Jahannamda yondim-u senga
Mehring menga tovlangan payt, bayt
Ishi rivoj topmagan shoir
O’z-o’zini yig’latgan ash’or
Topilmadi ishqimga moil
Bayti toza bittagina yor
Ishqni bilar kimlar o’rganish
Kimlar esa payvasta dil deb
Kimlar ersa tushda uyg’anish
Orqasidan so’zlagan til deb
Sevgimni men aytolmayman hech
Tasavvurot bungadur ojiz
Ishqing birla ibodatni qil
Osiy bo’lish bizlarga joiz
Balki she’rim yoza olmadim
Navoi-yu Boburlar kabi
Ishq yo’lida sira tolmadim
Berilgandi Ollohning qalbi
Mangu
Hamon o’z-o’zimni yolg’iz sezarman
Buki, yolg’izlikdan hanuz bezarman
Yorim visolig’a yetsam inshalloh
Dunyo oshig’larin bag’rin ezarman
Do'stlaringiz bilan baham: |