Balki o’zim ayibdorman Jafoliqqa o’zim zorman Sani ishqing yor mani Xayolimni o’g’irladi
Ishqi zor ko’kka yetdi Umring mazmuni ketdi Ey Javloniy yetsa gar yetdi Xayollarni o’g’irladi …
Dangallik haqida she’r
Yaxshilarni doim yod et Yomonlarni esa yot et Qarama shayton ko’ziga Farishta uyin obod et
Mayli gapir achchiq va rost Mayli gapir mrdlarga xos Agar yolg’onni so’zlasang O’z tilingga o’zingni os
Davlat kelsa unutma do’st Ota-onang qarindosh po’st Agar unutsang ularni Jannatdan umidingni uz
Javlon aytdi oz-oz ila Ozlarida soz-soz ila Unutmasin ul ham shuni Yozdi qalam, qog’oz ila Sevgi … Dilingni dilingni og’ritsa g’am ,,Og’ridi‘‘ – dema hecham Axir bu og’riq emas Bu sevgidir anglagil sen ham …
Sevgi … Sen ishqda asaldursan Sevgi … Sen bitmas kasaldursan Sevgi … Sen she’r-u g’azaldursan
Dilda sevgining bori Shudir senga bir dori Sevgi yigitning ori ,,Keraga tog’‘‘ kabi viqori
Sevgi … Sen azal-azaldursan Sevgi … Sen hamon go’zaldursan Sevgi … Sen she’r-u g’azaldursan Dema - ,,Bu so’zlaring oz‘‘ Sevgiga yetmas qog’oz Yetsa senga bu qo’shiq Demak, bu tuyg’u dildagi ovoz
Sevgi … Sen ishqda javobsizsan Sevgi … Bildirmas azobdursan Sevgi … Ham farz-u tavobdursan Yoshlik kuylamoq oni Ishqi oshiqning joni Javloniy sozingni ol Mana chalmoq keldi imkoni
Sevgi … Oshiqqa tuzoqdursan Sevgi … Sen uzoq-uzoqdursan Sevgi … Visol oni ishq chog’san Sevgi … Farzandim yohud Sevgi 2
Olloh bergan in’omim Sevgim kabi sen poksan O’tirib o’ng tomonim Mevasan, olma noksan Farzandim …
Yurakdan she’rlar yozib Ishq ichra etdim taqdim Yorga bor mani ishqim O’zgasigamas Haqdin Farzandim …
Bandaga etsin nasib Bu kun yomoni bo’lsin Almashmas hechda taqdir Boshida borin ko’rsin Farzandim ...
Javloniy she’rin yozdi Ishq deb har kunda ozdi O’latganda u kulib Armoniga go’r qozdi Farzandim …
Sevgi tuzog’i … yohud Sevgi 3
,,Sevdim‘‘dedim men yorga Vafosiz ul dildorga Tashladi-yu ketdi yor Qilmay hatto e’tibor
Sevgi tuzog’i qancha ? Yorning azobi qancha ?
Dilin ochgan bo’lsa mayli Bir kun kelar sevgi sayli Sevish bag’ri toshga emas Chin oshiqni may qilur mast
Sevgi tuzog’i qancha ? Yorning azobi qancha ?
Gulg’uncha ochar bir kun O’n olti yil kun-u tun O’tgancha kelib ketar Xofiz qo’shig’in aytar
Sevgi tuzog’i qancha ? Yorning azobi qancha ?
Yig’larman-u ammo yosh yo’q Sevar meni, ham ko’ngil to’q Yorning bir lahza diydori Oshiq uchun ul viqori
Sevgi tuzog’i qancha ? Yorning azobi qancha ?
Ishq keskin tushuncha Sevish ma’nisi shuncha Ishq bahori to’ygunchadur So’ngra yana qish qaytadur
Sevgi tuzog’i qancha ? Yorning azobi qancha ?
Javloniy yozday yozadi Ishqni betaraf kezadi Yetar bir kun ul ham visoli Totar shunda shakarla bol
Sevgi tuzog’i qancha ? Yorning azobi qancha ?
Biz nega yig’laymiz do’stlarim, nechun ?
Hayollar ro’yoga aylangan bu kun Osuda o’tadi bu kunda bu tun Axir bunday kunda quvonmoq kerak Biz nega yig’laymiz do’stlarim, nechun ?
Yolg’onchi yolg’onla erisholmadi Munofiq loaqal tirisholmadi Shunga go’zal kunga erishib, nega ? Biz nega yig’laymiz do’stlarim, nechun ?
Shukronalik kuni baxt yor bu kunda Farishtalar alla aytar bu tunda Axir bunday kumlar quvonmoq uchun Biz nega yig’laymiz do’stlarim, nechun ?
Ertaga kimni ham topib bo’ladi Gul ham bir ochilib, so’ngra so’ladi Javloniy g’animat aylar bu kunni Asli har bir kuning quvonmoq uchun …
O’n ikki daqiqa …
O’n ikki daqiqa xazonga ketdi Xazonli jafo-yu to’zonga ketdi Bitta qoshi kamon larzonga ketdi O’n ikki daqiqa xazonga ketdi
O’n ikki million ikki daqiqa Ma ‘rakalar ;to’y hamda aqiqa Ikki yillik safo hayfdurur siyqa O’n ikki daqiqa xazonga ketdi
Javloniyning o’zi kechikkan erur Beshavqat olamdan ichikkan erur Qachon ko’z o’ngida gul chiqqan erur O’n ikki daqiqa xazonga ketdi
Munofiqlik haqida she’r
Munofiqlik bir hislatki, Yomonlardanda yomon Agar do’zax oloviki, Tashlanar eng tubi tomon
So’zida bor amali yo’q Lekin kirajak odam son Balki bashar shunaqadir Shul sababdan rangi somon
Yomon ichra yaxshi bo’lgil Sen shoir Saidbek Javlon Yo yaxshi orasida bo’l Yomonlardan biri hamon
Shunchaki …
Qancha jamiyatda bo’lgin sen halol Halollik mensimay qilishar uvol Bir faqir dunyoda na toza yasha _ + _+ Na haromdan olma, zarra [bir] zuvol [a]
Hayyom bobomlarni aytganlaridek : ,,Kim ilmla quvonib, chiqib men – deydi Kimdir bilagini qisib men - deydi Ajal dam kelib nogahon men – deydi ‘‘
Qancha zo’r bo’lsang ham shuncha sokin bo’l Javloniy tilaging aytib odim bo’l O’g’ri bo’lsang bo’lgin yolg’onchi bo’lma Har ishda doimo xalqdan oldin bo’l … Mish-mishlarga qo’yib chek …
G’iybatlarga qo’yib chek Undan ko’ra daraxt ek Sen ham osiy bandasan Yurakdagin aytasan Aytib qaytib yurmagil So’ylab, o’ylab yurmagil Ishingni tugal qilgil Dunyoni foniy bilgil Mish-mishlarga qo’yib chek Urishsang saqlama kek Ne qilsang qilgil Vaqtni omonat bilgil Javlon bilsa gar so’ylar Yaxshi gapirsa o’ylar Nodon o’ylamay so’ylar Gaping mag’zini bilgil Ozor …
Ne bo’ldikim ko’nglim ozor chekdi G’ariblik mani vayron etdi Bir xatoyim boshima sindi Bu xato jaholatdin erdi
Seni kim xattoga yo’lladi ? O’zi bilib kim qo’lladi ? Dushmanlaring seni qo’lladi Javob anga to’g’ri yo’l erdi
Javlon dushmanlari shod erdi O’zi bilmay xatoga nogoh erdi Bil unga yaxshilik yod erdi Yaxshidin qolgani bog’ erdi
Nigohila o’zga yor o’qlar otadi Uyda esa ayoling g’amga botadi Qiyshiq yo’ling ko’ribon nogahon ag’yor Sen uchun ayanchli bir siring sotadi
Yillar ila to’plagan obro’yin bir pul Sirdosh do’st oshno bari ketar shu payt so’l Nigohlarin o’zga yor boshqa topon qadaydi Majnundayin