Ishqalanish kuchi
Tez ketayotgan avtomobilni to‘xtatish uchun tormoz bosiladi. Tepadan
sirpanib tushgan chana yo‘lning gorizontal qis- mida biroz sirpanib borib to‘xtaydi. Bu hodisa- larda tezlik o‘zgarishi, ya’ni kamayishi namoyon bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday tezlik o‘zga- rishining sababchisi kuchdir. Endi mexanikada
o‘rganiladigan yana bir kuch – ishqalanish kuchi haqida gaplashamiz. Yerda turgan yukni sudrash uchun unga harakat yo‘nalishida F kuch bilan
103-rasm. Ishqalanish kuchining namoyon bo‘lishi
ta’sir etish kerak (103-rasm). Bunda yukning harakatlanishiga qarshilik qiluvchi va harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalgan Fi kuch paydo bo‘ladi.
104-rasm. Shkivda ishqalanishning namoyon bo‘lishi
Ishqalanish hech qanday harakatni yuzaga keltirmaydi. Lekin nima uchun u kuch deb ataladi, degan savol tug‘ila- di. Bunga sabab, ishqalanish kuchi harakatni sekinlashti- radi. Demak, kuch faqat harakatni yuzaga keltirmasdan, uni sekinlashtirishi ham mumkin ekan. Stol ustida taxlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etib, ish- qalanish kuchini yengishimiz kerak. Avtomobilga tormoz berilsa, u tezda to‘xtaydi. Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkivlarni aylantiradi (104-rasm).
105-rasm. Turli jismlar sirtining lupada ko‘rinishi
Hatto juda silliq ko‘rinadigan jismlarning sirt- larida ham g‘adir-budurliklar va o‘yilgan joylar bo‘ladi. Silliq jismlar sirti lupa orqali qaralsa, ularning g‘adir-budurligi turlicha ekanligi ko‘ri- nadi (105-rasm).
Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda, bu g‘adir-budurliklar bir-biri- ga ishqalanib, harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi.
Agar jismlarning sirtlari yaxshi silliqlangan bo‘lsa, jismlar bir-biriga tekkanda ular sirtidagi molekulalar bir-biriga juda yaqin bo‘ladi. Bunda bir-biriga tegib turgan jism molekulalari orasida tortishish kuchlari sezilarli bo‘ladi.
Jismlarning bir-biriga ishqalanish hodisalarini uch turga bo‘lish mumkin: tinchlikdagi ishqalanish, sirpanish ishqalanish va dumalanish ishqala nish.
Tinchlikdagi ishqalanish
Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismning joyidan qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiladi. Bu kuch tinchlikdagi (tinch holatdagi) ishqalanish kuchidir.
Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo‘yicha yuqoriga olib chiqish mumkin. Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinchlikdagi ish- qalanish kuchi yukni ushlab turadi (106-rasm). Agar bu kuch bo‘lmaganida, yuk sirpanib pastga tushib ketar edi.
106-rasm.
Transportyorda yukni yuqoriga chiqarish
Xonadagi stol-stul, javon va boshqa jihozlar tinchlikdagi ishqalanish ku-
chi tufayli polda qimirlamay turadi.
Agar ishqalanish kuchi bo‘lmaganda, ular turtib yuborilgan zahoti xona
ichida harakatga kelib, sirpanib yurar edi.
Pol ustida turgan jismni gorizontal yo‘nalishda harakatga keltirish, ya’ni qo‘zg‘atish uchun unga tinchlikdagi ishqalanish kuchiga teng va qarama-qarshi yo‘nalgan kuch bilan ta’sir etishimiz
kerak.
Yurganimizda oyoq kiyim tagsirti bilan yer sirti o‘rtasida tinchlikdagi ishqalanish kuchi hosil bo‘ladi. Ishqalanish kuchi bo‘lmaganida biz yura olmas edik,
muz ustida yurgandek sirpanib ketardik. Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz. Ishqalanish kuchi Fi esa harakatimiz yo‘nalishida ta’sir etib, miqdor jihat- dan F kuchga teng bo‘ladi (107-rasm).
rasm. Yurganda ishqalanishning namoyon bo‘lishi
Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tasavvur qilish uchun sportchi- lar mashq qiladigan rolikli yo‘lkachani misol qilib keltirish mumkin (108- rasm). Bunda sportchi oldinga yugurmoqchi bo‘lsa,
yo‘lka orqaga harakat qiladi.
Ishqalanish kuchi Fi(t) ta’sir etayotgan kuch F ga proporsional ravishda o‘zgaradi: Fi(t) = kF. Bunda k – ishqalanish koeffitsiyenti. Uning qiymati ta’sirlasha- yotgan jismlar materialiga, sirtlarining silliqligi va boshqalarga bog‘liq.
Turmushda ishqalanish ba’zi hollarda foydali bo‘lsa, ba’zi hollarda zararli bo‘ladi. Masalan, qishda
rasm. Ishqalanish
tufayli yo‘lkaning
orqaga harakati
Fi
F
Fi(t)
Fi(s)
tinch holati
F
a
sirpanish b
muzli yo‘lda ketayotgan avtomobil g‘ildiraklari bilan muzlik orasidagi ishqalanishni oshirish kerak bo‘lsa, konki bilan muz orasidagi ishqa- lanishni kamaytirish lozim bo‘ladi.
Zaruriyatga qarab ishqalanishni kamaytirish yoki orttirish mumkin. Buning uchun avval ishqalanish koeffitsiyentini o‘lchash zaruriya- ti tug‘iladi. Tinchlikdagi ishqalanish kuchini
0 t
rasm. Tinchlikdagi va sirpanish ishqalanishning namoyan bo‘lishi (a) va ularning grafigi (b)
o‘lchash mumkin. Agar taxtacha (jism)ni go- rizontal sirtga qo‘yib, dinamometr bilan tortsak, jism joyidan qo‘zg‘almasa-da, dinamometrning ko‘rsatkichi orta boradi va ma’lum maksimal F = Fi(t) qiymatga yetganida, jism joyidan
qo‘zg‘aladi (109-a rasm). Bunda Fi(t) – tinchlikdagi ishqalanish kuchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |