Materiallar
|
µ
|
№
|
Materiallar
|
µ
|
1
|
Mis bilan muz
|
0,02
|
5
|
Bronza bilan cho‘yan
|
0,2
|
2
|
Po‘lat bilan muz
|
0,04
|
6
|
Yog‘och bilan yog‘och
|
0,4
|
3
|
Po‘lat bilan po‘lat
|
0,12
|
7
|
Charm bilan cho‘yan
|
0,6
|
4
|
Po‘lat bilan bronza
|
0,15
|
8
|
Rezina bilan beton
|
0,75
| Dumalanish ishqalanish
rasm. Dumalanish ishqalanishda vektorlarning yo‘nalishi
G‘ildiraklar g‘ildiraganda, bochka yoki g‘o‘lalar dumalatilganda, dumalanish ishqalanish namoyon bo‘ladi. Dumalanish ishqalanish hosil bo‘lishining asosiy sa- babi g‘ildirak tegib turgan sirtning og‘ir- lik kuchi ta’sirida chuqurcha paydo bo‘lib deformatsiyalanishidir. G‘ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo‘lsa, g‘ildirak dumalayotganda shuncha kam de- formatsiyalanadi va dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) shuncha kichik bo‘ladi (111-
rasm). Temir yo‘lning temir izlarida ishqalanish kuchi juda kichik bo‘lishining sababi ham shunda.
→
F
rasm. Dumalanish ishqalanish kuchini aniqlash
Har qanday jismning dumalanish ishqala- nish kuchini o‘lchash mumkin. Buning uchun aravacha dinamometr orqali bir xil tezlikda tortiladi. Bunda aravacha g‘ildiraklarining dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) dinamometr ko‘rsatgan F kuchning qiymatiga teng bo‘la-
di (112-rasm). Bu kuchning qiymati 4 ga bo‘linsa, aravachadagi har bir g‘ildirakning dumalanish ishqalanish kuchi topiladi.
Dumalanish ishqalanish kuchi Fi(d) sirpa- nish ishqalanish kuchi Fi(s) dan kichik bo‘la-
→
F
→
F i( s)
→
→ F
F i( d)
rasm. Sirpanish (a) bilan dumalanish (b) ishqalanishning qiyoslanishi
di (113-rasm). Shuning uchun ham qadim- dan odamlar og‘ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishda g‘o‘lalardan foydalangan- lar. G‘ildirak ixtiro qilingandan keyin esa u g‘o‘lalar o‘rnini egallagan. G‘ildirakning ixtiro qilinishi buyuk kashfiyotlardan biridir. Tajri- balar shuni ko‘rsatadiki, dumalanish ishqala- nish kuchi Fi(d) jismning og‘irligi P ga to‘g‘ri proporsional, dumalayotgan jism radiusi r ga teskari proporsional bo‘ladi, ya’ni:
(3)
bunda µd – dumalanish ishqalanish koeffitsiyenti. Uning qiymati bir-bi- riga ishqalanuvchi jismlarning materiali, sirtlarining silliqligi va bosh- qalarga bog‘liq. µd ning qiymati po‘lat bilan po‘lat uchun 0,2 mm ga, avtomobil g‘ildiragi rezinasi bilan asfalt uchun 2 mm ga teng. Yog‘och taxtaning polga ishqalanish kuchini o‘lchash uchun yog‘ochga dinamo- metrni ulaymiz. Dinamometrni gorizontal holda ushlab, yog‘ochni pol- ga nisbatan tekis harakatlantiramiz. Jism tekis harakat qila boshlaganida dinamometrning ko‘rsatgichi ishqalanish kuchini ko‘rsatadi. Yog‘ochning tekis harakat qila boshlashi ta’sir etuvchi kuch va ishqalanish kuchi bir-biriga tengligini ko‘rsatadi. Faqat bu kuchlar qarama-qarshi yo‘nal- gan bo‘ladi. Agar yog‘och ustiga yuk qo‘ysak, yuksiz holatga nisbatan ko‘proq ishqalanish paydo bo‘lganligini kuzatamiz. (2) formuladan duma- lanish ishqalanish koeffitsiyentini topaylik:
µ = F r
yoki
µ = F
r .
(4)
d i(d) P
d i(d) mg
Demak, dumalayotgan jism radiusi qancha katta bo‘lsa, dumalanish ish-
qalanish koeffitsiyenti ham shuncha katta bo‘lar ekan.
Masala yechish namunasi
Massasi 2 t bo‘lgan avtomobilning g‘ildiraklari bilan asfalt orasidagi dumalanish ishqalanish kuchini toping. G‘ildirak diametrini 1 m, rezi- na bilan asfalt orasidagi dumalanish ishqalanish koeffitsiyentini 2 mm, g = 10 m/s2 deb oling.
Berilgan: Formulasi: Yechilishi:
m = 2 t = 2 000 kg; P = mg; P = 2000 kg · 10 m/s2 = 20 000 N;
µd = 2 mm = 0, 002 m;
D = 1 m; g = 10 m/s 2.
r = D ;
2
r = 1
2
m = 0,5 m;
20 000 N
Topish kerak:
Fi(d)
= µ P .
d r
Fi(d) = 0,002 m·
0,5 m
= 80 N.
Do'stlaringiz bilan baham: |