Microsoft Word ЌТК ва М 1 кичоб. doc


Darsning tayyorgarlik qismi



Download 5,98 Mb.
bet100/140
Sana11.07.2022
Hajmi5,98 Mb.
#775516
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI. 2020.Abdullayev-конвертирован

Darsning tayyorgarlik qismi


Umumiy vazifalar
Shug’ullanuvchilar darsning tayyorgarlik qismida uning asosiy qismi vazifalarini bajarishga tayyorlanadilar.
Gimnastika darsining tayyorgarlik qismi vazifalari o’zining mo’ljallanganligiga qarab ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga ko’proq
biologik ahamiyatga ega bo’lgan badan qizdirish vazifalari kiradi. Ular quyidagilardan iborat:
l. Markaziy asab tizimi (MAT) va vegetativ funksiyalarni tayyorlash. Shug’ullanuvchilarning darsga bo’lgan ruhiy shaylanishlari, organizmning hayotiy faoliyatini oshirish, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni ta’minlaydigan qulay, ijobiy muhitni yaratish nazarda tutiladi.
2.Shug’ullanuvchidan harakatlanish apparatining bo’g’imlardagi harakatchanlik hamda katta mushak kuchlanishlarini talab qiladigan harakatlarga tayyorgarligini ta’minlash.
Boshqa guruhni ko’proq pedagogik yo’nalishdagi ta’lim vazifalari tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. Shug’ullanuvchilarda topshirilgan har xil parametrlar bilan (kuchlanish darajasi, harakat yo’nalishi, amplitudasi, sur’ati va maromi) harakatlarini bajarish ko’nikmalarini shakllantirish.

  2. Harakatlarning ayrim tarkibiy qismlari yoki tugallangan oddiy harakatlarni egallash.

Hosil qilinadigan ko’nikma va malakalar darsning tayyorgarlik qismining ta’lim vazifalarini hal etish natijasida shug’ullanuvchilarga yangi harakatlarni tez hamda yanada sifatli egallashga yordam beradigan asos bo’lib hisoblanadi. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida ta’lim vazifalarini hal etish uchun qo’llaniladigan vositalar bir vaqtning o’zida badan qizdirish vazifalarini ham hal qiladi.
Badan qizdirish natijasida hosil qilingan tayyor turish holati nisbatan uzoq bo’lmagan vaqt ichida saqlanadi. Shuning uchun badan qizdirish vazifalari har bir darsda va to’liq hajmda hal etilishi zarur.
Ta’lim vazifalari bundan o’zgacharoq. Darsning o’quv rejadagi o’rni, shug’ullanuvchilar tarkibi va boshqa dars o’tish sharoitlariga qarab, ta’lim vazifalari bitta darsda ko’proq, ikkinchi darsda kamroq hal etilishi mumkin.
Vositalar. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida, odatda, past shiddatli mashqlar qo’llaniladi: saflanish mashqlari, harakatlanishlarning (turli xil yurishlar,
yugurishlar, sakrashlar, raqs harakatlari) har xil turlari, buyumlar bilan, buyumlarsiz va og’irliklar bilan mashqlar, gimnastika devorchasi hamda o’rindig’ida mashqlar. Xaddan ortiq shiddatga ega bo’lgan mashqlar darsning asosiy qismida shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Shu sababli darsning tayyorgarlik qismida shug’ullanuvchilarda kuch, chidamlilik va hatto egiluvchanlik kabi harakat sifatlarini maxsus rivojlantirmaslik lozim.
Tayyorgarlik qismi uchun muayyan mashqlarni tanlash gimnastikaning o’ziga xos xususiyati, dars o’tish sharoitlari va birinchi navbatda, uning vazifalari, shug’ullanuvchilar tarkibi hamda vaziyatga bog’liq.
Gimnastika darsining tayyorgarlik qismiga kiritiladigan mashqlar har xildir. Faqat bitta dars davomida shug’ullanuvchi, odatda, xususiyatiga ko’ra turlicha bo’lgan ko’p miqdorda harakatlarni bajaradi. Bu harakatlanishlarda insonning butun harakat apparati ishga tushadi, inson turli xil rejimda (zo’riqish va bo’shashish maromi) ish bajaradi.
Mashqlar mazmuni dars vazifalariga mos kelishi zarur. Agar darsning tayyorgarlik qismining asosiy yo’naltirilganligi faqat badan qizdirishga mo’ljallangan bo’lsa, unda mashqlar soni kam, ularning shakli esa oddiyroq bo’ladi. Agar unda ta’lim vazifalari hal etilayotgan bo’lsa, mashqlar soni ko’paytiriladi va mazmuni o’zgartiriladi.

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish