Tayanch tushunchalar: skalyar kattalik, vektor kattalik, vektorlar yig‘indisi, vektorlar ayirmasi, vektorni songa ko‘paytirish, vektorni songa bo‘lish, vektorning proyeksiyasi (tashkil etuvchisi).
Uyingizdan maktabgacha yurgan yo‘lingizni vektor ko‘rinishida ifodalab, bu vektorlar yig‘indisini toping.
→ → → →
22-rasmda ko‘rsatilgan a) s 1 va s 2 vektorlarning; b) F 1 va F 2
→ → →
→ → → → →
vektorlarning; d) a , b va c
vektorlarning; e) a 1, a 2, a 3, a 4 va a 5
vektorlarning yig‘indisini daftaringizda tasvirlang.
→ → →
→
22-rasmda ko‘rsatilgan: a) s 1 vektordan s 2 vektorning ayirmasini; b) F 1
vektordan F 2 vektorning ayirmasini daftaringizda tasvirlang.
→ →
23-rasmda ko‘rsatilgan: a) F vektorni 2 ga ko‘paytiring; b) a vektorni
→
5 ga ko‘paytiring; d) b vektorni 3 ga bo‘ling.
23-rasmda ko‘rsatilgan →s daftaringizda tasvirlang.
va →υ
vektorlarning Ox o‘qqa proyeksiyasini
rasm. Yig‘indisi va ayirmasi aniqlanadigan vektorlar
rasm. Songa ko‘paytiriladigan va bo‘linadigan, proyeksiyasi aniqlanadigan vektorlar
I BOBGA OID QO‘SHIMCHA SAVOL VA MASHQLAR
Tekis harakatlanib ketayotgan kemaning old tumshug‘ida turgan kamonchi kemaning orqa tumshug‘iga o‘rnatilgan nishonga, kema orqa tumshug‘idagi xuddi shunday kamonchi esa kema old tumshug‘idagi nishonga o‘q otsa, qaysi birining o‘qi nishonga avval yetib boradi?
Poyezd kupesida o‘tirib ketayotgan yo‘lovchi: «Men tinch turibman, tashqaridagi rels va daraxtlar menga nisbatan harakat qilishmoqda», desa, poyezdning mashinisti: «Men parovozda yoqilg‘i sarflab, poyezdni harakatlantirmoqdaman. Tashqaridagi rels va daraxtlar tinch turibdi», deydi. Sizningcha, kimning gapi to‘g‘ri?
Agar poyezd ekvatorda g‘arbdan sharqqa tomon ma’lum bir tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa, u Yerning sharqdan g‘arbga tomon soatiga ikki ming kilometr tezlikda o‘z o‘qi atrofida aylanayotgan harakatini biroz bo‘lsa ham kamaytirayotgandir? Siz nima deb o‘ylaysiz?
Tinch turgan vagon ichida turib vertikal sakrasak, sakragan joyimizga qaytib tushamiz. Agar to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan vagon ichida vertikal sakrasak, qayerga tushamiz? Sakragan joyimizgami yoki harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi tomongami? Biror yukni harakat yo‘nalishida otish uchun vagon tinch turganiga qaraganda ko‘proq kuch kerak bo‘ladi. Harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda otish uchun-chi?
Faraz qiling, o‘rtog‘ingiz bilan kemaning xonalaridan biriga joylashib oldingiz. Tashqari sizga ko‘rinmaydi. Uxlashga yot- ganingizda kema to‘xtab turgan edi. Uxlab turganingizda u to‘xtab turgani yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotganini bilish uchun nima qilasiz?
Trubaning ostki qismini bukib, bukilgan tomon uchini tez oqayotgan suv yo‘nalishiga qarshi qilib o‘rnatsak, trubaning suv sathidan yuqoriroqdagi uchidan suv oqayotganligini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi muammoni hal etib ko‘ring. Poyezdga stansiyada suv olinishi kerak, lekin to‘xtashga vaqt yo‘q. Yuqoridagi usuldan foydalanib, to‘xtamasdan poyezdga suv g‘amlab olish mumkinmi?
Vertolyot gorizontal ravishda sharq tomonga 10 km, so‘ngra janub tomonga 8 km, undan keyin g‘arb tomonga 12 km, shundan so‘ng esa shimol tomonga 8 km uchdi. Vertolyotning yo‘li va ko‘chishini toping.
Faraz qiling, ko‘lga qalin tuman tushgan va uning qirg‘oqlari ko‘rinmaydi. Ko‘ldagi qayiqning harakat yo‘nalishini ko‘rsatish mumkinmi?
Qayiq daryoni oqimga perpendikulyar ravishda kesib o‘tmoqda. Daryoda suv sohilga nisbatan daryo oqimi tezligida harakatlanadi. Qayiqning harakatini ikkita odam kuzatib turibdi. Ulardan biri sohilda qimirlamay turibdi, ikkinchisi esa oqim bo‘ylab suzib ketayotgan solning ustida turibdi. Ikkala kuzatuvchi qayiqning ko‘chishi va unga ketgan vaqtni o‘lchaydi.
Ularning olgan natijalari bir-biridan qanday farq qiladi? Qaysi ko‘rsatkichlari bir xil bo‘ladi?
Quyidagi qaysi hollarda Yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin? To‘g‘ri javoblarni belgilang:
Ekvator uzunligini hisoblashda;
Yerning Quyosh atrofidagi orbita bo‘ylab o‘tgan yo‘lini hisoblashda;
Yerning o‘z o‘qi atrofida sutkalik aylanishida ekvator nuqtasining harakat tezligini hisoblashda;
Yerdan Saturn sayyorasigacha bo‘lgan masofani hisoblashda.
Nuqtalar o‘rniga mos bo‘lgan iboralarni qo‘yib, ta’rifni to‘ldiring: Vektor kattaliklar – bu ...
faqat son qiymati bilan aniqlanadigan kattaliklar;
faqat yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar;
son qiymatlari hisobga olinmasa ham bo‘ladigan kattaliklar;
son qiymatlari va yo‘nalishlari bilan aniqlanadigan kattaliklar.
Quyida uchta vektor tasvirlangan. a→ vektor →n
vektorga tengmi?
→c vektor →a vektordan katta desa bo‘ladimi?
a→ →c
→n
Do'stlaringiz bilan baham: |