Birinchidan
, o’rindosh ishlarning hajmi ish kuni davomida har bir
ijrochining ish bilan ta’min etilish darajasi (odatda, ish kunini to’la fotografiya
qilish yo’li bilan) sinchiklab o’rganiladi. Bu bilan xodimning asosiy ishdan
tashqari qancha bo’sh vaqti qolishi, unga yuklatiladigan qo’shimcha vazifalarning
og’ir-engilligi va demak, xodimlarning bu vazifalarni o’z vaqtida to’la bajara olishi
mumkinligi aniqlanadi;
Ikkinchidan,
kasblar o’rindoshligi sharoitida mo’’tadil ishlash uchun eng
qulay ishlab chiqarish sharoiti yaratishga qaratilgan zarur tashkiliy-texnik tadbirlar
106
ishlab chiqilib, amalga oshiriladi (masalan, ish joyini barcha zarur ashyolar bilan
uzluksiz ta’minlab turish, qo’shimcha texnik moslamalar qo’llanish va h.k.);
Uchinchidan,
xodim kasblar o’rindoshligi sharoitida ishlashga tayyorlanadi.
Bu tayyorgarlik xodimning oldindan belgilangan ayrim mehnat funktsiyalarini
bajarish tartibini yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib olishidan, o’rindosh kasb
yuzasidan qo’shimcha mehnat funktsiyalarini bajarish uchun talab qilinadigan
bilimlarni o’rganish va malakalarni egallashdan, mehnat haqi to’lash tartiblarini va
h.k.larni bilib olishdan iborat.
SHu tariqa kasblar o’rindoshligi sharoitida ishlarni tashkil etishga va ularni
boshqarishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko’rilgan taqdirdagina bu ish
samarali bo’lishi mumkin.
Endi xodimlarning ko’p jihozda ishlashini tashkil etishga va uni
normalashga kelsak, ishni tashkil etishning bu shakli ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish rivojining hozirgi darajasida mehnat taqsimotini takomillashtirishning
eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bu mehnat taqsimotining shunday shaklidirki,
unda bir xodim bir necha jihoz (mashina)da ishlaydi yoki agregatni idora qiladi,har
bir jihozda zarur operatsiyalarning hammasini bajaradi va ularning ishlash
jarayonini diqqat bilan kuzatib turadi. Xizmat ko’rsatish maydonini shu tariqa
kengaytirish boshqa jihozlarda qo’l kuchi yoki mashina kuchi bilan bajariladigan
ishlarni kamaytirish, uskunalarning mashina - avtomatik ish vaqtidan foydalanish,
demakdir. Boshqacha qilib aytganda, ko’p jihozda ishlash (yoki ko’p jihozni idora
qilish) usuli ishlab chiqarish yuksak darajada mexanizatsiyalashtirilgan va
avtomatlashtirilgan sharoitda, texnologik jarayonda (yoki uning ma’lum qismida),
jihozga (agregatga) xodim asosan ta’sir ko’rsatmaydigan, bu jarayonni faol
kuzatmaydigan va shu munosabat bilan boshqa jihozlar (agregatlar)ga xizmat
ko’rsatish uchun xodimning bo’sh vaqti qoladigan chog’da qo’llaniladi.
Masalan, ishlab chiqarish uchastkasida har birida bittadan operator
ishlaydigan uchta bir xil jihozda eng oddiy operatsiya bajariladi: qism tekislanadi.
qismni tekislash uchun 5 minut asosiy mashina vaqti (ya’ni, xodim ajralmasdan
mashinaning o’zi avtomatik tarzda ish bajaradigan vaqti) va 2 minut qo’l kuchi
107
ishlatiladigan yordamchi vaqt (qismni jihozga o’rnatish, jihozdan olish, bir
jihozdan ikkinchisiga o’tish va h.k.lar uchun zarur vaqt) talab etiladi. Bu holda
uchta jihozga uchta xodim emas, bitta xodim ham bemalol xizmat qilishi mumkin.
chunki bir mashinaning o’zi avtomatik tarzda 5 minut vaqt davomida qismni
yo’nib tugatganida, u jihozga ishlovchi xodim shu vaqt ichida yana ikki jihozga
qismlarni qo’yadi va qismlar tekislanib bo’lganidan keyin ularni olib ulguradi.
Xodim bunga 4 minut vaqt sarflaydigan bo’lsa, 1 minut vaqti bo’sh qoladi.
Ma’lumki, agar asosiy mashina vaqti 5 minut bo’lmay, aytaylik, 3 minut bo’lsa,
unda xodim ikkita jihozga xizmat qilishi mumkin, agar u uch jihozga xizmat
qiladigan bo’lsa, jihozlardan biri vaqti-vaqti bilan 1 minut bekor turib qoladi.
Ko’p jihozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etishdan oldin bunga
tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi. Bu ishlar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, xronometraj orqali kuzatishlar va ish vaqtini fotografiya orqali
kuzatish yo’li bilan bir yo’la xizmat qilishga o’tkaziladigan agregatlarda
bajariladigan ishlar (operatsiyalar)ning ayrim elementlarini bajarishga sarf
bo’ladigan vaqt, bu elementlar tarkibi, navbatlashishi hamda ish kuni davomida
xodimlarning ish bilan band bo’lish darajasi mufassal o’rganiladi. SHu tariqa ko’p
jihozda ishlashga o’tishning aniq imkoniyatlarini aniqlash, necha jihozda ishlashga
o’tish mumkinligini, ya’ni bir xodim (yoki brigada) uzluksiz xizmat qilishi
mumkin bo’lgan uskunalar (agregatlar, jihoz, mashina va h.k.lar)ning optimal
miqdorini belgilash imkoni tug’iladi.
Ikkinchidan, ko’p jihozda ishlashga o’tish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bir
vaqtning o’zida xizmat ko’rsatiladigan uskuna va vositalarni, ularda ishlash va
ularni boshqarish oson bo’ladigan darajada rejalashtirish va joylashtirish,
texnologik jarayonning borishini avtomatik tarzda kuzatib turish uchun qo’shimcha
moslamalar va boshqa vositalar qo’llanish, mashina va qo’l kuchi bilan qilinadigan
ish vaqtining bir xil operatsiyalarga moslab ixtisoslashtirilgan, ko’p jihozda
ishlovchi xodimning uzluksiz ishlashi uchun uni barcha zarur materiallar (asbob-
uskunalar, transport vositalari, hujjatlar va h.k.lar) bilan to’la ta’minlab turish
maqsadida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish,
108
texnika xafsizligi tadbirlari va h.k.larni amalga oshirish kabi ishlar ko’p jihozda
ishlashga o’tish uchun qulay sharoit yaratish shartlaridir.
Uchinchidan, ko’p jihozda (agregat) ishlovchi xodimlar tayyorlanadi.
Buning uchun xodimning bir jihozda ikkinchisiga o’tishida eng qulay marshrut, bir
necha jihozga xizmat qilishida ayrim mehnat funktsiyalarini izchillik bilan bajarish
usul va uslublari ishlab chiqiladi; xodim bir vaqtning o’zida bir necha jihozda
ishlash, xizmat ko’rsatish tartibini oldindan o’rganadi, qo’shimcha bilim va bir
necha jihozda aniq va uzluksiz ishlash malakalarini,tajribalarini egallaydi (agar
turli texnologik uskunalarda ishlash mo’jallanadigan bo’lsa, yangi ixtisoslarni ham
o’rganadi), mehnatga haq to’lashni tashkil etish tartibi bilan tanishadi.
Ko’p jihozda ishlash (xizmat ko’rsatish) samaradorligini oshirish uchun:
a) operatsiyani bajaruvchi xodimni ishga tayyorgarlik ko’rishdan va uni
tugallash hamda ish joyiga xizmat ko’rsatish kabi ishlardan ozod qilish;
b) mehnat predmetini ishlab bo’lgandan keyin jihozlarni o’zlari to’xtaydigan
va to’xtashi bilan bilan xabar (signal) beradigan qilish;
v) shunday mehnat sharoitini yaratish kerakki, xodim bir jihozdan
boshqasiga ko’chib yurishga vaqt sarf qilmasin, sarf qilganda ham ozgina vaqt
sarflasin (ko’p jihozda ishlovchining ratsional harakat marshruti tuzilsin).
Nihoyat, shuni ta’kidlash kerakki, ko’p jihoz va agregatda ishlashni tashkil
etish xizmat ko’rsatish maydonini kengaytirish kabi samarali tadbirdir.
Mashinasozlik korxonalarining ko’p yillik tajribalari shuni ko’rsatadiki,
mehnat unumdorligini ko’p jihoz (agregat)da ishlovchi xodimlar o’rta hisobda 32%
dan ziyodroq, qo’shimcha kasblarni egallagan xodimlar esa 21 % oshirishgan.
Bundan tashqari, sanoat korxonalarida ko’p jihozda ishlashni tashkil etish uchun
sarflangan har bir so’m 5 so’mdan ziyodroq, kasblar o’rindoshligini tashkil etishga
sarflangan bir so’m esa undan ham ko’proq – 7 so’mdan ortiq foyda bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |