Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet67/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Oziqlantirish. Ekinlar, odatda, ikki yoki uch marta, ya’ni maysalar unib chiqqandan keyin, hosil to‘plash oldidan va yoppasiga hosil to‘plash davrida oziqlantiriladi. O‘g‘itlar ildizlarining asosiy qismi joylashgan zonaga solinishi kerak.
Shuning uchun birinchi oziqlantirishda o‘g‘itlar ekin qatorlarining biqiniga 6-8 sm chuqurlikda, ikkinchi va uchinchi oziqlantirishda esa qator oralarining o‘rtasiga 10­15 sm chuqurlikda solinadi. O‘g‘itlar, odatda, ekin sug‘orilgandan keyie er etilishi hamonoq, solinishi kerak.
Sabzavotchilikda gibberellin TTS, DTS, NRV va boshqa o‘stiruvchi moddalarni qo‘llash sabzavot ekinlari hosildorligini oshiradi.
Gibberellin Gibberella fujikuroi nomali zamburug‘ning modda almash-inish mahsuloti bo‘lib, bu modda zavodda tayyorlanadi va o‘simlikning yosh o‘suvchi organlariga purkaladi. Toshkent davlat agrar universitetining sabzavotchilik kafedrasining tajribalariga qaraganda gibberellinning past kontsentratsiyasi (1 l suvga 20-50 mg hisobida) yangi kovlab olingan kartoshka tuganaklarining ko‘karishini tezlashtiriadi, karam boshlarining yaxshi o‘ralishini va hosildorligini oshiradi. Sabzavot urug‘larni va o‘simliklarni neftdan tayyorlangan o‘stiruvchi moddalar (NRV) ning kuchsiz (0,005%) eritmasi bilan dorilash hosildorlikni oshiradi.
Qora sovuqqa qarshi kurashish. O‘rta Osiyoda kech bahorda va erta kuzda bo‘ladigan qora sovuqlar sabzavotchilikka jiddiy zarar etkazadi. Qora sovuqlarning asosiy sababi shimoliy kengliklardan sovuq havo oqimining bostirib kelishidadir. Buning natijasida havo bir necha kun sovib turadi. Bunday sovuqlar bahorda mart- aprelda va hatto may oylarida, kuzda esa oktabr-noyabr oylarida bo‘ladi.
Kuzgi qora sovuqlarga qarshi kurashishning eng oddiy va qulay usuli bevosita sovuq tushishidan oldin ekinni bostirib sug‘orishdan iboratdir. Sug‘orish natijasida o‘simliklarni o‘rab olgan havo suv yuug‘i bilan to‘yinadi. Sovuq vaqtida harorat pasayganida suv bug‘lari kondensatsiyalanadi, ya’ni suvga aylanadi, bunda shudring tushadi va bug‘ hosil bo‘lgandagi yashirin issiqlik ajralib chiqadi.
Qora sovuqlarga qarshi kurashishning sinalgan usullaridan biri tutun chiqaradigan shashkalarni yoki unchalik ahamiyati bo‘lmagan organik yonilg‘ilar - poxol, begona sht, daraxt shoxlari, ang‘iz qoldiqlari, supirindilar va hokazolarni yoqib tutatishdan iboratdir.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish