Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 
 
28-Ma’ruza 
 MAVZU:  
QURITISH JARAYONI.  
1.  Quritish jarayonining nazariy asoslari 
2.  Nam havoning asosiy xossalari 
 
3. Nam havoning holat diagrammasi 
      4. Quritishning tezligi 
 
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi.
 Bu 
jarayonda namlik bug`lanish yuli bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug`) fazasiga o׳tadi. Nam 
materiallarni quritish jarayonining sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni 
transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va 
quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi. 
Materiallarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin. 
Mexanik usul
 bilan suvsizlantirish tarkibida ko׳p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun 
ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch 
ta’sirida ajratib olinadi. Odatda mexanik yul bilan namlikni ajratish-materiallari suvsizlantirishda 
birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so׳ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan 
namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yuli bilan ajratib chiqariladi. 
Fizik-kimyoviy usul
 bilan materiallarni suvsizlantirish, asosan laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu 
usul suvni o׳ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishiga 
asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yuli bilan uni 
suvsizlantirish mumkin. 
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish
 (quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. Quritish ko׳pchilik 
ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab 
chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo׳lib, namlik avval arzon jarayon 
hisoblangan mexanik usul bilan, so׳ngra qolgan namlik esa quritish yo׳li bilan ajratiladi. Bunda 
jarayonning samaradorligi ortadi. 
Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo׳l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish 
tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Sanoatda materiallarni suvsizlantirish uchun 
sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarda olib boriladi. 
Quritilishi lozim bo׳lgan materiallar uch turga bo׳linadi: 
qattiq (donali, bo׳lak-bo׳lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar). 
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o׳zaro kontakt qilish usuliga ko׳ra quritish 
quyidagi turlarga bo׳linadi: 
1) konvektiv quritish nam material bilan qurituvchi agent to׳g`ridan-to׳g`ri o׳zaro aralashadi; 
2) kontaktli quritish issiqlik tashuvchi agent va nam material o׳rtasida ularni ajratib turuvchi devor 
bo׳ladi; 
3) radiasiyali quritish issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi
4) dielektrik quritish material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi; 
     5) sublimatsiyali quritish material muzlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiradi. 
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb 
yuritiladi. Sanoatda asosan quritishning konvektiv usuli keng qo׳llaniladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish