Menejmentning tadqiqot usullari



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/97
Sana18.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#451043
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
Bog'liq
fayl 1795 20210913 (1)

Bashorat – 
bu ham tushuntirishga, ham ilmiy oldindan aytib berishga nisbatan 
qo‘llanadigan shakliy tahlilning o‘zginasi. «
Bashorat
» atamasi retrorivoyatni ham 
qamrab oladi. Ularning tuzilmaviy va funksional jihatlari shak-shubhasiz 
o‘xshashlikka ega. Agar bashorat qilishda ma’lum bir bilimlar to‘plami asosida 
kelajak to‘g‘risidagi bilimlar olinsa, retrorivoyatda – o‘tmish to‘g‘risidagi bilimlar 
olinadi.
 
Qandaydir tashuvchiga (disk, disketaga) yozilgan muayyan vaqt uchun 
boshqaruv vaziyati, o‘tmish to‘g‘risidagi bilimlar olishga imkon beruvchi retro 


53 
hikoyalar, oldindan aytib berish esa – bu kelajakning bashorati, ular orasida hozirgi 
zamon turadi va uni haqiqatan ham boshqarish mumkin. 
Asoslashga aniq misol – qolgan keltirilgan mulohazalarga qaraganda inson 
ongiga, uning qarashlari va xulqiga ta’sir ko‘rsatishning yanada qudratli quroli 
hisoblanadigan argumentatsiya bo‘lib, hanuzgacha tadqiqotning birmuncha bahsli 
usuli bo‘lib qolmoqda. 
Argumentatsiya (dalillar bilan isbotlash) – murakkab hodisadir. G. Djonston 
uni “insonlar, ularning xatti-harakatlari va qarashlarini boshqarishning maxsus 
ko‘rinishi” sifatida tavsiflaydi. 
Istalgan faoliyat sxemasida ikki element qatnashadi: a) faoliyat maqsadi; b) 
retsipient yoki dalillar bilan asoslanuvchi deb ataladigan ob’ektning xulqi 
to‘g‘risida dalil keltiruvchining tasavvurlari. 
Maqsadiga ko‘ra argumentatsiya ko‘pincha jismoniy ta’sir ko‘rsatish usullari, 
ya’ni dalil keltiruvchi retsipientni qandaydir harakatlarni sodir etishga yoki, 
aksincha 
harakatsizlikka 
undashi 
bilan 
bog‘lanadi. SHunday qilib
argumentatsiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat: 
1) qandaydir fikrni, tadqiqot natijasini retsipient tomonidan bevosita qabul 
qilinishi; 
2) retsipient tomonidan harakatlar bajarilishi yoki harakatsizlikni kutish; 
3) retsipientda muayyan hissiyotlarni tug‘dirish; 
4) haqiqatni retsipientning yutug‘iga aylantirish imkoniyati. 
Argumentatsiyaning maqsadi – klassik talqindagi haqiqatga erishish emas, 
balki muhokama uchun tanlangan takliflarni tushunishdan iborat. 
Argumentatsiya doim ham insonparvar maqsadlarga xizmat qilavermaydi; u 
aldov, xushomad, yo‘ldan urish va hokazolar sifatida ham qo‘llanishi mumkin. Bu 
masala dalil keltiruvchining retsipient haqida iroda erkinligiga ega bo‘lgan sub’ekt 
haqida singari o‘ylashi bilan chambarchas bog‘liq. Retsipient argumentatsiyani 
qabul qilish yoki qabul qilmaslik huquqiga ega. 


54 
Retsipient qarashlariga ta’sir ko‘rsatish muammosi muhim hisoblanadi, 
chunki dalil keltiruvchining bosh vazifalaridan biri – ham o‘zini, ham 
argumentatsiya ob’ektini mantiqiylik, ishonchlilik va ob’ektivlikka ishontirishdir. 
Dalillarning ajralmas tavsifi – uning retsipientga ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatishi. 
Vaziyatli yondashuvda argumentatsiya, uning o‘zidan, o‘zi uchun joriy 
voqealarni faqat shaxsan o‘ziga tegishli va unga kirib borish zarur bo‘lgan vaziyat 
sifatida aniqlashtirish zaruratini anglashdan boshlanadi. Bu erda dalil keltirish 
motivatsiya bilan chambarchas bog‘liq. So‘ngra argumentatsiya vaziyatni bayon 
qilishda, axborot manbalarini, material turini saralashda, ularni birlashtirishda va 
hokazolarda kerak bo‘ladi. Keyinchalik argumentatsiya vaziyatni tahlil qilishda, 
masalalarni saralashda, muammolarni aniqlashda zarur bo‘ladi. Va faqat shundan 
so‘nggina argumentatsiya repitsientga nisbatan qo‘llanadi. 
Bunday ta’sir ko‘rsatishning natijasi Platon fikricha, retsipient tomonidan 
bilimni (fikr, ishonch) egallash bo‘lishi mumkin: “ishontirish – bu fikrni uqtirish 
demakdir”. Biroq, ishontirishni oddiy ishonishdan farqlash zarur. I.Kantning 
fikriga ko‘ra, «aynan etarlicha ob’ektiv asoslarning mavjudligi oddiy ishonishni 
ishontirishdan farqlantiradi». 
Shuni yodda tutish kerakki, ko‘p hollarda argumentatsiya asosan ishontirishga 
emas, balki faqatgina retsipientni o‘z tomoniga “og‘dirish”ga qaratilgan. Bunda 
“qabul qilinish” atamasi qo‘llanishi mumkin. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish