31-§. YERNING SUN’IY YO‘LDOSHLARI Raketaning Yer atrofida aylanishi uchun zarur bo‘lgan tezlik
Agar raketa bir necha kilometr balandlikda birinchi kosmik tezlik bilan uchsa, havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qiziydi va yonib ketadi. Havosiz bo‘shliqdagina raketa shunday katta tezlikda harakatlana oladi. Yerdan bir necha yuz kilometr balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin. Shuning uchun kosmosga uchirilgan raketalar shunday balandlik- da uchib yuradi. Raketa, masalan, h = 300 km balandlikda Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo‘lishi kerak? Birinchi kosmik tezlikning υ12 = gr formulasidagi r o‘rniga r + h masofa qo‘yiladi. Yer sirtidan balandlikka ko‘tarilgan sari erkin tushish tezlanishi g ning qiymati kamayib boradi. Yer sirtidan 300 km balandlikda erkin tushish tezlanishi g = 9,0 m/s2 bo‘ladi. Hisoblashlarga ko‘ra, 300 km balandlikda Yer shari atrofida aylana bo‘ylab harakat qilish uchun raketaning tezligi
7,7 km/s bo‘lishi kerak.
Raketa Yerning sun’iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun kamida 300 km ba- landlikka olib chiqiladi. Buning uchun raketaga kamida 7,7 km/s tezlik beriladi.
Sun’iy yo‘ldosh eltuvchi-raketa yordamida kerakli balandlikka chiqarila- di. Ma’lum vaqt davomida raketaning tezligi birinchi kosmik tezlikkacha oshirib boriladi va bunda uning yo‘nalishi asta-sekin gorizontal holatga o‘tadi (100-rasm).
Insoniyat tarixida birinchi marta 1957-yil 4-ok- tyabrda 83 kg massali raketa quvvatli eltuvchi-ra- keta yordamida zaruriy balandlikka olib chiqilib, unga birinchi kosmik tezlik berishga erishilgan. Shar shaklidagi bu raketa Yer atrofida aylana bosh- lagan, ya’ni sun’iy yo‘ldoshga aylangan.
1961-yil 12-aprelda birinchi marta inson kos- mosga uchdi. Yerdan ko‘tariligan «Vostok» kosmik kemasida Yuriy Gagarin sayyoramizni bir marta aylanib, Yerga eson-omon qaytib tushgan. Shu davrdan e’tiboran kosmosni zabt etish va keng
rasm. Raketaning h balandlikda orbita bo‘ylab harakat trayektoriyasi
ko‘lamda o‘rganish boshlanib ketdi. Yuzlab kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemalarda Yer atrofini orbita bo‘ylab aylanib, turli tadqiqotlarni o‘tkazdilar.
Kosmosni zabt etishda yana bir buyuk yutuq –
1969-yil 21-iyulda astronavtlar N. Armstrong va
E. Oldrin boshqargan kosmik kema Oyga yumshoq qo‘ndi, inson ilk bor Oyga qadam qo‘ydi.
Kosmosni zabt etishda o‘lkamizda tug‘ilib, voyaga yetgan kosmonavtlar ham munosib hissa qo‘shganlar. Toshkent viloyatining Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov 5 marta (1978, 1981, 1982, 1984, 1985) kosmosga parvoz
qilib, orbitada jami 145 kun bo‘lgan. Shu davrda ikki marta ochiq kosmosga chiqib, kosmik apparat- ning sirtqi qismini ta’mirlashda ishtirok etgan. Kos- monavtika sohasidagi buyuk xizmatlari uchun ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan (1978, 1981). 1985-yilda unga aviatsiya general-mayori har- biy unvoni berilgan. O‘zbekistonlik uchuvchi-kos- monavtga Toshkentda byust o‘rnatilgan.
1998-yil 22-yanvarda xalqaro ekiрaj tarkibida Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan o‘zbek o‘g‘loni Solijon Shariрov Amerika Qo‘shma Shtat- lari kosmik kemasida kosmosga uchdi. 2004-yilda
S. Shariрov ikkinchi marta kosmosga parvoz qildi.
Kosmonavt Vladimir
Jonibekov
Kosmonavt Solijon Sharipov
Bu gal u Rossiya kosmik kemasida uchib, uzoq muddat davomida kos- mosda tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |