Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc


Adsorberlarning tuzilishi



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

Adsorberlarning tuzilishi.
 Adsorberlar ish rejimiga ko׳ra davriy va uzluksiz ishlovchi bo׳ladi. 
Adsorbent qatlamining tuzilishiga ko׳ra davriy adsorberlar qo׳zgalmas va mavhum qaynash qatlamli 
bo׳ladi. Uzluksiz ishlaydigan adsorberlar 


 
130
 
 
29.1 –rasm. Davriy ishlaydigan vertikal adsorber sxemasi
esa harakatlanuvchan va mavhum qaynash qatlamli bo׳lishi mumkin. 
29.1-rasmda davriy ishlaydigan vertikal adsorbentning sxemasi ko׳rsatilgan. Qobiq ning ichidagi 
taqsimlovich panjara 2 ning ustida qo׳zg`almas adsorbent qatlami mavjud. Gaz aralashmasi patrubka 6 
orqali adsorberga kirib, panjara 2 orqali adsorbent qatlamiga tarqaladi. Tegishli komponent gaz 
fazasidan qattiq fazaga yutiladi. Tozalangan gaz patrubka 5 orqali adsorberdan tashqariga chiqadi. 
Adsorbent lyuk 7 yordamida qurilmaga solinadi, lyuk 8 yordamida esa qurilmadan tushiriladi. 
Desorbsiya qilish uchun taqsimlovchi qurilma (barbotyor) yordamida o׳tkir suv bug`i beriladi. 
Desorbsiya paytida adsorbentda yutilgan komponent suv bug`i tarkibiga o׳tadi va bug`-gaz aralashmasi 
sifatida patrubka 10 orqali qurilmadan chiqariladi. O׳tkir bug`ning qisman kondensatsiyalanishi 
oqibatida hosil bo׳lgan kondensat patrubka 9 orqali qurilmadan chiqib ketadi. Davriy ishlaydigan 
adsorberlarda adsorbentning yutish sig`imidan to׳la foydalanilmaydi. Desorbsiya jarayoni ham ushbu 
adsorberlarning o׳zida olib boriladi. Natijada qurilmadan foydalanish darajasi kam bo׳ladi. Bu 
kamchiliklardan uzluksiz ishlaydigan qurilmalar xolidir. 
Odatda davriy adsorbsiya jarayoni to׳rtta bosqich bilan olib boriladi: 1) adsorbsiya; 2) desorbsiya; 3) 
adsorbentni quritish; 4) adsorbentni sovitish. 
29.2-rasmda uzluksiz ishlaydigan harakatlanuvchan qatlamli adsorbentning sxemasi berilgan. Qattiq 
jism-gaz sistemalari uchun bunday qurilmalar balandligi bo׳yicha bir necha seksiyalarga ajratilgan 
kolonna shaklida tayyorlanadi. Har bir seksiya ma’lum bir jarayonni amalga oshirish uchun 
moslashtiriladi. I seksiya adsorbentni sovitish uchun mo׳ljallangan bo׳lib, qobiq-quvurli issiqlik 
almashgich ko׳rinishga ega. Regenerasiyadan qaytgan adsorbent aralashmasi zarrachalari quvurlarning 
ichidan harakat qiladi. Sovituvchi suyuqlik quvurlararo bo׳shliqdan o׳tadi.  
II seksiya adsorberdan iborat bo׳lib, bu yerda, asosiy jarayon, ya’ni gaz fazasidan qattiq fazaga bir yoki 
bir necha komponentning yutilishi yuz beradi. Adsorbent zarrachalari taqsimlovchi tarelka 3 yordamida 
kolonnaning ko׳ndalang kesimi bo׳ylab sochib beriladi. Gaz aralashmasi taqsimlagich 2 orqali III 
seksiyaga beriladi, tozalangan gaz esa tarelka 3 ning ostida joylashgan patrubka orqali tashqariga 
chiqariladi. 
Ushbu seksiyada qattiq va gaz fazalari qarama-qarshi oqimda harakat qiladi. 
III seksiyada adsorbent regenerasiya qilinadi. Bu seksiya ham II seksiyaga o׳xshash qobiq-quvurli 
issiqlik almashgich ko׳rinishiga ega. Quvurlarning ichki qismidan adsorbent zarrachalari harakat qiladi, 
quvurlararo bo׳shliqdan esa isituvchi agent o׳tadi. Adsorbentni regenerasiya qilish maqsadida 
taqsimlagich II orqali o׳tkir bug` yuboriladi. II va III seksiyalarning oralig`ida ham taqsimlovchi tarelka 
o׳rnatilgan.   
Regenerasiya paytida hosil bo׳lgan bug`-gaz aralashmasi seksiyaning yuqorigi qismidan joylashgan 
patrubka orqali tashqariga chiqariladi. 
 
 
 


 
131
 
 
29.2-rasm. Uzluksiz ishlaydigan harakatchan qatlamli adsorberning sxemasi: I — adsorbentni sovitish 
seksiyasi; II — adsorbsiya seksiyasi; III — regenerasiya seksiyasi; 1 va 2 — taqsimlovchi moslamalar; 
3 — taqsimlovchi tarelka; 4 — zatvor (tushirish mexanizmi). 
Gaz va qattiq fazalar zichliklari o׳rtasida katta farq borligi sababli keyingi yillarda adsorbsiya 
jarayonlarini adsorbentning mavhum qaynash holatida olib borish keng tarqalmoqda. Bunday 
jarayonlarda adsorbentni uzatish uchun pnevmotransport, gaz oqimlaridan qattiq zarrachalarni ajratish 
uchun esa siklonlar qo׳llanilmoqda.  
29.3-rasmda uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli qurilmaning sxemasi berilgan. Bu 
qurilmaning tarkibi qatoriga adsorber I va desorber 6 kiradi. Dastlabki gaz aralashmasi regenerasiya 
qilingan adsorbent  bilan birgalikda shtutser 10 orqali adsorberga kiradi. Adsorbetning yuqorigi 
qismidan yutilmagan gaz chiqadi, uning tarkibidagi adsorbentning zarrachalari separasion bo׳shliq 2 va 
siklon 3 da ajratiladi. O׳zida gaz fazasidan bir yoki bir necha komponentlarni yutib olgan adsorbent 
isitgich 9 ga tushadi. Isitgichda adsorbent desorberdan chiqayotgan bug`-gaz aralashmasi bilan isitiladi 
va so׳ngra desorbsiya qiluvchi agent (odatda suv bug`i) yordamida quvur 8 orqali desorberga uzatiladi. 
Desorber isituvchi qobiq, separasion bo׳shliq 5 va siklon 4 bilan ta’minlangan. Regenerasiya qilingan 
adsorbent issiqli almashgich 7 da soviydi va adsorberga qaytariladi. 
Mavhum qaynash qatlamli qurilmalar bir qator afzalliklarga ega: adsorbsiya va desorbsiya jarayonlari 
uzluksiz ravishda boradi, fazalar o׳rtasidagi kontakt yuza katta; adsorbent zarrachalari qurilmaning 
ichida jadal aralashadi;  ish unumdorligi yuqori va hokazo. 


 
132
 
                     
 
29.3-rasm. Uzluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli adsorbsiya qurilmasining 
sxemasi: 1 — adsorber; 2, 5 — separasiya bo׳shliqlari; 3, 4 — siklonlar; 6 — 
desorber; 7 — issiqlik almashgich; 8 — quvur; 9 — isitgich; 10 — shtutser. 
Mavhum qaynash qatlamli qurilmalarning ishini samarali olib borish uchun bir qator murakkab 
texnikaviy vazifalari hal qilishga to׳g`ri keladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: adsorbentning 
uzluksiz harakatini uyushtirish; adsorbent zarrachalarining yoyilib ketishini minimumga keltirish; 
adsorbentning chang holatidagi mayda zarrachalarini qurilmadan chiqib ketishiga yo׳l qo׳ymaslik. 
Shunday kamchiliklarni yo׳qotish uchun, birinchidan yuqori darajadagi mustahkam adsorbentlardan 
foydalanish, ikkinchidan esa adsorber va desorberni konstruktiv jihatdan mukammal qilib tayyorlash 
maqsadga muvofiq bo׳ladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish