Gulkaram. Ozuqaligi jihatdan eng foydali sabzavot ekinlaridan biri gulkaram hisoblanadi. Unda oqbosh karamga nisbatan quruq modda, mineral tuzlar, ayniqsa fosfor, kaliy, kalg’tsiy, temir, magniy moddalari ko‘p. Gulkaram V3,S,RR vitaminlariga boy bo‘lib, inson organizmini zararli mutagen moddalaridan himoya qilidi. Gulkaramdan turli taomlar tayyorlanadi.Undan kontserva tayyorlash ham mumkin.
Bodring.Bodringning ozuqalik axamiyati baland emas. Lekin unda lazzat, maza beruvchi, shuningdek ovqatni hazm qildiradigan, bezlar faoliyatini kuchaytiradigan xususiyat bor. Bodringdagi ferment, tabiat bo‘yicha insulinga yaqin bo‘lganligi sababli parxez maxsuloti sifatida qo‘llaniladi. Mevasida shunday fermentlar borki, ular vitamin S ni paydo bo‘lishini kuchaytiradi va V vitamini o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Bulardan tashqari bodring yodning yaxshi manbaidir.
Qovoq. Qovoq g’oyat foydali oziqadir.Uning etida fosfor kislotasi, kaliy, kalhtsiy, magniy bor. Temir miqdori bo‘yicha qovoq sabzavotlar ichida chempion hisoblanadi. Ular V1 ,V2,V6, S, Ye, RR vitaminlari va A provitaminga boy polizdir.shuningdek qovoqda modda almashuv jarayonini tezlatishga yordam qiluvchi T vitamini borligi aniqlangan.
Qovoq urug’ida Ye vitamini va tsink tuzlari ko‘p. U gijja haydaydigan mahsulot. Urug’ining mag’zi yong’oq mag’zi bilan raqobatlashadi.
Qovun. Qovun tarkibida 17-20 foizgacha yengil singadigan qand moddasi bor. Unda mineral moddalardan, ayniqsa,temir ko‘p. Uning miqdori qovoq, bodring, pomidor, sabzi va boshqa sabzavotlarga nisbatan qovunda ko‘proq. SHuningdek, u V1 ,V2,V6, S, Ye,RR vitaminlari va A provitaminga boy.
Qovun buyrak, sapro yo‘llari va yurak-tomir kasallanganda juda foydali. Surunkasiga istehmol qilib turilsa podagrani yo‘qotadi, tanadagi modda almashuvini, kayfiyatni yaxshilaydi. Mayin hujayralari oshqozon, ichak yo‘llari faoliyatini faollashtiradi. Xalq tabobatida qovun bavosilga qarshi, sil kasalligi, bot kasalligi, qon kamayganda istehmol qilinadigan, isitma tushiradigan vosita sifatida qo‘llaniladi.
Tarvuz. Tarvuz sersuv, shirin, xujayralari mayin mahsulotdir. Issiq kunda chanqoqni yaxshi bosadi. Unda S, V1 ,V2, K, RR vitaminlari, pektin moddasi, limon va olma kislotalari, yengil eriydigan qand mo‘l. Boshqa sabzavotlarga nisbatan unda V9 vitamini ancha ko‘p. Jigar og’riganda, aterosklerozda, qon kamayganda, ichak yo‘li kasallanib, yurishmaganda istehmol qilinsa tarvuzning foydasi katta bo‘ladi. Qon aylanishi yetarli bo‘lmaganda va modda almashuvi buzilganda tarvuzni surunkasiga istehmol qilish tavsiya etiladi.
Pomidor. Keng tarqalgan va ko‘p istehmol qilinadigan bu sabzavotda xom oqsil, kraxmal, pektin eritilgan (suyuq) shaklda limon va olma, kamroq miqdorda o‘avel va qaxrabo kislotalari mavjud.U temir,fosfor kaliy, kalg’tsiy, magniy, natriy tuzlariga boy. Unda tomatin-achchiq modda bor. Tarkibida yod va aromatli moddalar bo‘lganligi uchun u fitontsid xususiyatiga ega. Pishgan paytida qand, V1, V2, V3, S, K, RR vitaminlariga boy bo‘ladi.
Pomidorning yangi mevalarini qon bosimi oshganda,stenokardiyada miokard infarktidan keyin tavsiya qilinadi. Mevasi va sharbati gastritda, jigar kasal bo‘lganda, oshqozon kislotasi kamayganda, behollikda, xotira susayganda istehmol qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |