Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


partiyalarning vakolatli vakillari kuzatib turdi. Missiyalar a’zolari deputatning



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf


partiyalarning vakolatli vakillari kuzatib turdi. Missiyalar a’zolari deputatning 
O’zbekiston  ekologik  harakati  konferensiyasida  ishtirok  etib,  15  nafar  Oliy  Majlis 
Qonunchilik  palatasiga  O’zbekiston  ekologik  harakatidan  saylanishi  Qonunga  muvofiq  ekanligini 
tasdiqladi. 
SHHT  Kuzatuvchilari  missiyasi  va  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi  kuzatuvchilari 
missiyasi quyidagi xulosalarga keldi: 
-2014-yil 21 -dekabrda bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Mnjlisi Qonunchilik 
palatasiga  saylov  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  amaldagi  saylov  qonunchiligi  va 
umume’tirof  etilgan  xalqaro  demokratik  huquqiy  normalar  talablariga  to’la  muvofiq  holda 
o’tkazildi;  


119 
-Saylov  ko’ppartiyaviylik  asosida  o’tdi  va  raqobatli,  shaffof,  ochiq  bo’ldi  hamda 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining o’z xohish- irodalarini erkin bildirishlari ta’minlandi. 
Saylov  to’g’risidagi  qonunchilikka  muvofiq  siyosiy  partiyalarga  va  deputatlikka 
nomzodlarga  saylovoldi  tashviqo’lini  amalga  oshirishda,  saylovchilar  bilan  uchrashuvlar 
o’tkazishda, saylovoldi dasturlari mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazishda ommaviy axborot 
vositalaridan  foydalanishda  teng  huquq  va  imkoniyatlar  yaratildi.  Oliy  Majlis  Qonunchilik 
palatasiga saylov bo’yicha tuzilgan saylov okruglaridan 127 tasida bitta deputatlik mandati uchun 4 
nafardan nomzod, 8 tasida 3 nafardan nomzod kurash olib bordi. Umuman, mamlakatimiz bo’yicha 
saylovchilar ro’yxatiga 20 million 789 ming 572 nafar saylovchining familiyasi kiritilib, saylovda 
18 million 490 ming 245 nafar yoki ro’yxatga kiritilgan saylovchilaming 88,94 foizi qatnashdi. 
2014-yil 21-dekabrdagi ovoz berish natijalariga ko’ra 113 ta saylov okrugida O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylandi. Shu bilan birga “O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 21-
dekabr  kuni  O’zbekiston  ekologik  harakatining  Konferensiyasida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  Qonunchilik  palatasining  15  nafar  deputati  saylandi.  Siyosiy  partiyalaming  o’zaro 
raqobatlashuvi  natijasida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  sayloy 
bo’yicha 22 ta saylov okrugida nomzodlaming birortasi ham saylanish uchun zamr ovozlami to’play 
olmadi.  Shu  munosabat  bilan  2015-yil  4-yanvar  kuni  ushbu  okmglarda  takroriy  ovoz  berish 
o’tkazildi.  Saylov  qonunchiligiga  asosan  takroriy  ovoz  berish  22  ta  saylov  okmgining  har  birida 
asosiy  saylov  natijalariga  ko’ra  saylovchilaming  eng  ko’p  ovozini  olgan  ikki  nafar  deputatlikka 
nomzod bo’yicha o’tkazildi. Takroriy ovoz berishda saylovchilar ro’yxatiga familiyalari kiritilgan 3 
million 434 ming 345 nafar saylovchidan 2 million 642 ming 63 nafar saylovchi ishtirok etdi va bu 
ro’yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 76,9 foizini tashkil qiladi. Takroriy ovoz berish 
milliy saylov qonunchiligining barcha qoidalariga muvofiq umume’tirof etilgan xalqaro standartlar 
asosida ochiq va oshkora o’tkazildi. Takroriy ovoz berishda siyosiy partiyalaming 5700 dan ortiq 
kuzatuvchilari va vakolatli vakillari ishtirok etdi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi natijalariga 
ko’ra, parlament quyi palatasiga 150 nafar deputat, shu jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar 
harakati  -  O’zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasidan  52  nafar;  O’zbekiston  “Milliy  tiklanish” 
demokratik partiyasidan 36 nafar, O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 27 nafar, O’zbekiston 
“Adolat” sotsial- demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylandi. 15 nafar deputat O’zbekiston 
ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan deputatlaming 24 nafari yoki 16 foizi xotin-qizlardan 
iborat  bo’ldi.  Saylangan  150  nafar  deputatdan  40  nafari  yoki  27  foizi  ilgari  Qonunchilik  palatasi 
deputati  bo’lgan.  Bu  saylangan  deputatlrning  nafaqat  o’z  saylovchilarining  ishonchiga  sazovor 
bo’lganligidan,  qolaversa,  parlament  quyi  palatasining  professional  faoliyatida  ularning  hayotiy 
tajribasi va qonun ijodkorligi amaliy ko’nikmalaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. 
Quyi palata tarkibida jamiyatning deyarli barcha qatlamlari vakillari bo’lishiga erishildi.  
Saylov  jarayoni  ochiqligi  va  oshkoraligini  ta’minlashga  ko’p  jihatdan  ommaviy  axborot 
vositalari,  mahalliy  va  xorijiy  kuzatuvchilarning  faoliyati  katta  omil  bo’lib  xizmat  qildi.  Saylov 
jarayonini 550 dan ortiq milliy va 120 dan ziyod xorijiy ommaviy, axborot vositalari shu jumladan, 
180 dan ortiq intemet-nashrlar  yoritib bordi. Savlovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan 
bog’liq 9 mingdan ortiq materiallar e’lon qilindi. 
Saylovni  kuzatishda  5  ta  xalqaro  tashkilot  -  Yevropa  Xavfsizlik  va  hamkorlik 
Tashkilotlarining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yii  Im byurosi, Mustaqil Davlatlar 
Hamdo’stligi, Shanxay Hamkorlik tashkiloti. Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom 
hamkorlik  tashkilotidan  hamda  52  ta  davlatdan  340  dan  ortiq  kuzatuvchilar,  shuningdek,  siyosiy 
partiyalarning  70  mingdan  ziyod  kuzatuvchilari  va  vakolatli  vakillari  ishtirok  etdi.  Saylovning 
demokiratik  pinsiplari  asosida  o’tkazilishi  ushbu  jarayonda  qonun  hujjatlatga  amal  qilishi  barcha 


120 
bo’g’indagi  saylov  komissiyalarining  uyushqoqlik  bilan  aniq  bajargan,  mustaqillik,  qonuniylik, 
kollegiallik, oslikni.ilik va ulolatlilik tamoyillariga asoslangan faoliyati orqali ta’minlandi. 
2016-yil  2-sentabrda  2015-yilning  mart  oyida  Prezident  etib  saylangan  I.A.Karimovning 
vafot  etishi  munosabati  bilan  Markaziy  saylov  komissiyasi  (MSK)  2016-yil  4-dekabmi  Prezident 
saylovi  kuni  deb  e’lon  qildi.  Barcha  siyosiy  partiyalar  saylovga  o’z  nomzodlarini  ilgari  surdi. 
O’zbekiston  “Milliy  tiklanish”  demokratik  partiyasidan  S.Otamuratov,  Tadbirkorlar  va 
ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Sh.Mirziyoyev, O’zbekiston 
Xalq demokratik partiyasidan X.Ketmonov, O’zbekiston “Adolat” sotsial- demokratik partiyasidan 
N.Umarovni  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentligiga  nomzodlar  sifatida  ro’yxatga  olindi.  14  ta 
saylov okrugida 9382 ta saylov uchastkasi, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining diplomatik 
vakolatxonalari  huzurida  44  ta  uchastka  tashkil  etildi.  Okrug  saylov  komissiyalari  tomonidan 
uchastka saylov komissiyalarining tarkiblari shakllantirildi, ularning faoliyatiga 98 mingdan ziyod 
kishilar  jalb  qilindi.  Saylovlar  amaliyo’lida  birinchi  marotaba  2016-yil  30-noyabridan  5-
dekabrgacha “Press-klub: Saylov — 2016” ochildi. 
Mazkur  Prezident  saylovida  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  akkreditatsiya 
qilingan  5  ta  xalqaro  tashkilot  -  Yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkilotining  Demokratik 
institutlar  va  inson  huquqlari  bo’yicha  byurosi,  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo’stligi,  Shanxay 
Hamkorlik Tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotidan 
hamda  46  ta  davlatdan  600  nafarga  yaqin  kuzatuvchilar  ishtirok  etdi.  Xususan,  saylovchilar 
ro’yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchining 17 million 951 ming 667 nafari 
ovoz berishda ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etadi. 
2016-yil  4-dekabrda  o’tkazilgan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  natijalariga 
ko’ra, Sarvar Sadullayevich Otamuratovni yoqlab 421 ming 55 nafar saylovchi yoki ovoz berishda 
ishtirok  etgan  saylovchilar  umumiy  sonining  2,35  foizi  ovoz  berdi,  Shavkat  Miromonovich 
Mirziyoyevni  yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi  yoki ovoz berishda ishtirok etgan 
saylovchilar  umumiy  sonining  88,61  foizi  ovoz  berdi,  Xatamjon  Abduraxmonovich  Ketmonovni 
yoqlab 669 ming 187 nafar saylovchi  yoki 3,73 foizi, Narimon Majitovich Umarovni  yoqlab 619 
ming  972  nafar  saylovchi  yoki  3,46  foiz  saylovchilar  ovoz  berdi.  Saylov  natijalariga  asosan 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovida  Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  - 
O’zbekiston  Liberal-demokratik  partiyasidan  nomzod  Shavkat  Miromonovich  Mirziyoyev  g’olib 
chiqdi. 
Mazkur  saylovning  ochiqligi  va  oshkoraligini  ta’minlashda  ommaviy  axborot  vositalari 
nihoyatda  muhim  o’rin  tutadi.  Prezident  saylovini  615  milliy  va  272  xorijiy  ommaviy  axborot 
vositalari, shu jumladan, 315 ta xorijiy va milliy intemet nashrlari yoritib bordi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovini  yoritish  bo’yicha  Kespublika  matbuot 
markazi va okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlari tomonidan mamlakatimiz va chet 
elning  1  ming  400  nafardan  ortiq  jumalistlari  ishtirokida  saylov  kampaniyasining  muhim 
bosqichlariga bag’ishlangan 180 ta matbuot anjumani va onlayn brifinglar o’tkazildi. O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti sayloviga tuyyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bilan bog’liq 22 ming 700 
dan ziyod maqola va axborot materiallari e’lon qilindi, ko’rsatuv hamda eshittirishlar efirga uzatildi. 
Prezidentlikka  saylovlar  yakunlari  shuni  ko’rsatdiki,  mamlakatda  demokratik  qadriyatlar 
taboro  jamiyat  hayotiga  singib  bormoqda,  luqarolar  dunyoqarashi  va  ularning  ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlardagi  ishtiroki  mazmuni  tubdan  o’zgarmoqda.  Bu  holatni  quyidagi  misollar  lasdiqlashi 
mumkin:  bu  saylovda  birinchi  marta  Yevropada  Xavfsizlik  va  llamkorlik  Tashkiloti 
O’zbekistondagi  saylovlarda  to’la  mkjyosli  kuzatish  jarayonini  amalga  oshirdi;  mamlaktimizdagi 
2015-yildagi saylovda 43 davlatdan va beshta xalqaro tashkilotdan 299 ta kuzatuvchi ishtirok etgan 
bo’lsa,  bu  soylovda  46  davlat  va  beshta  xalqaro  tashkilotdan  600  ta  kuzatuvchi  ishtirok  etdi;  bu 


121 
kuzatuvchilaming  nksariyati  mamlakatda  bo’lib  o’tgan  saylov  kampaniyasini  ijobiy  baholadi; 
saylovchilar va siyosiy partiyalar faolligining birmuncha oshganligi sezildi va hokazo. 
Albatta,  saylovchilaming  nomzodlarga  turli  darajada  va  keskin  farqlangan  holda  ovoz 
berishiga quyidagi jihatlar ta’sir etdi: xalq o’zining azaliy va an’anaviy mentelitetidan kelib chiqib 
nomzodlarning xalq forovonlik va yurt obodonchiligidagi shaxsiy ishtiroklari, davlat hokimiyatini 
boshqarish tajribasi va yetakchilik xususiyatlari, saylovchilar bilan muloqotlar olib borish mahorati, 
saylovoldi va’dalarini amalga oshirish uchun nechog’lik insoniy va boshqa resurslarga ega ekanligi 
kabi omillar muhim rol o’ynadi yoki saylov natijalarini hal etdi. 
Saylovda  ovoz  berganlarning  88,61  foizini  olishga  erishgan  Shavkat  Miromonovich 
Mirziyoyev yuksak g’oliblik darajasini egallaganligi fikrimizga dalildir. 
Prezident  Sh.M.Mirziyoyev  saylovgacha  bo’lgan  qisqa  davr-  besh  oy  ichida  amalga 
oshirilgan  xalqchil  va  rivojlanish  jarayonlari  tufayli  inamlukatda  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy 
davlat  qurishning  qator  usnslarini  yaratish  islohotlari  benihoya  avj  oldi.  Yangi  saylangan  davlat 
rnhbarining  yetakchilik  va  boshqaruv  qobiliyati,  yechimini  kutayotgan  imnmmokuni  tezlik  bilan 
ilg’ab  olish  hissiyo’lining  kuchli  ekanligi,  uzoq  yillardan  buyon  xalqning  nazaridan  tushmay 
kelayotganligi kabi ijobiy sifatlarining yanada yaqqolroq namoyon bo’lganligi uning xalq mehrini 
qozonishiga  sabab  bo’ldi.  Uning  qisqa  muddatli  ish  faoliyatida  kadrlami  o’rniga  qo’yish 
masalasidagi  adolat  prinsiplarini  tiklanish  davrini  boshlanishi,  tadbirkorlar  va  fermerlar  uchun 
faoliyat erkinliklari va huquqiy asoslarini rivojlantirilishi, xalq bilan muloqo’l qilishning zamonaviy 
demokratik  turiga  o’tishi  (Bosh  vazir  virtual  saytining  ochilishi)  ,  atrofdagi  davlatlar  bilan  iliq 
munosabatlarining boshlanishi, davlat hokimiyatini boshqaruv funksiyasiga nisbatan uning xalqqa 
xizmat  qilish  vazifasining  ustuvorligi  masalasini  ilgari  surish,  jahondagi  qudratli  va  rivojlangan 
mamlakatlar  rahbarlarining  umidli  fikr-  mulohazalar  yo’llashi,  mamlakatda  hokimiyat 
almashuvining  hech  bir  ijtimoiy-siyosiy  larzalarsiz,  silliq  va  yumshoq  jarayonlar  asosida  amalga 
oshirilishi kabi omillaming paydo bo’lishi saylovchilar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Albatta, 
bu  jarayonlar  saylangan  mamlakat  rahbarining  ilgari  hech  kim  bilmagan  yangi  qirralarini  ochdi, 
uning g’ayrat-shijoatga to’lgan, yurt uchun fidoyi inson ekanligini yanada ko’proq namoyon bo’ldi. 
Uning  uzoq  yillar  davomida  xalqning  sinchkov  sinovidan  o’tganligi  ham  saylovlar  natijalariga 
kuchli  ta’sir  etdi.  Chunki  mustaqillikning  yarmidan  ko’proq  davri  ichida  u  boshchiiik  qilgan 
hukumat  ulkan  o’zgarishlami  amalga  oshirdi:  barcha  qonunlar  ijrosi  va  davlat  qarorlari  bekam-u 
ko’st tarzda hayotda amaliyo’lini topdi. 
O’zbekistonda saylov tizimining adolat prinsiplari asosida rivojlanishida 26 yil davomida 
xalq  deputatlari  kengashisiz  faoliyat  yuritgan  Toshkent  shahrining  11  tumanida  Prezident 
Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan mazkur tumanlar xalq deputatlari kengashlari tashkil etilib, 
ularga  deputatlar  saylash  kuni  e’lon  qilindi.  Toshkent  shahar  xalq  deputatlari  tuman  Kengashlari 
saylovida 1,267 mln kishi ishtirok etdi. 81,2 foiz saylovchi ovoz berdi. Tashkil etilgan barcha 330 
saylov  okruglaridagi  deputatlaming  hammasi  saylov  kuni  -  2017-yil  24-dekabrda  saylandi. 
Saylovda Toshkent shahrida ro’yxatga olingan 1 mln. 560 mingdan ziyod saylovchilaming 1 mln 
267 mingdan ortiqrogM ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 81,2 foizini tashkil etadi. 
Toshkent  shahar  xalq  deputatlari  tuman  Kengashlariga  Tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar 
harakati  -  O’zbekiston  Liberai-demokratik  partiyasidan  137,  O’zbekiston  “Milliy  tiklanish” 
demokratik  partiyasidan  54,  O’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasidan  49,  O’zbekiston  “Adolat” 
sotsial-demokratik  partiyasidan  37,  shuningdek,  fuqarolarning  o’zini  o’zi boshqarish  organlaridan 
53 nafar fuqaro deputat etib saylandi. Saylangan 330 deputatning 254 nafarini erkaklar, 76 nafarini 
ayollar  tashkil  etadi.  20  nafar  deputat  30  yoshgacha  bo’lgan  yoshlardir.  Deputatlaming  87  nafari 
iqtisodchi, 34 nafari huquqshunos, 61 nafari pedagog, 43 nafari shifokor, 55 nafari muhandis va 50 
nafari boshqa kasb egalaridir. 


122 
Ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda saylovlar keyingi o’n yillikda fuqarolik jamiyati instituti 
sifatida  rivojlandi.  Davlat  hokimiyati  organlarini  shakllantirishda  fuqarolarning  xohish-istagini 
e’tiborga  olish,  mansabdorlar  yoki  xalq  deputatlarini  saylashda  fuqarolarning  tanlash  huquqini 
mavjudligi demokratik davlatning  eng asosiy belgilaridan biridir. 2017-2021-yillarda O’zbekiston 
Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  Harakatlar  strategiyasida 
“siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalaming rolini kuchaytirish, 
ular  o’rtasida  sogiom  raqobat  muhitini  shakllantirish”  vazifasini  qo’yilishi,  albatta,  saylovlar 
tizimini  yanada  demokratlashuvini  taqozo  etadi.  Zero,  saylovlar  fuqarolarning  vaqti-vaqti  bilan 
davlat hokimiyati organlaridan roziligini aniqlash, hokimiyat boshqaruv organlarining xalq oldida 
mas’ulligini  his  qilish  ^kabi  demokratik  qadriyatlami  rivojlantirish  omili  sifatida  ham  fuqarolik 
jamiyatini  shakllanishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Boshqacha  aytganda,  demokratik  saylovlar 
inson huquqlarining amalda namoyon bo’lishi shakllaridan biri hisoblanadi. Saylovda ishtirok etgan 
har  bir  fuqaro  o’zini  davlatga  va  jamiyatga  dahldorligini  his  etadi,  siyosiy  jarayonlarga  ta’sir  eta 
olishi unga g’urur bag’ishlaydi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish