124
siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir”.
Ko‘rinib turibdiki, siyosiy taraqqiyot hodisasining mohiyati, asoslari, shakllarini o‘rganish,
tadqiq qilish masalasiga insoniyat tarixida doimo muhim e'tibor berib kelingan. Hozirgi davrga
kelib ham bu fenomen jamiyat hayotini yaxshilash, uning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash,
odamlaming erkin va farovon kun kechirishga bo’lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarish omili va
insoniyatning umrguzaronlik qilishi uchun yanada samaraliroq tizimlami yaratishning yo’li sifatida
o‘z ahamiyatini yo‘qo’lmay kelmoqda. Shu bois siyosiy taraqqiyotni ta'minlovchi omillar, asoslar,
resurslami ishga solish haqidagi nazariy qarashlar tadrijiy rivojianish xarakteriga egadir.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda siyosiy taraqqiyotning turlari haqida fikr yuritilganda,
dastavval, uni ikki yirik turga ajratib ko'rsatish taomilga kirgan. Bunda so‘z taraqqiyotning tadrijiy
(evolyutsiyaviy) va inqilobiy usullari haqida bormoqda. Siyosiy taraqqiyotning tadrijiy turi o‘z
ichiga siyosiy taraqqiyotning bir qancha shakllarini qamrab olishi va ijobiy mohiyatga egaligi bilan
ajralib turadi. Taraqqiyotning inqilobiy yo‘li ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelishi, u tufayli
jamiyatda kuchli siyosiy inqirozlar, regress holatlari ro‘y berishini tarixda o‘z isbotini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlati jahonning i!g‘or tajribalarini inobatga olgan holda, ayni
paytda, jamiyatimizning milliy an'analari va negizlariga tayanib siyosiy taraqqiyotning tadrijiy
yo’lini tanladi va bu yoTning mazmun-mohiyatini, siyosiy va iqtisodiy taraqqiyoti zaminini
zamonaviy demokratik qadriyatlar tashkil etdi.
Tadrijiy islohotlar yo’liga doir g‘oyalar asosida O’zbekistonda huquqiy- demokratik davlat
va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning o‘ziga xos ilmiy va amaliy asoslari shakllantirildi.
Mustaqillikning dastlabki davrida davlatimizning birinchi rahbari ta'kidlaganidek, “O’zbekiston -
kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik
qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir.
Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning
farovonligini, O’zbekiston barcha fuqarolarining munosib turmushini ta'minlashga qaratilgan
bo’lishi kerak”.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz shunday ulug‘vor maqsadlami
ko‘zlab siyosiy taraqqiyotni amalga oshirdi, davlatimiz istiqboldagi taraqqiyot yo’li sifatida izchil
tadrijiy usullami tanladi: “shok terapiyasi”dan voz kechdi. “Yangi uy qurmay turib, eskisini
buzmang” tamoyili jamiyatni yangilashning asosiy prinsiplaridan biriga aylandi.
Ma’lumki, qo‘shni davlatlarda “shok terapiyasi”dan foydalanishga bo’lgan urinishlar
nihoyatda og‘ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelganligi hech kimga sir emas. Birinchi Prezident
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyot strategiyasi jamiyatimizni yangilash va
rivojlantirishning tub manfaatlarini o‘zida chuqur aks ettirib, barqaror taraqqiyot jarayonlari
izchilligini toTiq ta'minlanishiga asos bo’ldi.
Mamlakatimiz istiqboli strategiyasi jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va ma'naviy sohalarini o‘zida toiiq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning
barcha prinsiplarini e'tiborga olgan milliy taraqqiyot modelini yaratilishini obyektiv zarurat qilib
qo‘ydi. Shu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlaming dastlabki
bosqichidayoq belgilangan qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni
yanada dolzarb masala sifatida hayot kun tartibiga qo‘ygan edi. Mazkur vazifalar quyidagi muhim
jihatlami o‘z ichiga qamrab oldi:
Do'stlaringiz bilan baham: