115
organlaridan, mehnat predmetlaridan, asbob-uskunalardan uzoqlashishi ortiqcha
harakatlarni keltirib chiqaradi, ish kuni davomida ko’p noqulayliklar tug’diradi,
operativ vaqt miqdorini qisqartiradi, uning charchog’ini
oshiradi, toliqishini
tezlashtiradi.
Ish joylarini rejalashtirish deganimizda, ma’lum ish joyini ishchi o’z
vazifalarini bajarayotganda foydalanadigan mehnat qurollari va predmetlarini
ishlab chiqarish maydonining normativlari, ishlab chiqarish turi va xarakteri,
ishlash uchun qulay bo’lishi, antropometrik tomonlar, ergonomik talablar hisobga
olinib va texnika xavfsizligi ta’min etilib joylashtirish tushuniladi.
Ish joyini rejalashtirish – uchastka, bo’lim (tsex)ni rejalashtirishning tarkibiy
elementidir. Shuning uchun ham ish joyini loyihalash
va tahlil qilish uchastka,
bo’lim (sex)ning rejalashtirish talabalarini e’tiborga olgan holda olib boriladi.
Ish joylarini rejalashtirish uch xil - umumiy rejalashtirish, xususiy
rejalashtirish va ichki rejalashtirishdan iborat.
•
umumiy rejalashtirish;
•
xususiy rejalashtirish;
•
va ichki rejalashtirish.
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda texnologik jarayon sxemasi, ish
joylaridagi uskunalar va jihozlar tarkibi hamda hajmi, ish joylarining soni, ish
joylariga xizmat ko’rsatish tartibi, mehnat
predmetlarining hajmi va soni,
xavfsizlik va sanitariya-gigiena normalari, ish joylarining xususiy rejalashtirilishi
va transport vositalari yuradigan yo’llarning kengligi va h.k.lar asos qilib olinadi.
Ish joylarini xususiy rejalashtirishga qo’yiladigan asosiy talablar
quyidagilardan iborat:
ishlash yoki xizmat ko’rsatish uchun qulay sharoit, mehnat xavfsizligi va
sanitariya normalarini ta’minlashdan;
ijrochining yuqori mehnat unumdorligini, shu ishlab chiqarish
maydonida zarur texnologik
va tashkiliy qurol-asboblar, xom ashyo,
materiallar yoki yarimfabrikatlar bilan uzluksiz mehnat jarayonini tashkil
etish uchun yetarli darajada ta’minlashdan;
116
ish maydonida ish joyi elementlarini joylashtirishda iqtisodiy va ruhiy-
fiziologik talablarning hammasini hisobga olishdan;
ijrochining ish maydoni doirasidagi yurish yo’lining eng qisqa bo’lishini
ta’minlashdan;
texnologiya vositalari va tashkiliy qurol-asboblar hamda tez-tez ishga
solinib
turadigan
mehnat
vositalari
qo’l
yetadigan
yerda
joylashtirilishidan;
boshqarish va nazorat predmetlari, shuningdek,
uskunalarni darhol
tuxtatadigan predmetlar kurinadigan va optimal zona doirasida
joylashtirilishidan;
ishni yoki xizmatni bajarish jarayonida ilg’or mehnat usul va uslublari
qo’llanishi uchun zarur sharoitlar vaqtida va yetarli darajada yaratilishi
va h.k.lardan (bunda gap asosan mehnatni tashkil etish yunalshlari,
kompleksi va aloqalari to’g’risida boradi).
Korxona
davlat yoki nodavlat ishlab chiqarish yohud xizmat ko’rsatish
shaklidaligidan qat’i nazar, unda xodimlarning ish joyini xususiy rejalashtirishda
ish qilinadigan yuzalar balandligi normalari (yonida o’tirib ish qilinadigan stolning
balandligi past buyli kishi uchun 700 mm.dir. Erkaklar uchun past bo’y 1520-1630
mm, o’rta buy 1631-1690 mm, baland buy 1691-1900 mm hisobida)
belgilanadi
hamda kishining erkin tabiiy vaziyatni ta’min etadigan bo’shliq (makon) normasi
hisobga olinadi. Tabiiyki, bunda ishlab turgan paytdagi holat asosiy o’rin tutadi.
Xodimlarning ish joylarini o’rganganda, tashkil etganda va loyihalashtirganda
11.1-jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
11.1-jadval
Xodimlarning ish joylarini tashkil etishga talablar
Ishlab chiqarish jihozi, jihoz va
xodimning holati
Xodimning bo’yini hisobga
olgandagi yuzalar balandligi (mm)
Past
o’rtacha
baland
117
Xodim o’tirib ishlaganida ishchi
stol
700
725
750
Maxsus
aniq
ishlarni
o’tirib
ishlaganda mo’ljallangan stol
900
950
1000
O’tirib
ishlaganda jihozning ustki
qismi
800
825
850
Tikka turib ishlaganda jihozning
ustki qismi
1000
1050
1100
O’tirib yoki tikka turib ishlaganda
ishlash joyining ustki qismi
950
1000
1050
Ish joyini rejalashtirishda texnologik va tashkiliy qurol-asboblarni qo’l
uzatib olish va keyin qaytarib qo’yish oson bo’ladigan tarzda joylashtirish ham
jiddiy ahamiyat kasb etadi.
Ish joyining eng muhim elementlari, boshqarish va uskunalar ishini nazorat
qilib turish vositalari ko’zga aniq ko’rinib turadigan qilib (xodimning ham
gorizontal va vertikal kenglikdagi ko’rish doirasida) joylashtiriladi. SHuning uchun
ham ish joyini rejalashtirishda ko’rish omili, albatta, nazarga olinadi (har bir kasb
uchun ijrochining xizmat zonasidagi ko’rish burchagi 30
0
dir).
Do'stlaringiz bilan baham: