51
Ikkita mulohaza o‘zaro mos bo‘lmagan deb ataladi, agar birining chinligidan
ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqsa (ya’ni ularning ikkisi bir vaqtda
chin bo‘la olmasa). O‘zaro mos mulohazalar bitta fikrning o‘zini to‘liq yoki
qisman ifodalaydi.
Xulosa
–
bu mulohaza bilan ifodalangan bilimni,
yana mulohazalar bilan
ifodalangan boshqa bilimlardan olish jarayonidir. Xulosalar
deduktiv
(umumiydan
xususiyga);
induktiv
(xususiydan umumiyga) va
o‘xshashlik (analogiya) asosidagi
xulosaga bo‘linadi. Deduktiv xulosa orqali ma’lum bir fikr boshqa fikrlardan
“chiqariladi”, induktiv xulosalar esa faqatgina boshqa fikrga “boshlab boradi”.
Analogiya –
boshqa predmet bilan o‘xshashlik asosida predmetda muayyan
belgining mavjudligi to‘g‘risidagi xulosa.
Qat’iy
analogiya
ishonchli,
qat’iy
bo‘lmagan analogiya
esa
–
faqatgina ehtimoliy xulosani beradi.
Xulosa chiqarish
qoidalari buzilganda bunday analogiya
yolg‘on xulosa
deb ataladi.
Rasmiy-mantiqiy
tadqiqot
usullaridan
samarali
foydalanish
uchun
ishlatilayotgan tushunchalarni to‘g‘ri ifodalash zarur. Tushunchalar haqiqiy
narsalar, voqealar, hodisalarni to‘g‘ri
aks ettirishi uchun, ularni ta’riflashda
ma’lum qoidalarga amal qilish zarur.
1.
Tushunchalarni to‘g‘ri taqqoslash qoidasi.
Ular orasida umumiylikka
qaraganda farqli tomonlarning ko‘pligi yaqqol ko‘rinib turgan tushunchalarni
taqqoslash mumkin emas. Masalan: “Boshqaruv – bu qonning organizm bo‘ylab
harakatlanishidir”. Bunday ta’rif obrazli, lekin ilmiy nuqtai nazardan maqbul emas.
2
.
Aniqlovchi va aniqlanuvchi tushunchalar mutanosibligini o‘rnatish qoidasi.
Masalan, samaradorlik – bu nafaqat boshqaruvning, balki istalgan boshqa faoliyat
turining xossasidir deb tasdiqlash mumkin emas. Bunday tasdiqlash ta’riflash
hisoblanmaydi.
3.O‘zi isbot talab qiladigan narsa bilan boshqa narsani isbotlashga urinishni
taqiqlash qoidasi.
Tushunchani o‘z-o‘zi yoki
birinchi tushuncha bilan
aniqlanadigan boshqa tushuncha orqali ta’riflash mumkin emas. Misollar:
52
“Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaruvchi tizim, boshqaruvchi tizim – bu boshqaruv
sub’ektidir”; “Boshqaruv prinsiplari – bu boshqaruvda qo‘llanadigan prinsiplar”.
4
.
Ta’riflovchi qismda ishlatiladigan barcha tushunchalarning ravshan va
aniq bo‘lish qoidasi.
Tadqiqotda ta’riflash paytida metaforalar, noma’lum
tushunchalar va atamalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Axir ta’rif
noaniqlikni
bartaraf qilish, mantiq o‘rnatish, fikrlashning aniqligini ta’minlash
uchun zarur.
Asoslash
–
eng muhim ketma-ketlikda bajariladigan tadqiqotchilik ishlaridan
biri, biroq asoslash jarayonida hosil qilinuvchi matnlarning ulkan xilma-xilligi
bilan bir qatorda, ularning mantiqiy
tuzilishining umumiyligini, ya’ni ulardan har
birida ikki elementni: “asos”ni (bu komponent faol,
ishchan ibtido, tuzish,
shakllantirish, o‘zgartirish vositasi vazifasini bajaradi) hamda “asoslangan
ob’ekt”ni, ya’ni passiv, majhul ibtido sifatida xizmat qiladigan tuzish,
shakllantirish, o‘zgartirish ob’ektini ajratish mumkinligini ta’kidlamaslik mumkin
emas.
Shunday qilib, quyidagicha ta’riflash mumkin:
asoslash ongning shunday
jarayoniki, uning asnosida ikkita ideal ob’ektlar – asos va asoslanuvchi ob’ektlar
o‘rtasida u yoki bu aloqani o‘rnatish yo‘li bilan –birinchisining biror-bir tavsiflari
ikkinchisiga ma’lum qilinadi. Ko‘pincha asoslash bilan birga boshqa anglash
protseduralari, masalan oldindan ko‘rish va oldindan aytib berish ham tilga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: