saqlash ekologik ekspertizaning asosiy maqsadlaridan biridir. Bu muammo
yechimi mamlakatda mustahkam ekologik barqarorlik va tabiat tizimini qo`llab
Biologik resurslar jonli tabiat resurslari bo`lib, o`simliklar, hayvonat olami va
mikroorganizmlardan tashkil topadi va ular tabiiy muhitning barcha qisimlarida-
18
yer, suv va havoda mavjuddir. Biologik resurslar kompleks resurslar bo`lib,
tabiatda modda va energiyaning biologik aylanishini, atrof muhit strukturasi
biologik aylanishini, atrof- muhit strukturasi muvozanati barqarorligini ta’minlaydi
yoki yaxshilaydi. Shu sababdan ulardan foydalanish doimiy ravishda resurslarni
ko`paytirishga qaratilishi kerak. Buning uchun biologik resurslarni tayyorlash
hajmi ularning yillik ko`payishi hajmidan oshib ketmasligi, foydalanishning
xarakteri va strukturasi esa biologik mahsuldorlikni oshirishga, biologik modda
almashinuvini optimallashtirishga yo`naltirilishi lozim.
Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar doirasida biologik resurslar hududlar
bioekologik infrastrukturasining asosiy elementi hisoblanadi. Ular tabiat
muhofazasi, aholini sog`lomlashtirishda katta ahamiyatga ega. Biologik resurslar
oziq-ovqat, yoqilg`i, turli mahsulotlarni tayyorlash uchun organik xomashyo
manbaidir. Bular esa biologik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va
ularni muhofazalashning ahamiyatini yanada oshiradi.
O`zbekistonning bio xilma-xilligi 27000 ga yaqin turni tashkil etadi. Shundan
15000 turdan ortiqrog`ini hayvonlar, 11000ga yaqin turlarini o`simliklar,
qo`ziqorinlar, suv o`tlari tashkil etadi.1 Flora va faunaning tarkibi va ularning
ekologik yashash sharoitlari farqlariga ko`ra O`zbekiston hududida quyidagi 5ta
biogeografik zona ajratilgan:
1) tekislik cho`l ekotizimlari;
2) tog`oldi chala cho`l va dashtlar;
3) daryo va qirg`oqbo`yi ekotizimlari;
4) nam hududlar va deltalar ekotizimlari;
5) tog` ekotizimlari.
O`zbekistonning flora va faunasi turlarining xilma-xilligi va ularning ko`p-
ozligi yashash muhitining holatiga bevosita bog`liqdir. Ko`p yillar mobaynida
biologik resurslardan to`xtovsiz foydalanish ularning o`z-o`zini tiklash
imkoniyatlaridan ancha yuqori bo`ldi. Bu esa o`z navbatida flora va faunaning
yashash muhitining yomonlashuviga, umumiy soni va turlari tarkibining kamayib
ketishiga, biogeotsenozning kuchli degradatsiyasiga olib keldi. Yangi yerlarni
o`zlashtirilishi tabiiy
landshaftlarning madaniy landshaftlarga aylantirilishi,
daryo suv oqimlarini tartibga solish to`g`on, suv omborlari, kanallar qurilishi,
to`qaylarning quritilishi, tog`lardagi archalarning kesib yuborilishi, tog`-kon
sanoatining rivojlanishi tabiiy ekotizimga jiddiy ta’sir ko`rsatdi, yashash
areallarining keskin qisqarishiga olib keldi. Oqibatda o`simlik turlarining 10-12%,
hayvonot olamining ko`plab turlari muhofazaga muhtoj bo`lib qoldi. Ayni vaqtda
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakat jami maydonining atiga 2%ni
egallaydi. Bu esa landshaft va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishni ta’minlay
olmaydi.