Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O’zbekistonda gimnastikaning davolash, sog’lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo’nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakati o’yinlarni katta bayram va to’ylarda tashkillashtirishgan. Navro’z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo’yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon o’yinlari, dorbozlarni chiqishlari kabi ko’ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o’tkazilib turilgan.
Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi: Abu Ali Husayn ibn Abdullah ibn al-Hasan ibn Ali Ibn Sino) O’rta Osiyolik olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. G’arbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur. Olimlarning raisi (Ibn Sinoni shunday deyishgan) ta’kidlashicha, salomatlikni muhofaza qilish tartibida eng asosiysi badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanish, undan so’ng ovqatlanish va uyqu tartiblariga rioya qilishdir. Agar odam o’z vaqtida me’yorida badantarbiya mashqlari bilan doimo shug’ullanib, kun tartibiga rioya qilsa, u hech qanday davolash chorasi va dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Buyuk olimni yozishicha, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanmay qo’ygan odamni sog’lig’i so’nib, harakatlanishni to’xtatish
natijasida kuchi susayib boradi.
Chor rossiya hukumati yurtimizni istelo qilgach 1879-yilda Toshkentda ochilgan o’lkada yagona pedagogika bilim yurti Turkiston o’lkasidagi rus va rus- tuzem maktablari uchun o’qituvchilar tayyorlagan. Ular jismoniy tarbiya to’g’risida eng oddiy tasavvurga ega bo’lishgan. O’quv rejasida ko’rsatilgandek,
talabalarning gimnastik mashqlari saflanish, erkin harakatlar, gimnastika o’yinlari va gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlardan iborat bo’lgan.
1880-yilda maxsus ta’lim hay’ati Turkiston o’lkasidagi cherkov qoshidagi to’rt yillik bilim yurti uchun dastur ishlab chiqdi.Ushbu dasturga muvofiq rus tili, arifmetika, geografiya, toza yozish va chevarlikni o’rganish darslari bilan bir qatorda, gimnastika mashg’ulotlaridan dars o’tish nazarda tutilgan edi. Biroq bu dastur uch yillik o’quv jarayoniga mocljallangan dasturga almashtirildi. Yangi dasturda gimnastikaga o’rin topilmadi. O’sha paytda gimnastika boshlang’ich bilim yurtlarda o’tilar, ammo mutaxassislarning yetishmashgi, dars o’tish xonalari va sport jihozlari yo’qligi sababli darslar mukammal darajada o’tilmasdi. Gimnastika mashg’ulotlari faqat Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida muntazam ravishda o’tkazilardi. Gimnaziyalarda jismoniy tarbiya darslarini zaxiradagi harbiy zobitlar o’tishgan.
1904-yilda Toshkentda «Gimnastika va jismoniy tarbiya havaskorlari jamiyati» tuzilib, uning nizomida gimnaziya talabalari jamiyatga a’zo bo’lish huquqidan mahrum ekanligi qayd etilgan. Gimnastika tushunchasiga yugurish, sakrash va irg’ilish mashqlari kirgan.
Toshkentda shved va fransuz gimnastikasi o’qituvchilarini tayyorlash bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslari tashkil etilib, ularda o’qish haqi juda baland bolgan. Shu sababli kurs tinglovchilarini soni 10-15 nafardan iborat bo’lgan.
Toshkentga 1912-yildan boshlab Peterburg, Varshava, Moskva shaharlaridan gimnastika sporti bo’yicha murabbiylar kela boshladilar. Harbiy okrug bosmaxonasining ishchilari gimnastika sho’basini tashkil etishdi.
1912-yilda Stokgolm shahrida o’tadigan Olimpiada o’yinlarida ishtirok etish uchun Rossiya terma jamoasini saralash musobaqasi Turkiston (Toshkent)da bo’lib o’tgan. Ushbu sana O’zbekistonda sport gimnastikasini bunyod etilgan kuni deb hisoblanadi. Keyin Qo’qon, Farg’ona va Samarqand shaharlarida gimnastika jamiyatlari tuzilgan.
1912-yilda Toshkentlik gimnastlar Moskvada o’z mahoratlarini namoyish etishgan. 1915-yilda Toshkentda ayollar gimnastikasi bo’yicha o’quv kurslari
ochildi. Shu kurslarni tugatgan Polina Garfung O’zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Oktabr inqilobidan so’ng gimnastika ommaviy tarzda rivojlangan. Aholini jismoniy va sport orqali sog’lomlashtirish davlat ishiga aylangan. Shu tarzda gimnastika Buxoro, Kattaqo’rg’on, Namangan, Urganch shaharlariga tarqala boshlagan.
1918-yilda «Bolalar sport klubi» ochilib, unda gimnastika mashqlari va o’yinlar o’tkazilardi. 1919-yil Toshkentda Turkiston Olimpiya o’yinlari o’tkazildi. 1920-yil 10-oktabrda O’rta Osiyo o’yinlari O’zbekiston gimnastlari yutug’i bilan yakunlandi. 1921 -yilda Turkfront «Yangi savodxonlik boshqarmasi» qoshida jismoniy tarbiya markaziy sho’rolari tashkil topdi. Uning maqsadi turli jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini birlashtirish va Turkiston mehnatkashlarini jismonan tarbiyalashni rejaga muvofiq boshqarish edi. 1921-yilda 2-Olrta Osiyo Olimpiada o’yinlari ochildi, gimnastika ushbu o’yindan o’rin olgan edi.
1920 yilda Farg’ona viloyat harbiy qo’mitasi qoshidagi «Vseobuch» bo’limi
«Besh yillik maktablarning 1 va 2-sinflarida jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo’yicha qisqa dastur»ni ishlab chiqdi. Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o’yinlari bilan shug’ullanish ko’zda tutilgan. Mazkur dastur mundarajasida quyidagilar bayon etilgan. «Gimnastikaning maqsadi to’g’ri jismoniy rivojlanishga erishish, inson organizmi faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga keltirish, tartib-intizommi rivojlantirish va asab tizimini mustahkamlash».
Mashg’ulotlarni toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o’tkazilishi kerak. Jismoniy tarbiya Kengashi qoshidagi ilmiy sho’ba tomonidan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarni tekshirish bo’yicha antropometrik tashkil etildi.
1929-yili Toshkentda birinchi marta jismoniy tarbiya to’garaklari tashkil topib, unda gimnastika sporti bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Bu davrda gimnastikada to’rt kurash mavjud bo’lgan: yakkacho’p, halqalar, eshakda bajariladigan mashqlar va erkin mashqlarda sportchilar bellashgan.
O’tgan asrning 30-yillardan boshlab, bolalar va o’smirlar orasida sport gimnastikasini rivojlantirish bo’yicha juda katta ishlar olib borildi.
Toshkentdagi olimlar uyi qoshida ochilgan bolalar sho’basiga N.V.Kravchenko murabbiylik qilgan.
1934-yilda Toshkentda bo’lib o’tgan 1-O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari spartakiadasida jamoa birinchiligida birinchi o’rinni O’zbekistonlik gimnastlar qo’lga kiritishdi. 1935-37-yillarda «Spartak», «Lokomotiv», «Dinamo» ko’ngilli sport jamiyatlarini tashkil topishi respublikada gimnastika sportini yanada rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ushbu sport jamiyatlarida gimnastika BO’SMlar tashkil etilib, unda 100 dan ortiq yosh sportchilar tahsil olishgan. Ularga o’sha davrning yetakchi murabbiylari N. Salnikov, N. Kotin, A. Petuxovlar saboq berishgan. Ushbu maktablarda saboq olgan sport ustasi A. Abramyan, mamlakatning mutlaq chempioni G. Konovalova, A. Borodin, N. Tarasov va V. Merkulovlar esa o’z davrining ilg’or sportchilari edi.
1935-yili Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochilib, unda Moskva institutinmg bitiruvchisi Yan Xalilovich Murtazin, Rashid Hamidov va Umar Asadovlar gimnastikadan saboq bergan. 1936-yilda texnikum talabalari R. Hamidov va P. Zaviruxa respublika chempionlari unvoniga sazovor bolgan.
Shu texnikumni bitiruvchilari: dotsent Muhammadali Tojiyev, G.D.Jorjaladze O’zDJTIda «Gimnastika» kafedra mudiri, Karim Jo’rayev, Rixsi Olimova, Qoziyeva, A. Yefemenko ToshDU «Jismoniy tarbiya» kafedra mudiri, 1990-2000-yillarda O’zbekiston Respublikasi Gimnastika federatsiyasining raisi dotsent Y.A.Is’hoqov va boshqalar O’zbekiston Respublikasida sport gimnastikasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shishgan.
1936-yilda O’zbekistonda ilk bor sport gimnastikasidan bolalar orasida birinchilik bo’lib o’tdi. V.Lebedev va R.Tomilina respublika chempioni unvoniga sazovor bo’lgan. Bu hoi respublikada gimnastikaning kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etib, gimnastika bo’yicha Olimpiada o’yinlari ishtirokchilari va chempionlarini, sobiq SSSRva O’zbekiston mutlaq chempionlari- G. Shamray, A.Markov, S.Chuksiyeva, V.Xrimpach, E.Sirkin, V.Bondarenko, R.Bolshakova va P.Pankratyev kabi yuksak mahoratli sportchilarni o’sib chiqishiga sabab bo’ldi. Leningrad shahrida 1938-yili o’tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida
respublikamizning yosh gimnastlari 5-o’rinni, 1939-yili esa 4-o’rinni egallashgan.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda mahalliy millatga mansub gimnastlar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. 1940-yilda respublika terma jamoasi tarkibida 4 nafar o’zbek yigiti va 3 nafar qizlar bo’lgan. Ularni tarbiyalashda Toshkent shahridagi 90-maktab o’qituvchisi L.Vapoyevning xizmatlari beqiyosdir. 1943-yil 1-yanvardan, hatto o’rta maktabning boshlang’ich sinflarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik bo’yicha darslar joriy qilingan. 1943-yil sentabr oyida maktabdan tashqari muassasalarni tiklash to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan.
1954 yilda Galina Yakovlevna Shamray (Rudenko)- O’zbekistonlik, sobiq Ittifoqda xizmat ko’rsatgan sport ustasi, gimnastika sporti bo’yicha birinchi mutlaq jahon chempioni, gimnastika xodasida mashq bajarishda mamlakat chempioni (1955), 1952-yilgi Olimpiada olyinlarida terma jamoa a’zosi. Jamoa tarkibida Olimpiada chempioni, «Hurmat belgisi» ordeni sovrindori.
Do'stlaringiz bilan baham: |