash mumkin 
boimagan manbadan; 
-dastlabki  tergov  jarayonida  jabrlanuvchi,  guvoh,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi, 
sudlanuvchining sudda mavjud dalillar majmui bilan o’z tasdigini topmagan ko’rsatmalaridan; 
-mavjud  dalillar  majmuyi  bilan  tasdiqlangan  hollardan  tashqari,  jabrlanuvchi,  guvoh, 
gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  taxmin,  faraz  yoki  mish-mishlarga  asoslangan 
ko’rsatmalaridan  olingan  hamda  tegishli  ravishda  yuridik  kuchga  ega  boimagan  maiumotlardan 
jinoyat ishlari bo’yicha dalil sifatida foydalanishga yo’l qo’yilmasin. 
Shuningdek,  farmonda  Jinoyat-protsessual  kodeksida  to’g’ridan  to’g’ri  nazarda  tutilgan 
hollardan  tashqari,  sudlarda  jinoyat  ishlarining  oshkora  ko’rilishi  prinsipini  cheklaydigan 
qo’shimcha talablami joriy etish, protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan guvoh, 
jnbrlanuvchi,  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  sudlanuvchining  ko’rsatuvlari,  ekspert  xulosasi, 
ashyoviy  dalillar,  audio  va  videoyozbv  luimda  boshqa  materiallardan  dalil  sifatida  foydalanish 
ta’qiqlab  qo’yildi,  sluiningdek,  shaxsni  noqonuniy  ushlab  turish,  qamoqqa  olish,  jinoiy 
jnvobgnrlikka tortish yoki hukm qilishga sabab bo’lgan, hujjatlar yoki.ishyolingu bila turib yolg’on 
ma’lumotlar  va  boshqa  buzib  ko’rsatilgan  Inktlnmi  kiritish,  haqiqatga  to’g’ri  kelmaydigan 
ko’rsatma  berishga  majburlash,  ish  bo’yicha  haqiqiy  holatlami  buzib  ko’rsatish  orqali  dalillnrni 
qalbakilashtirganlik  uchun,  yolg’on  guvohlik  va  yolg’on  xabar  berganlik  uchun  javobgarlikni 
kuchaytirishni nazarda tutgan holdagi xutti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlik kiritildi. 


104 
Hozirgi  davrga  kelib  qonunlar  va  Prezident  farmonlari  dSosida  mnmlakat  Oliy  xo’jalik 
sudi  va  Oliy  sud  fuqarolik,  jinoiy,  ma’muriy  va  it|lisodiy  sud  ishi  yurituvi  sohasidagi  sud 
hokimiyatining  yagona  oliy  orgnnign  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudiga  birlashtirildi.  Sud 
liokimiyiitining  yagona  oliy  organi  sifatida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  faoliyat 
yuritishi belgilab qo’yildi. Mamlakatda ilk bor O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar 
bo’yicha ,sudlov hay’ati, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy 
sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi. Bu sud davlat organlari va ular mansabdor 
shaxslarining  g’ayriqonuniy  harakatlari  yoki  harakatsizligi,  shuningdek,  ularrting  qabul  qilgan 
qamrlari  ustidan  fuqarolarning  sudga  shikoyat  qilish  huquqining  konstitiitsiyaviy  kafolatlarini 
amalga oshirishni ta’minlashga xizmat qila boshladi. 
Agar  oldinlari  davlat  organlari  va  ularning  mansabdor  shaxslari  harakatlari  yoki 
harakatsizligi  ustidan  shikoyatlami  ko’rib  chiqish  fuqarolik  ishlari  bo’yicha  sudlar  va  xo’jalik 
sudlari  tomonidan,  ma’muriy  huquqbuzarliklar  to’g’risidagi  ishlar  esa  jinoyat  ishlari  bo’yicha 
sudlar  tomonidan  amalga  oshirilgan  bo’lsa,  endi  toifadagi  ishlar  yangi  tashkil  etilgan  ma’muriy 
sudlar  tomonidan  ko’rib  chiqilishi  qoidasi  o’rnatildi.  Hozirgi  davr  fuqarolik  jamiyati  talablaridan 
kelib  chiqib,  shuningdek,  tadbirkorlaming  huquqlarini  himoya  qilish  tizimini  yanada 
takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik 
sudlari o’rniga iqtisodiy sudlar faoliyat vuiiladigan bo’ldi. Tajbirkorlar ijtimoiy qatlamining oshib 
borish tamoyilidan kelib chiqib tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etildi. 
Sud-huquq  tizimidagi  bu  islohotlar  mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyo’li  islohotlarining 
jamiyatda  chuqur  ildiz  otishini  ta’minlaydi,  fuqarolik  jamiyati  qurish  islohotlarini  jadallashtiradi. 
Mamlakat  Oliy  Majlisi  tomonidan  Konstitutsiyaga  kiritilgan  o’zgartishlarga  muvofiq  sud-huquq 
tizimida  yangi  institut  -  O’zbekiston  Respublikasi  Sudyalar  oliy  kengashi  tashkil  etildi. 
Konstitutsiyamizda sudyalaming mustaqilligi, ularning faqat Konstitutsiya va qonunga bo’ysunishi 
hamda  odil  sudlovni  amalga  oshirish  borasidagi  uning  faoliyatiga  aralashganlik  uchun 
javobgarlikning  muqarrarligi  prinsipi  mustahkamlab  qo’yildi.  Oldinlari  faqat  jazolash  vositasi 
bo’lgan  sud  hokimiyati  endi  xalq  xizmatini  qiluvchi  organga  aylandi.  Sudlar  faoliyatiga  axborot- 
kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish,  sud  tizimi  samaradorligi  va  fuqarolarning  odil 
sudlovga  erishish  darajasini  oshirishga  alohida  e’tibor  qaratilishi,  “Sudlar  to’g’risida”  va 
“Prokuratura  to’g’risida”gi  qonunlarga,  shuningdek,  Jinoyat  kodeksi,  Jinoyat-protsessual  kodeksi, 
Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda Fuqarolik protsessual kodeksiga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar 
kiritilishi natijasida mamlakatda inson haq- huquqlari va erkinligini ta’minlash davlat siyosatining 
eng asosiy ustuvor yo’nalishiga ko’tarildi. 
Qisqa davr ichida amalga oshirilgan sud-huquq tizimi islohotlari o’zining samaralarini bera 
boshladi.  Sud  tizimini  fuqarolar  tomonidan  nazorat  qilish,  shu  maqsadda  joriy  etilgan  aaxborot-
kommunikatsiya vositalari sud jarayonlarining shaffofligini ta’minlay boshladi. Aholida davlat va 
hukumatga  ishonch  va  ulardan  rozilik  his-tuyg’ulari  ochiqdan  ochiq  namoyon  bo’la  boshladi. 
Mamlakatda  inson  huquq  va  erkinliklarini  himoyalashning  mustahkam  asoslarining  shakllanishi 
xorijiy davlatlar rahbarlari va ekspertlari tomonidan ham e’tirof etila boshlandi. Xalqaro tashkilotlar 
va  rivojlangan  davlatlar  rahbariyati  O’zbekistonda  bu  sohadagi  o’zgarishlar  natijasi  o’laroq, 
mamlakatimizga  nisbatan  o’zlarining  investitsiyaviy,  hamkorlik  va  do’stlik  munosabatlari  bildira 
boshladi.  Mamlakatning  barcha  sohalarida  bo’lganidek,  sud-huquq  tizimidagi  o’zgarishlar 
jamiyatimizni fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini anglata boshladi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish