IV BOBGA OID QO‘SHIMCHA MASHQLAR
Massasi 2 kg bo‘lgan jism yerga erkin tushmoqda. Jismga ta’sir etayotgan
kuchni toping. g = 10 m/s2 deb oling.
Massasi 200 g bo‘lgan aravacha 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanishi uchun unga qanday kattalikda o‘zgarmas kuch bilan ta’sir etish kerak?
Temir yo‘lda turgan vagonni 2 kN kuch bilan itarganda, u 0,1 m/s2 tezlanish
bilan harakatlana boshladi. Vagon massasini toping.
Tinch holatda turgan 0,5 kg massali jism o‘zgarmas kuch ta’sirida harakatlanib, 5 s da 20 m yurdi. Jismga ta’sir etayotgan kuch kattaligini toping.
Tekis gorizontal sirtda 100 g massali po‘lat sharcha turibdi. Agar sharcha
gorizontal holatda 50 mN kuch bilan turtib yuborilsa, u qanday tezlanish oladi?
Tekis gorizontal sirtda turgan aravachaga 4 N o‘zgarmas kuch bilan ta’sir etilganda, u 2 m/s2 tezlanish oldi. Agar unga 6 N kuch bilan ta’sir etilsa, u qanday tezlanish oladi?
6-masala sharti bo‘yicha har ikkala hol uchun aravachaning 1 s davomida olgan tezliklarini toping.
Massasi 2 000 kg bo‘lgan avtomobil 0,8 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Motor avtomobilni qanday kuch bilan harakatga keltirmoqda? Ishqalanish kuchlari hisobga olinmasin.
Bir-biriga qarama-qarshi harakatlanayotgan 0,5 kg va 1,5 kg massali ikkita jism to‘qnashdi va ikkalasi ham to‘xtab qoldi. Agar to‘qnashgunga qadar birinchi jism 6 m/s tezlikda harakatlangan bo‘lsa, ikkinchi jism qanday tezlikda harakatlangan?
Traktor tirkamani 10 kN kuch bilan tortganda, unga 0,5 m/s2 tezlanish beradi. Tortish kuchi 30 kN bo‘lgan boshqa traktor shu tirkamaga qanday tezlanish beradi?
Massasi 80 t bo‘lgan reaktiv samolyot dvigatellarining tortish kuchi
120 kN bo‘lsa, samolyot tezlik olishda qanday tezlanish bilan harakatlanadi?
Massasi 0,4 kg bo‘lgan to‘pga 0,01 s davomida zarb berilganda, u 20 m/s tezlik oldi. To‘p qanday kuch bilan tepilgan?
25 sm uzunlikdagi ipga bog‘langan 100 g massali sharcha aylana bo‘ylab sekundiga 2 marta aylanmoqda. Sharchaga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuchni va markazga intilma tezlanishni toping.
13-masala shartidagi sharcha sekundiga 4 marta aylantirilsa, markazdan
qochma kuch va markazga intilma tezlanish necha marta ortadi yoki kamayadi?
1 m uzunlikdagi ipga bog‘langan jism har sekundda 1 marta aylanmoqda. Jismga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 10 N bo‘lishi uchun jismning massasi qancha bo‘lishi kerak?
Loyli yo‘lda botib qolgan avtomobil g‘ildiragidan 10 m/s tezlikda loy parchalari otilmoqda. Agar avtomobil g‘ildiragining diametri 1 m, otilayotgan loy parchalarining o‘rtacha massasi 5 g bo‘lsa, loy parchalari qanday kuch bilan otilmoqda?
Mototsikl sirk arenasida 25 m diametrli aylana bo‘ylab 45 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar mototsiklga ta’sir etayotgan markazdan qochma kuch 2,5 kN bo‘lsa, mototsikl bilan haydovchining birgalikdagi massasi qancha bo‘ladi? Bunda mototsikl qanday markazga intilma tezlanish oladi?
2 N kuch ta’sirida 10 sm ga uzaygan rezinaning bikirligini toping.
Prujinali taroziga 1 kg yuk osilganda uning prujinasi 8 sm ga uzaygan. Prujinaning bikirligini toping. Ushbu va keyingi tegishli mashqlarda g = 10 m/s2 deb olinsin.
Bikirligi 60 N/m bo‘lgan prujinaga yuk osilganda, u 5 sm ga uzaydi.
Prujinaga osilgan yuk massasini toping.
Bikirligi 10 N/m bo‘lgan rezinaga 60 g yuk osilganda, u qanchaga
uzayadi?
Bir tomoni birlashtirilgan uzunliklari bir xil ikkita prujina bo‘sh uchlaridan ushlab tortildi. Bunda bikirligi 120 N/m bo‘lgan prujina 4 sm ga uzaydi. Ikkinchi prujina 3 sm ga uzaygan bo‘lsa, uning bikirligi qancha bo‘ladi?
Massasi 1200 kg bo‘lgan avtomobilni 0,3 m/s2 tezlanish bilan shatakka olganda, bikirligi 40 kN/m bo‘lgan trosning qanchaga cho‘zilishini toping. Ishqalanish kuchini hisobga olmang.
V bob.
Do'stlaringiz bilan baham: |