1. Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari
Jamiyat a’zolari tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish maqsadlarida o’lkaziladigan
saylovlar faqat demokratiyaning belgisi yoki ko’rinishi bo’lmasdan, shu bilan birga, uning zaruriy
yashash sharti hamdir. BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrida qabul qilingan "Inson
huquqlarining umumjahon Deklaratsiyasi”ning 21- moddasida demokratik prinsiplar asosidagi
saylovlaming inson huquqi sifatidagi o’rni quyidagicha ta’riflanadi: “Har bir inson bevosita yoki
erkin saylangan vakillari orqali o’z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq
irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo’lishi kerak; bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish
erkinligini ta’minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga ega bo’lgan umumiy va teng saylov huquqi
asosida ifodalanishi lozim”.
BMT vn boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan xalqaro saylov standartlari
bir qator xalqaro hujjatlarda o’z ifodasini topdi. Ular asosan quyidagilardan iboratdir:
1.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assanibleyasi totnonidan 1948-
yil 10-dekabrda qabul qilingan) ;
2. 1950-yildagi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risidagi
Yevropa konvensiyasi (unga 1-bayonnoma ilova qilinadi) ;
3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (BMT, 1966-yil 16-dekabr).
4. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) insoniylik mezonlari
bo’yicha konferensiyasi Kopengagen Kengashining hujjati (Kopengagen, 1990-yil 29-iyun).
5. 1994-yilda qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to’g’risida”gi Parij
deklaratsiyasi.
BMT tomonidan saylov standartlariga yangi xalqaro me’yoriy norma 2005-yil 27-oktabrda
kiritildi. U BMTning “Saylovlari xalqaro kuzatish prinsiplari Deklaratsiyasi” deyiladi. Mazkur
Deklaratsiyada haqiy demokratik saylovlar - bu mamlakat aholisining suveren huquqlarining
ifodasi, hukumat vakolatlari va qonuniyligining asosi bo’lmish erkin xohish-irodasining bildirilishi
degan qoida bilan mustahkamlab qo’yildi. YXHTning saylov prinsiplari eng muhim yettita:
universallik, tenglik, erkiniik, adoiatlilik, yashirinlik, shaffoflik va hisobot berish so’zlarida o’z
ifodasini topgan. Bu har bir ovoz hisobga olinishini va har bir fuqaro davlat hokimiyatining
vakolatli organlarini shakllantirishga ko’maklashishi mumkinligini anglatadi.
YXHTning Kopengagen hujjatida ko’zda tutilgan majburiyatlar 1990-yilda Parij
xartiyasiga muvofiq tashkil etilgan va dastavval YXHTning “Erkin saylovlar bo’yicha byuro” deb
ataladigan Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB) uchun saylovlar
bilan bog’liq ishlar bo’yicha qo’llanma hisoblanadi. DIIHB o’z faoliyatini 1991-yilning may oyida
boshladi va YXHTga a’zo davlatlarga yordam ko’rsatish bo’yicha YXHTning asosiy instituti
hisoblanadi. U, jumladan, “inson huquqlari va asosiy erkinliklarining to’la hurmat qilinishini
106
ta’minlash, qonuniylik asosida ish ko’rish, demokratiya prinsiplarini hayotga joriy etish va
demokratik institutlami tashkil etish, mustahkamlash va himoya qilish, shuningdek, butun jamiyat
ko’lamida murosaga kelish prinsiplarini rivojlantirish”ga da’vat etilgan.
DIIHB - Yevropada saylovlami kuzatish sohasida yetakchi institutdir. U YXHT
mintaqasida o’tkaziladigan saylovlami muvofiqlashtiradi hamda ularning milliy qonunchilikka va
xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash uchun har yili minglab kuzatuvchilardan iborat
guruhlarni tashkil etadi. DIIHB saylov jarayonining barcha bosqichlari monitoringi uslubiyatini
ishlab chiqqan. DIIHB o’z-o’ziga ko’maklashish loyihalari vositasida YXHTga a’zo davlatlarga
ularning saylov tizimlarini yaxshilashda yordam ko’rsatadi.
Saylovlar tizimi - huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo’yilgan, shuningdek, davlat va
jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik
vakilini saylashni o’tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi - siyosiy tizimning
tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, saylovlar tizimining o’zi ham boshqa tizimlar kabi tizilmaviy
qismlarga bo’linadi: ularning ichida ikkitasi alohida ajralib turadi: birinchisi, fuqarolarning saylov
huquqi - nazariy-huquqiy komponent; ikkinchisi esa saylov jarayonlari - amaliy- tashkiliy
komponentdir.
Fuqarolarning saylov huquqi ularning saylovlardagi ishtirokini, saylovchilar va
saylanuvchi organlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi, shuningdek,
keyinchalik saylovchilar ishonchini oqlamagan vakillarni chaqirib oluvchi tartibotlaming huquqiy
me’yorlari majmuasidir. Fuqarolarning saylov huquqi tushunchasi fuqarolarning suylovlarda
ishtirok etish huquqi sifatida torroq ma’noda - saylovchi sifatida (faol saylov huquqi) yoki
saylanuvchi sifatida (passiv saylov huquqi) qo’llaniladi.
Jamiyatt a’zolarining davlat hokimiyati organlariga bo’lgan saylovlardagi keng ishtiroki
demokratik siyosiy jarayonning tarkibiy qismidir. Demokratik saylovlar davlat va jamiyatni va
ularning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadlaridagi tarixiy rivojlanishning ziddiyatli
izlanishlari natijasi o’laroq paydo bo’lgan institdir. XX asrga kelib davlat hokimiyati organlarini
shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan demokratik saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlat siyosiy
hayotidagi tabiiy bir jarayonga aylandi. Shu bilan birga, har qunday saylovlarni ham demokratik
qadriyatlar qatoriga kirilish ham qiyin masaladir. Saylovlami davlat va fuqarolik jamiyati o’zaro
muvozanatidagi holatlaridan kelib chiqib bir necha turlarga bo’lish mumkin.
Umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillardan biri quydagicha ifodalanadi:
“Demokratik idora etish erkin va adolatli saylovlar davomida muttasil ifodalanib boradigan xalq
irodasiga asoslnadi. Turli mamlakatlarda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish
darajasini saylov huquqi prinsiplariga muvofiq ravishda, ya’ni ularda o’tkazilgan saylov tizimini
ifoda etuvchi saylovlarini tasniflash asosida belgilash mumkin. Saylovlarga doir quyidagi bir-biriga
qarama-qarshi bo’lingan juftlik asosida qabul qilingan tushunchalar u yoki bu mamlakatning
demokratik rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Unga muvofiq saylovlar quyidagicha
o’tkazilishi mumkin: umumiy - chegaralangan (senzli) ; teng - noteng; to’g’ri - bilvosita; yashirin -
ochiq ovoz berish. Bu saylovlar tasniflangan har bir juftlikning chap tomonidagi tushunchalarga
amal qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar asosidagi saylovlar o’tkazilishini bildiradi.
Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo’ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar rejimga
xos saylovlar amal qiladi. Deputatlar tarkibi va saylovoldi dasturlar mazmuniga doir barcha asosiy
qarorlar oldindan mamlakat siyosiy rahbariyati xohishiga mos ravishda shakllanadi. Bu kabi
saylovlarda deputatlar nomzodlari oshkor etilmaydi, ularning shaxsi va dasturlari to’g’risida
saylovchilar yaxshi tasavvurga ega bo’lmaydi. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida
emas, balki idora etuvchi partiyaviy-davlat vakillari sifatida namoyon bo’ladilar.
Totalitar siyosiy tizim mafkuraviy niqoblar ostida o’zining haqiqiy mazmunini turli usullar
bilan niqoblab, “xalq irodasini”, shuningdek, “oliy darajadagi demokratiyaga mansub ekanligini”
107
ifodalashga da’vogarlik qiladi. Bu siyosiy tizim demokratiyaning nomuqobil shaklidan foydalanib,
umumxalq qo’llab-quvvatlashi ko’rinishini shakllantirishga intiladi.
Saylovlaming ikkinchi turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o’rtasidagi o’zaro muvozanat
beqaror bo’lgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu kabi mamlakatlarda saylovlar demokratik rejimlar
chuqur ildiz otmagan, davlat yetakchilarining demokratik intilishlari antidemokratik kuchlar
qarshiligiga uchraydigan mamlakatlarda uchrab turadi. Bu kabi mamlakatlarda, ko’pincha, xalq
tomonidan saylangan hokimiyatning vakillik organlari turli kuchlar va bosimlar ostida o’zining
yashash qobiliyatini yo’qo’ladi.
Jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o’tish muammolari quyidagi ikki
muammo’lari tenglamani echish bilan bog’liqdir: aholi qo’llab-quvvatlashini yo’qolish sharoitida
oldingi rejimdan o’tish davrini bosqichma-bosqichlik asosida amalga oshirish. Bu murakkab
vazifani hal etish o’tish davri qator bosqichlarini siyosiy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib
turuvchi saylov jarayonlari vositasida qulaylashtirishni talab etadi. Demokratiyaga bosqichma-
bosqich o’tish quyidagi turli darajalardagi davlat hokimiyati organlariga saylovlar bilan bog’liqdir:
o’zini o’zi boshqarishning mahalliy tizilmalarini saylash; mintaqaviy darajalarda siyosiy partiyalar
va harakatlami shakllantirish va ularning rahbar organlarini saylash yo’li bilan saylov oldi
kurashlari uchun siyosiy kengliklami shakllantirish; ijro hokimiyati rahbarlarini saylash;
Ko’rinib turibdiki, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik saylovlar vositasida ro’y
beradi. Avtoritarizmdan demokratiyaga o’tish muddati esa o’n yilliklar, avlodlar almashinuvi va
qator demokratik saylovlar bilan o’lchanadi. Ko’ppartiyaviylik amaliyoti tajribasining kamligi
o’zaro siyosiy chidamlilikning (tolerantlikning) shakllanishiga imkon beravchi ijtimoiy demokratik
shart-sharoitlaming noqulay bo’lishiga sabab bo’ladi. Natijada, o’tish davri muddatlari cho’zilib
boraveradi. Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda shoshma-shosharlik bilan demokratiyaga tezlik bilan
o’tishga intilishlar, ko’pincha, soxta demokratiya shaklidagi avtoritarizmni qayta tiklaydi.
Shuningdek, saylovlarga doir takomillashmagan qonunchilik, demokratik an’analar va
saylovlaming borishi ustidan xalq nazoratining yetishmasligi davlat bilan fuqarolik jamiyati
O’rtasidagi o’zaro muvozanati beqaror bo’lgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Bu kabi holatlar
saylovlar natijalarini soxtalashtirishlarga olib kelishi ham muqarrardir. Shuning uchun ham bu
mamlakatlar uchun har bir o’tkazilgan haqiqiy demokratik saylovlar huquqiy davlat qurishning
mashaqqatli yo’lidagi kichik, lekin, shu bilan birga, eng zaruriy bo’lgan muhim qadamdir.
Saylovlarning uchinchi turi - demokratik rejimlardagi, -ya’ni davlatlar fuqarolik jamiyatiga
bo’ysungan mamlakatlar uchun xosdir. Fuqarolik jamiyati qurishni rivojlantirishning muhim sharti -
davlat, jamiyat va shaxs o’rtasidagi o’zaro muvozanat, tenglik, bir maromdagi rivojlanishning
mavjudligidir. Ular o’rtasida yuz berishi mumkin bo’lgan ziddiyatlar qo’rqitish intizomi va
hukmronlik usullari bilan emas, balki qonun oldida mas’ul bo’lgan davlat hokimiyati, huquqiy va
siyosiy vositalar bilan muvofiqlashtiriladi.
Turli mamlakatlardagi saylovlarda o’zaro siyosiy muxolifatdoshlikka asoslangan
demokratiya tabiatiga xos saylovlaming bir qancha umumiy tomonlari mavjuddir. Bular
hokimiyatga da’vogarlik turli siyosiy kuchlar o’rtasidagi o’zaro ishonch, idora etuvchi elitani erkin
demokratik saylovlar vositasida shakllantirishning an’anaviy qoidalarini hurmat qilishdir. Bu kabi
rivojlangan mamlakatlardagi saylovchilar va deputatlikka nomzodlar xulqi avtonom va ratsional-
maqsadlilik xarakteriga egadir. Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar siyosiy elitani
shakllantirishning haqiqiy mexanizmi sifatida namoyon bo’ladi. Bunda saylovlar aholiga rasmiy
siyosat yo’nalishlariga ta’sir etish uchun imkoniyatlar yaratadi, ularni o’zining manfaatlariga
monandlashtira oladi. Natijada davlat hokimiyati organlariga bo’lgan saylovlar rasmiy va norasmiy
subyektlaming o’zaro hamkorlik qilishi legitimligini ta’minlaydi, bu jarayonlarda ijtimoiy
tartibotning saqlanishiga va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishiladi.
108
Fuqarolik jamiyati fuqarolarning o’z irodalarini erkin ifodalashlariga, barcha markaziy
organlami xalq tomonidan saylanishi yo’li bilan davlat hokimiyatida vakillik munosabatlarining
shakllanishiga asoslangan liberal-demokratik yoki konstitutsion legitimlikning rivojlanganligi bilan
ajralib turadi. Legitimlikning bu kabi shakli G’arb jamiyatlarining uzoq davrlar sotsioiqtisodiy va
sotsiomadaniy evolyutsiyasi natijasi o’laroq shakllanib, u hozirgi davrda jahon taraqqiyotining
yetakchi tamoyiliga aylandi.
Dunyoning ko’plab demokratik mamlakatlari o’zlarining Konstitutsiyalari yoki maxsus
saylovlarga doir qonunlarida fuqarolarni yashirin ovoz berish orqali umumiy va teng saylovlar
huquqlarini e’lon qilgan.
Demokratik jamiyatda saylovlardagi kurashlar siyosiy partiya faoliyatining asosiy
kurashlar maydoni hisoblanadi. Har bir partiya o’z elektoratini ko’paytirishga intiladi. Elektorat
saylovlarda u yoki bu partiyaga ovoz beradigan saylovchilardir. Masalan, sotsial-demokratik
partiyalar elektorati asosan ishchilar, ziyolilar, xizmatchilar, mayda mulkdorlardan iboratdir. AQSH
Demokratik partiyasi elektoratini, odatda, ko’proq mamlakatning rangli aholisi tashkil etadi. Bir
saylovdan keyingi saylovgacha u yoki bu partiyaning elektorati soni va sifati jihatlaridan o’zgarib
turishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasi Liberallar partiyasini
ikkipartiyaviy tizimdan siqib chiqarganidan keyin leyboristlar elektorati liberallar hisobiga sezilarli
darajada ko’paydi.
Hozirgi zamon davlatlarida ovoz berish nafaqat fuqarolik huquqi, balki fuqarolik
majburiyati hamdir. Ba’zi mamlakatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun ham jazo choralari
belgilangan. Masalan, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda jarima to’lanadi.
Pokistonda esa hattoki qamoq jazosi ham qoilaniladi. Ayrim mamlakatlarda esa “to’polonlarni
oldini olish” maqsadlarida ovoz berish uchun har bir saylov okrugi bo’yicha mavjud nomzodlar
soni ancha chegaralangan.
Ovoz berish yakunlari bo’yicha saylovlar natijalarini aniqlash, asosan, ikkita katta saylov
tizimi asosida kechadi: majoritar va proporsional tizimlar. Majoritar tizimda nomzod yoki
nomzodlar ro’yxati qonunda belgilanganidek, eng ko’p ovoz olgandagina u yoki bu saylanadigan
vakillik organiga saylangan, deb hisoblanishi bilan tavsiflanadi. Ko’pchilik ovoz olish ham har xil
bo’ladi. Mutlaq ko’pchilikni (50%+1 ovoz) talab etuvchi saylov tizimlari ham uchraydi.
Bunday tizim, jumladan, Avstraliyada amal qiladi. Majoritar tizimdagi saylovlarda
muayyan ko’pchilikning o’z raqiblariga nisbatan ko’proq ovoz olishi ular nomzodining g’alaba
qilganligini bildiradi. Bu kabi holat “marraga birinchi kelganlar tizimi”, deb ham ataladi. Hozirgi
vaqtda bunday tizim AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya kabi niamlakatlarda
qo’llanilmoqda. Ba’zan birdaniga majoritar tizimning ikki xil ko’rinishi ham qo’llaniladi. Masalan,
Fransiyada pariamentga deputatlar saylashning birinchi bosqichida mutlaq ko’pchi!ikning ovoz
olish tizimiga amal qilinsa, ikkinchi bosqichda esa nisbatan ko’pchilikning ovoz olish tizimi
qo’llaniladi.
Saylovning proporsional tizimida berilgan ovozlaming miqdoridan kelib chiqib, barcha
mandatlarning ana shu berilgan ovozlar o’rtasida aniq proporsional taqsimlanishi ro’y beradi. Bu
tizim hozirgi zamonda ancha keng tarqalgan. Masalan, G’arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin
Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko’pincha proporsional tizimda o’tkaziladi. Shuningdek, bu
tizim Belgiya, Shvetsiya va boshqa ko’p mamlakatlar uchun ham xosdir.
Proporsional tizim ikki xil ko’rinishga ega: birinchisi, umumdavlat darajasidagi
proporsional saylov tizimi (saylovchilar butun mamlakat doirasida siyosiy partiyalar uchun ovoz
beradilar, unda saylov okruglari belgilanmaydi) ; ikkinchisi, ko’p mandatli okruglarga asoslangan
proporsional saylov tizimi (deputatlik mandatlari partiyalaming saylov okruglariga nisbatan ta’siri
asosida taqsimlanadi).
109
Majoritar va proporsional tizimlar o’zining ham yutuq, ham kamchiliklariga egadir.
Majoritar tizimning ijobiy xususiyatlari shundaki, unda samarali faoliyat yurituvchi va barqaror
hukumatni shakllantirish imkoniyati borligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, u katta va yaxshi
uyushtirilgan siyosiy partiyalar uchun saylovlami muvaffaqiyatli o’tkazish imkoniyatlarini beradi.
Majoritar tizimning asosiy kamchiliklari quyidagilardir: mamlakat saylovchilarining
ko’pchilik qismi (ba’zan 50% ga yaqin) hokimiyat organlarida o’z vakillariga ega bo’lmay qoladi;
saylovlarda o’z raqibiga nisbatan kam ovoz olgan partiya parlamentda ko’pchilik deputatlik
o’rinlarga ega bo’lib qolishi mumkin; saylovlarda bir xil yoki bir-biriga yaqin miqdorda ovoz olgan
ikkita partiya hokimiyat organida bir xil bo’lmagan miqdordagi nomzodlarni saylanishiga
erishadilar (ba’zan, o’z raqibiga nisbatan ko’p ovoz olgan partiya bitta ham mandatga ega
bo’lmasligini kuzatish mumkin). Shunday qilib, majoritar tizim biron-bir partiya yoki blok uchun
vakillik organlarini saylashda ko’pchilik ovozlarni va mandatlarni olishga yordam beradi.
Proporsional tizimning ustun tomonlari to’g’risida quyidagilarni keltirish mumkin: uning
yordamida jamiyat siyosiy hayotidagi siyosiy kuchlami joylashishining haqiqiy va aniq
manzaralarini ko’rish mumkin. U fikrlar xilma-xilligi va ko’ppartiyaviylikning rivojlanishini,
shuningdek, davlat bilan fuqarolar o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlab beradi.
Proporsional tizimning asosiy kamchiliklari esa quyidagilardir: hukumatni shakllantirishda
murakkabliklar yuzaga keladi (sababi: biron- bir ustunlik qiladigan partiyaning yo’qligi, har xil
maqsad va muddaolardagi partiyalaming ko’ppartiyaviylik asosidagi koalistiyani tuzishga majbur
bo’lishi, bu esa hukumat beqarorligini keltirib chiqarishi) ; ovozlaming aniq nomzodlarga emas,
balki partiyalarga berilishi, partiyalar bilan deputatlar o’rtasidagi aloqaning sustligi; deputatlaming
o’z partiyalariga ancha bog’liq bo’lib qolishlari (bu kabi erkinlikning chegaralanishi parlamentda
qonunlar va muhim hujjatlar qabul qilish jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin).
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib saylov tizimi o’z taraqqiyoti va rivojlanish yo’lida katta
jarayonlarni bosib o’tib, boy tajribalar to’pladi. Majoritar va proporsional tizimlaming yaxshi
tomonlari bir-biri bilan uyg’unlasha boshladi. Aralash tizim doirasida ma’lum bir qism deputatlik
mandatlari majoritar tamoyillar asosida taqsimlanishi, qolgan qism mandatlar esa proporsional tizim
asosida taqsimlanishi rusumga kirdi. Saylov tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishda bu
aralash saylov tizimi siyosiy barqarorlikka erishish yo’lidagi eng samarali yo’l ekanligini
rivojlangan mamlakatlar tajribalari isbotlab bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |