Teng topilmaydi hech ishqi ham dilda
Dunyo oshiqlari qolishar tilda
Qisqa umr ko’rdim hamda angladim
Ishqi sodiq ekan ushbu ko’ngilda
Ijod – ummonga, mangu g’arq bo’ldim
Chiqolmay shu yerda cho’kib man o’ldim
Haq yo’lida jahonig’a haq bo’ldim haq
Mansurday ,,Anal haq” –dedimda o’ldim
Necha kuy qo’shiqdin davo topmadim
Hijron eshigini mudom yopmadim
Hayyomiy birla men to’yib ichdim may
Menga yoqdi ammo unga yoqmadim
Bu kulfat kulfatdir jafoyi kulfat
Jafo-yu jazoyi kulfatda kulfat
Sog’likda qazoyi bazoe bo’lmish
Kulfatda har odam jonig’a ofat
Javloniy birla ko’p qalbimni yordim
Dunyoni yuzig’a rost ila bordim
Jarlikda she’rlarim tashlay olmayin
Yuzini o’ziga loyni men qordim
Do'stlaringiz bilan baham: |