Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet62/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Nazorat savollari:

    1. Qaysi sabzavotlar tarkibida efir moylari ko‘p?

    2. Qadim zamonlarida sil kasaligini davolashda qaysi sabzavot mevasidan foydalanilgan?

    3. AQSHda podagra hastaligini davolashda qaysi sabzavot sharbatidan foydalanadilar?



Sabzavot ekinlarini sug‘orish va o‘g‘itlash va parvarishlash


Reja:
1. Sabzavot ekinlarini o‘g‘itlash.
2. Yomg‘irlatib sug‘orish usuli.
3 Ekinlarni parvarish qilish


Sabzavot o‘simliklari suvga talabchan ekindir. Bu esa o‘simlik to‘qimalarida suvning ko‘pligi (65-95%), barglar sathining kattaligi, og‘izchalarning ko‘pligi, transpiratsiyaning jadal borishi, ildiz sistema-sining tuproqda yuza joylashganligi bilan xarakterlanadi.
Sabzavot ekinlarining namga talabi uning naviga va qo‘llanilayotgan agrotexnologik tadbirlarga bog‘liq.
Tez o‘suvchi va jadal hosil to‘plovchi ertapishar navlar, kechpishar navlarga nisbatan sug‘orishni ko‘p talab qiladi. Ko‘chatdan yetishtirilgan karam, pomidor ekinlari, urug‘idan bevosita o‘stirilgan ildizi kuchli va chuqur joylashgan ekinga nisbatan namga talabchan bo‘ladi.
Sabzavot ekinlarining namga talabchanligi turli o‘sish va rivojlanish fazalarida har xil bo‘ladi. Aksariyat sabzavot ekinlari urug‘ning unib chiqishida, tuproqning sernam bo‘lishini talab etadi. Chunki, ko‘pchilik sabzavot ekinlarining urug‘i mayda va yuza ekilishi, maysalar tekis va tez ko‘karishi shuni taqazo etadi.
Sabzavot ekinlarini o‘g‘itlash. O‘simliklarni makro va mikroelementlar bilan ta’minlash uchun o‘g‘itlar qo‘llanadi. Mineral oziqlar hosilning yuqori bo‘lishini ta’minlashlari bilan birga mahsulot sifatini ham oshiradi, ayni vaqtda o‘simliklarni tashqi muhitning xatarli ta’sirlaridan ham himoya qilishi mumkin.
Progressiv mexanizatsiyalashgan texnologiyalar asosida sabzavotlar yetishtirish uchun o‘g‘itlash tartibini tuzishda quyidagi omillar: o‘g‘itlar turi, miqdori, qo‘llash muddatlari, hosilni oshirishga qaratilishi bilan bir qatorda, tuproqdagi oziq moddalar muvozanati balansini sozlash, eng kam mehnat va ashelar sarflab eng yaxshi iktisodiy samaradorlikka erishish» tuproq sharoiti va o‘simliklar biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda organik va mineral makro va mikroo‘g‘itlardan foydalanish, har qaysi ekin turi va dala almashlab ekish maydonlariga xos o‘g‘itlashlar turi, miqdori va muddatlarini belgilash asosiy omil hisoblanadi.
Sabzavotkorlikda o‘g‘itlar erni haydashdan oldin, asosiy, ekish oldidan yoki ko‘chat o‘tkazishdan oldin solinadi. Asosiy o‘g‘itlash ko‘pincha kuzgi chuqur shudgorlashda organik va mineral (fosforli va kaliyli) o‘g‘itlarni haydov qatlami ostiga solishdan iborat. Kech bahorgi va yozgi takroriy ekinlar uchun shu o‘g‘itlar ekish oldidan haydov ostiga solinadi.
Vegetatsiya davri davomida o‘simliklar oson o‘zlashuvchan o‘g‘itlar bilan ozikdantiriladi. Oziq moddalarga eng talabchan paytlari hayotiy davrining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keluvchi ekinlar (bodring, pomidor, poliz ekinlari, karam, qisman ko‘kat sabzavotlar) uchun bu muddat ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi. Oziqlantirishlarning aniq muddatlari va ularning tarkibi o‘simliklarning biologic xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Ko‘chatlar dalaga o‘tkazilganda ham tuproq nam bo‘lishi shart. Chunki, ko‘chatlarni o‘taazish vaqtida ildizning bir qismi yulinib,qolgan qismi o‘simlikni suv bilan etarli taminlay olmaydi.
Ko‘chat tutib olgach, yoki urug‘ unib chiqib, o‘simliklar ildiz otganda, etarli barg sathi shakllanganda ham namlik tuproqda ko‘chat bo‘lishi shart. Aks holda yosh o‘simliklarning fiziologik qarishiga olib keladi. Bu holatda o‘simliklar qurg‘oqchilikka moslasha berib, shaklini, barg hajmini, anatomik tuzilishini va boshqa organlarini o‘zgartiradi, natijada kseromorflikka o‘tib, tez o‘sish xususiyatini yo‘qotadi, hosili keskin kamayadi.
Sabzavot ekinlarini o‘z vaqtida va me’yorda suv bilan taminlab, muttasil, mo‘l hamda sifatli hosil olish ko‘p jihatdan sug‘orish rejimi va texnikasi (texnologiyasi) ni ishlab chiqish hamda qo‘llashga bog‘liq.
Sug‘orish rejimi deb sug‘orish soni, sxemasi, muddati, normasi va mavsumiy sug‘orish normasi yig‘indisi tushuniladi. Bu ko‘rsatgichlar har bir ekin uchun, muayyan tuproq-iqlim sharoiti uchun, hosildan foydalanish yo‘nalishiga qarab ishlab chiqiladi. Bu haqda biz har bir sabzavot ekinini o‘rganganda batafsil to‘xtalamiz.
Sug‘orishlar har xil maqsadlarda quyidagicha o‘tkaziladi:

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish