Hayot hayot emas bayotsiz hayot
Biz bulardan najot topmasmiz axir
Ma’nisiz qo’shig’u bema’ni bayot
Hayollar gohida nega boshlaydi
San’at dargohida soflar yashaydi
Beg’am chigirtkaday bo’lmagin aslo
Chumoliday ishchan oson qishlaydi
Gohida o’ylasam menga teng yo’qday
Ba’zida ilmimdan ko’ngil ham to’qday
Yomg’irdan tomarkan bir tomchi zarra
Hattoki ilmimdan shu tomchi ko’pday
Eshigim oldida qayg’u quvonchcha
Qay birini olay uyga qaytguncha
Axir shu qayg’uda ma’nisi bo’lsa
Olib ketaymi yo mahshar kelguncha
Eritsa, yurakni qandayin mazza
Tosh yuraklarga ham yetib gar borsa
Mevasin yemasa ne kerak daraxt
Ertasi ,,Otangga ming rahmat !‘‘ -- desa
Javloniy qalamin yosh solmadi
Do'stlaringiz bilan baham: |