Qadimgi Rim asosan bosqinchilik urushlarni olib borgan va bostirib olingan xalqlar hisobidan hayot kechirgan. Bu uchun kuchli, chidamli va harbiy yaxshi tayyorgarlikka ega, boshqa xalqlarga shavqatsiz armiya kerak bo’lgan. Armiyaga 16-17 yoshdagi o’spirinlar qabul qilingan. Uzoq vaqt davomida yaxshi tashkil qilingan maxsus jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o’tashgan. Tayyorgarlik juda qattiqqo’llik bilan o’tkazilgan. Mashqlar sifatida yugurish, uzunlikka va balandalikka tayoq bilan sakrash, arqonga, daraxtga, zina poyaga, qoyalarga tirmashib chiqish, yugurish va to’siqlardan o’tish bilan koptok o’yinlari, yog’och otda mashqlar va b.
Imperiyaning (m.a. 27-476 yy.) professional armiyaga o’tish davrida quldorlarning harbiy-jismoniy tarbiyasi inqirozga uchragan. Ular faqat gimnastik mashqlar, sayr, massaj va xushbo’y suvda cho’milish bilan chegarlanganlar.
Qadimiy SHarq, ayniqsa Xitoy va Hindiston xalqlarining gimnastikasi nazariy va amaliy jihatdan katta qiziqish uyg’otadi.
Qadimgi Xitoyda- umumiy–ushu degan nom ostida milliy gimnastikaning ikkita shakli paydo bo’lgan. Ularnig har bittasi o’z nomiga ega bo’lgan.
Birinchi shakli ushu-solin, yoki “tashqi” yorqin namoyon bo’lgan harbiy o’ynalishga ega. Uning vositalari va metodlaridan mushaklar kuchini, epchillikni va chidamlilikni rivojlantirish uchun foydalanilgan.
Ikkinchi shakli- ushu-tay-dzi - bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Uni “myan-sian” usuli yoki “ichki” deb nomlaganlar. Ushbu shakl yorqin namoyon etilgan gigienik xarakterga ega, kasalliklarni davolash va qadi-qomat buzilishlarni bartaraf etish uchun qo’llanilgan. Tay-dzi mashqlari odatda ertalab bajarilgan, mashg’ulotlarni o’tkazish kuniga ikki mahal tavsiya etilgan.
Qadimiy Hindistonda gimnastik mashqlarning negizida diniy-falsafiy ta’limot yoga paydo bo’lgan. Yoga so’zi qadimiy hind tilidan (sanskrit) tarjima qilinsa- “ittifoq, aloqa, birlashish, barkamollik” ma’nosiga ega. Yoga ta’limotiga binoan inson predmetlar mohiyatini va o’zini bila olishi mumkin, agar u uzun tayyorlov yo’lini o’tsa maxsus gimnastik mashqlar yordamida o’zida bir qator ijobiy xususiyatlari shakllantiradi va unga muvofiq tarzda o’z organizmini faol harakatlanish faoliyatiga tayyorlaydi.
1494-1553 yillarda Frantsiyalik insonparvar-yozuvchi Fransua Rable, 1530- 1606 yillarda Venesiyalik tabib Ieronim Merkurialis, 1538-1616 yillarda akrobatik mashqlar juda mashhur bo’lgan, Merkurialisning zamondoshi uning shogirdi va izdoshi Arkandjelo Tukkaro, 1592-1670 yillarda Yan Amos Kamenskiy, 1632- 1704 yillarda Ya.A.Kamenskiy ortidan Djon Lokk va 17 asrning ikkinchi yarimida olim-monax Epifaniy Slavinskiy gimnastika nazariyasi va metodikasining rivojlanishi uchun juda kata hissa qo’shganlar. Shuningdek yangi davr ya’ni XVIII asrdan- XIX asrlarda, Jan Jak Russo (1712-1778), Shveysariyalik pedagog Iogann Genrix Pestalossi ( 1746-1827), yangi davrda gimnastika ilm-fan rivojlanishi (shu qatorda inson haqida fanlarning), madaniyat, urushlarni olib borish uchun muhim bo’lgan armiya jangovorligini ko’tarish, progressiv kapitalistik ishlab chiqarish usulining ta’siri ostida rivojlanishi uchun kuchli turtki bo’lgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |