yo`lkasidagi ekologik holatni baholang. Bunda transportlardagi tabiatni texnik
muhofaza qilish, yo`l chetidagi ta’sir chegaralarini, atrof-muhitda birikmalar
miqdorini oshishini, tabiiy landshaftlarga, bioxilma- xillikka ta’sirlarini hisobga
12
2-mavzu I
“KLASTER”
Tuproq
qatlamini
turli
zaharli
moddalar bilan
ifloslanishi
Ekologik talablarga
javob bermaydigan
hududlar (73 %)
Qora metallarni qazib
chiqarishni oshib
borishi
Metallurgiya
sanoatini rivojlanishi
Energiyani ko`p iste’mol
qiladigan tarmoqlar
rivojlanishi
Atmosfera havosini
gazlar bilan
ifloslanishi
O`zbekistondagi
ekologik vaziyat
Suv resurslarini
ifloslanishi
Rangli metallar qayta ishlash
sohasini rivojlanishi
Kon-sanoat sohasini
rivojlanishi
Zaharli
moddalarni
chiqargan
korxonalarni
qurilishi
O`simlik va
hayvonot
dunyosini
kamayib
borishi
Tuproqni
meliorativ
holatini
yomonlashuvi
Suv resurslari
sifatini
yomonlashuvi
Aholi yashash
manzillarida
ekologik
vazityatning
yomonlashuvi
Tabiiy
komponentlarda
ekologik holat
sezilarli
o`zgargan
13
2-mavzu II
“KLASTER”
Tuproqni pestistidlar
bilan ifloslanishi
Keskin ekologik
holat
Respublika
viloyatlaridagi
ekologik vaziyat
Ichimlik suvini Davlat standartiga
to`g`ri kelmaganligi
Oziq-ovqat hom
ashyosini Davlat
standartiga to`g`ri
kelmasligi
Favqulotda ekologik
holat.
Ichimlik suvi va oziq-
ovqatlari Davlat
standartiga javob
bermasligi
Halokatli ekologik
holat
Qoniqarli ekologik
holat
Atmosfera
havosini
ifloslanishi
Tabiiy
komponentlar va
hududlarni
ekologik holatini
o`rganilganligi
15
3 – mavzu. Atmoferaga, suvga, tuproq qatlamiga, hayvonot va o`simlik
dunyosiga bo`ladigan ta’sirlarni baholash.
Maqsad: Tabiat komponentlari – atmosferaga, suvga, tuproqga va biologik
resurslarga bo`ladigan salbiy ta’sirlarni ekologik ekspertiza nuqtayi nazardan
baholashni o`rgatishdan iborat
Mashg`ulot rejasi:
1.
Atmosfera havosiga bo`ladigan ta’sirlarni baholash.
2.
Suv resurslariga bo`ladigan ta’sirlarni baholash.
3.
Yer resurslariga bo`ladigan ta’sirlarni baholash.
4.
Biologik resurslarga bo`ladigan ta’sirlarni baholash.
1.
Atmosfera havosiga bo`ladigan ta’sirlarni baholash
Atrof-muhitning ekologik holati va hududlarda ekologik muvozanatning
buzilishi ko`p jihatdan atmosferaga antropogen ta’sirning salbiy xususiyatlari bilan
belgilanadi. O`zbekistonda 35 mingdan ko`proq havoni bulg`ayotgan doimiy
manbalar bo`lib, ularning faqat yarmiga yaqini chang va zaharli gazlarni
ushlagichlar bilan jihozlangan, 1,5 mingta manbalar chang ushlagich qurilmalar
bilan jihozlanmagan. Mavjud qurilmalarning o`rtacha samaradorligi ham 60-70%
oshmaydi. Bulardan tashqari atmosferaning avtomobillar tomonidan ifloslanishi
ayniqsa shaharlarda katta ko`rsatkichlarga ega.
Respublikada har yili atmosferaga doimiy va harakatlanuvchi manbalardan
chiqariladigan ifloslantiruvchi chiqindi miqdori 1,8 mln tonnani tashkil etadi.
Atmosferaga chiqarilgan chiqindilar umumiy miqdorida sanoat tarmoqlarining
ulushi (% hisobida) quyidagicha taqsimlangan: isitish sanoati 40, elektro
energetika-28, metallurgiya-14, qurilish industriyasi-5, kimyo sanoati-3.
Doimiy manbalardan atmosferaga 150 xildan ortiq ifloslantiruvchi moddalar
chiqariladi. Atmosfera havosidagi eng ko`p zaharli moddalar sanoat zonalariga
yaqin joylashgan (yoki o`sha tomondan shamol esganda) turar-joy rayonlarida
bo`lib, bu yerda standartlarda ko`rsatilgan miqdordan ancha yuqori bo`lishi
kuzatilgan. Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Samarqand va Farg`ona Shaharlarida
kimyo va metallurgiya sanoati korxonalarining kimyoviy moddalari atmosfera
havosini eng ko`p darajada ifloslaydi. Yirik shaharlarda atmosfera havosini
ifloslovchi asosiy omil shahar transportidir. Masalan Toshkent shahri
atmosferasining ifloslanishida shahar transportining hissasi 80% dan ortadi.
Umuman respublika bo`yicha atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi
moddalarning 53% avtomobil transporti hissasiga to`g`ri kelali (0,98 mln t).
Respublika doimiy manbalaridan chiqadigan chiqindilarning 84% Toshkent,
Qashqadaryo, Buhoro, Farg`ona, Navoiy viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.
Tabiiy ifloslantiruvchi manbalar qatoriga Qizilqum va Qoraqum sahrolari,
Orol dengizining qurib borishi tufayli paydo bo`lgan «Orolqum» chang va tuz
16
sahrosi kiradi. Surxondaryo viloyatining ko`plab tumanlari Tojikiston alyuminiy
zavodining (Mirzo Tursunzoda shahri) zaharli chiqindilardan katta zarar
ko`rmoqdalar.
Atmosferaning ifloslantiradigan manbalar va ularning zararlari ustidan
ekologik ekspertiza nazoratini amalga oshirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirishga alohida e’tibor berish lozim: a) eng yirik ifloslantiruchi korxonalar
tomonidan atmosferaga chiqindi chiqarib tashlashni maksimum qisqartirish; b)
muntazam ravishda avtotransportda yongan gazlarning chiqarilishiga qarshi
kurash; v) korxonalarda texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, zamonaviy va
mukammal havo tozalagich moslamalardan foydalanish; g) atmosfera havosining
tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: