125
chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib boorish va teng
huquqli hamkorlikka yo’l ochish.
O’zbekistonni rivojlantirish islohotlarining mazkur asosiy yonalishlmi orqali
respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini
tasavvur qilish mumkin. O’zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqining tarixiy tajribasi
saboqlaridan kelib chiqib, shuningdek, xalqning mentaliteti va ongi-ruhiyatidan mamlakatdagi aniq
shart-sharoitlaridan kelib chiqib tanlanadi.
Bu modclning mohiyati Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgnri surilgan
islohotlarning besh tamoyilida ta'riflab berildi. Mamlakatimiz aholisi o‘z davlat mustaqilligining
yigirma yetti yilligini kutib olayotgan hozirgi davrda to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo‘l
chorak asrlik tajriba va sinovlardan o‘tdi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo'lgan
taraqqiyotimiz biz tanlagan modelning lo'gTiligini isbotladi.
Ma'lumki, taraqqiyotning “O’zbek modeli”ning mohiyati asosiy g'oyalari dastlab
davlatmizning birinchi rahbarining “O’zbekistonning o z istiqlol va taraqqiyot yo‘li” nomli asarida
ochib berilgan edi.Keyinchalik mazkur taraqqiyot modeli haqidagi g'oyalar Birinchi
Prezidentimizning boshqa asarlarida yanada rivojlantirildi va takomillashtirildi. Xususan, uning
“O’zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yoii”, “O’zbekiston iqtisodiy
islohotlami chuqurlashtirish yoiida” nomli asarlarida taraqqiyotning “O'zbek modeli”ning asosiy
mazmunini va o'zagini belgilab beruvchi tamoyillar har tomonlama asoslab berildi. Xususan,
“beshta asosiy qoida O’zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyo’lini isloh qilish dasturining
o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror
matkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun
turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarini mafkuradan holi qilish zarur;
ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlaming ustuvor yo‘nalishlarini
belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi,
jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma'nosi shuki,
demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlami hech istisnosiz hamma
hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;
Do'stlaringiz bilan baham: