Do’stim, bu damlaring o’tardur ketar
Shu fursatni hozir qo’lingga olgin
Olib bir umrga qalbingga solgin
Nasib meni hamki kulbam yoritar
Katta chamanlarni ul makon etar
Mahshar shuning sabab bo’yin ko’rsatar
Yuzin ko’rmay unga razmingni solgin
Rasmin boqmay uzoqqa qochib qolgin
Meni g’azab qilgan bitta voqea
Musurmon kishig’a doim yo’l qiya
To’g’ri yursayamki noto’g’ri deya
Yolg’on aytishsayam qarsak cholgin sen
To’rt eshak gapin rost deb olgin sen
Haqiqat ko’zi-la qalamni oldim
Gapim rost deyolmay lekin she’r yozdim
O’rta yo’lda sarson bo’lib man qoldim
Javloniy ham yomon bo’lib qolding sen
O’zing anglay olmay so’lib qolding sen
Ma’no
Ma’nisiz qo’shig’-u bema’ni bayot
Do'stlaringiz bilan baham: |