Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc


Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 
 Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari 
  
         Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: 
1) tanlovchanlik aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa 
ta’sir qilmaslik; 
2) maksimal yutish hajmi yoki faollik adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning 
miqdori; 
3) adsorbentni regenerasiya qilish paytida yutilgan moddaning to׳la ajralib chiqishi; 
4) adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo׳lishligi (donalarning buzilib ketishi 
jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi); 
5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo׳lishlik; 
6) narxi arzon bo׳lishi. 
Adsorbentning tanlovchanligi va uning yutish hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va 
molekulalarning tuzilishiga bog`liq bo׳ladi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm 
birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g`ovaklarining o׳lchamlari muhit ahamiyatga ega. Bu 
ikkala kattalik bir-birlari bilan uzviy bog`langan. G`ovaklarning o׳lchamlari qanchalik kichik bo׳lsa, 
adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta bo׳ladi. Bu holat adsorbent faolligini kuchaytiradi. 
Adsorbentning faolligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari (harorat, bosim, adsorbtivning 
muhitdagi konsentratsiyasi) ga ham bog`liq bo׳ladi. Haroratning kamayishi, bosimning ko׳payishi (gaz 
va bug`lar uchun) va aralashmadagi kerakli komponent konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning 
faolligi kuchayadi. Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillyar kanallarning kattaligiga qarab shartli 
ravishda makro 
)
10
(
7
m
r

>
, oraliq
)
10
10
(
7
9
m
r


<
<
va mikrog`ovakli
)
10
(
9
m
r

<
bo׳ladi. Adsorbsiya 
jarayonida tegishli komponent asosan mikro g`ovaklarning yuzasida yutiladi. Oraliq va makrog`ovaklar 
asosan yutilishi lozim bo׳lgan komponentni mikrog`ovaklar yuzasiga uzatish uchun xizmat qiladi. 
Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan ko׳mir, qattiq g`ovaksimon moddalar, silikagel, sellyuloza, 
seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sun’iy smolalar (ionitlar) ishlatiladi. 
Aktivlangan ko׳mir
 odatda turli aralashmalar tarkibidan organik moddalarni yutish hamda suyuqlik va 
gazlar (bug`lar) ni ajratish uchun keng qo׳llaniladi. Aktivlangan ko׳mirlar har xil organik xom ashyolar 
(yog`och, tosh ko׳mir, qipiq, teri, qog`oz va go׳sht ishlab chiqarish qoldiqlari) ni quruq haydash va 
so׳ngra bug` yoki kimyoviy reagentlar ta’sirida qayta ishlash natijasida olinadi. Aktivlangan 


 
129
 
ko׳mirlarning asosiy ko׳rsatkichlari ularning turlariga qarab quyidagicha chegaralarda o׳zgaradi: 
solishtirma yuza shaklli zarrachalar (o׳lchami 1-7 mm), silindrsimon zarrachalar (diametri 2-3 mm, 
balandligi 4-6 mm) va kukun (zarrachaning o׳lchami 0,15 mm dan kichik) holatida ishlatiladi. 
Aktivlangan ko׳mirning kamchiliklariga: yonuvchanligi, mexanik mustahkamligi yetarli emasligi kiradi. 
Silikagellar
 (kremniy kislotasining suvsizlantirgan geli) polyar birikmalari adsorbsiya qilish uchun 
ishlatiladi. Bunday adsorbentlardan gaz va suyuqliklarni suvsizlantirish, organik moddalarni gaz 
fazasida ajratish uchun hamda xromatografiyada foydalaniladi. Silikagellarning solishtirma yuzasi 
o׳yilgan zichligi esa 400-800 kg/m
3
. Noaniq shaklli zarrachalarining o׳lchami keng intervalda o׳zgaradi 
(0,2-7mm), granula holatidagi zarrachalarning o׳lchami esa 2-7 mm atrofida bo׳ladi. Silikagellarning 
afzallik tomonlari: yonmaydi; mexanik mustahkamligi yuqori. Kamchiliklari: solishtirma yuzasi 
kamroq; namlik bo׳lgan paytda adsorbentning organik moddalarga nisbatan yutish qobiliyati pasayib 
ketadi. 
Adsorbentlar sifatida seolitlar ham ko׳p ishlatiladi. Bunday adsorbentlar ishqor va ishqoriy-yer 
metallarning oksidlarini ushlagan alyumosilikatlardan iborat. Seolitlar yuqori tanlovchanlikka ega. 
Seolitlar suyuqliklarni tozalash uchun mayda dona kukun holatida, gazlarni tozalash uchun esa 
o׳lchamlari 1-5 mm bo׳lgan sharsimon yoki granulalar holida ishlatiladi. Ba’zi seolitlarning g`ovaklari 
juda ingichka bo׳lib, ularning kattaligi yutilayotgan modda molekulalarining kattaligiga teng bo׳ladi. Bu 
xildagi seolitlar molekulyar elak sifatida, ya’ni o׳lchamlari g`ovaklarining kattaligidan kichik bo׳lgan 
molekulalarni yutish uchun ishlatiladi. Seolitlarning suvni yutish qobiliyati katta bo׳lgani sababli 
ulardan gazlarni quritishda hamda suyuqlik va gazlarni tozalash uchun foydalaniladi. Seolitning 
tarkibiga yutilgan suv juda harakatchandir, bu suv qizdirish orqali yuqotiladi va bu adsorbent 
soviganidan so׳ng qaytadan suvni yutish qobiliyatini tiklaydi. Seolitlarning uyilish zichligi 600-800 
kg/m
3
 bo׳ladi. Seolitlarning yutish qobiliyati g`ovaklarning solishtirma yuzasi bilan emas, balki 
g`ovaklarni adsorbat bilan hajmiy to׳ldirish qiymati bilan belgilanadi (0,2~0,25 smVg). Sanoatda 
eritmalami har xil pigmentlardan tozalash uchun adsorbent sifatida tuproq jinslari ham ishlatiladi. 
Tuproq jinslari tabiatda ko׳p tarqalgan bo׳lib, narxi arzon, uyilish zichligi 400-450 kg/m
3
. Tuproq 
jinslarining solishtirma yuzasi boshqa sanoatda ishlatiladigan adsorbentlarga nisbatan ancha kichik (35-
150 mVg). Adsorbsiya jarayonining moddiy balansi uning davriy yoki uzluksiz rejimda olib borilishiga 
qarab tuziladi. Odatda jarayon uzluksiz ravishda olib borilganda qarama-qarshi oqimlardan 
foydalaniladi. Bunday jarayon uchun moddiy balans tenglamasi quyidagicha ifoda qilinadi: 
L(a
0
-a
б
)=G(C
б
-C
0
)                            (29.1) 
bu yerda, L  adsorbentning sarfi; G — tashuvchi gazning sarfi; a
б
 va a
0
 — yutilayotgan moddaning 
adsorbentdagi boshlang`ich va oxirgi tarkibi; C
0
 — yutilayotgan moddaning adsorbsiya paytida chiqib 
ketayotgan gazlardagi urtacha tarkibi;C
б
 —
 adsorbtivning tashuvchi gazdagi tarkibi. 
Adsorbsiya jarayoni issiqlik ajralishi bilan boradi. Ajralib chiqqan issiqlik sistemadagi haroratning 
ko׳tarilishiga olib keladi, bu holat adsorbentning faolligini susaytiradi. Shu sababdan sanoat miqyosida 
adsorbsiya jarayoni amalga oshirilganda ajralib chiqqan issiqlikni sarflaydigan qurilmadan foy-
dalaniladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish