–
muqobilliklarni
oddiy sabab-oqibatli baholash uchun nihoyatda murakkab bo‘lgan vaziyatlarda
ob’ektiv qarorlarni qabul qilish imkonini beradigan modellarni ishlab chiqish
usulidir. Tadqiq etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning ko‘plab modellari
shunchalik murakkabligiga, ya’ni ko‘pincha kompyutersiz uddalab bo‘lmasligiga
qaramay, modellashtirish konsepsiyasi oddiy hisoblanadi. Shennon ta’rifiga ko‘ra,
«model – bu ob’ekt, tizim yoki g‘oyani, butunlikning o‘zidan farq qiluvchi birorta
shaklda tasvirlashdir». Tashkilotning sxemasi, masalan, uning tuzilishini
ifodalovchi modelning o‘zi. Haqiqiy hayotiy vaziyatni soddalashtirish, unga
nisbatan qo‘llanayotgan modelning asosiy tavsifi deb hisoblanishi mumkin. Model
uning shakli kamroq darajada murakkab bo‘lgani, unda ishga taalluqli bo‘lmagan
ma’lumotlar yo‘q qilinishi sababli rahbarning, uning oldida vujudga kelayotgan
muammolarni bartaraf qilish qobiliyatini oshiradi. Yozilgan vaziyat, ushbu
ma’noda olinganda, o‘zida haqiqiy hayotiy vaziyatning modelini ifodalaydi.
Haqiqiy olam bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro harakatlanishga urinishlar
o‘rniga modeldan foydalanish qator sabablar bilan tushuntiriladi:
ko‘plab tashkiliy vaziyatlarning murakkabligi: tashkilotning haqiqiy olami
nihoyatda murakkab va aniq muammoga taalluqli o‘zgaruvchilarning haqiqiy soni
har qanday insonning imkoniyatlaridan ancha ko‘p ekanligi sababli, uni faqat,
haqiqiy hayotni modellashtirish yordamida soddalashtirish orqali tushunish
mumkin;
haqiqiy hayotda eksperimentlar olib borish bilan bog‘langan qiyinchiliklar,
xususan, katta xarajatlar, shu jumladan moddiy xarajatlarning zarurligi;
boshqaruvning kelajakka mo‘ljal olganligi: hali mavjud bo‘lmagan, balki
hech qachon paydo bo‘lmaydigan hodisani kuzatish imkoni yo‘q; modellashtirish –
42
hozirgi vaqtda kelajak variantlarini ko‘rish va muqobil qarorlarning potensial
oqibatlarini aniqlashning yagona tizimlashtirilgan usulidir.
Modellarning turlari va ularni qurish jarayoni.
Model – bu tadqiqotchi va uning tadqiqot predmeti o‘rtasida joylashgan
tizimdir. Modellarning quyidagi turlari mavjud:
Fizik (moddiy) model (bino, uskuna, mashina modeli), matematik (biror-bir
jarayon, predmetni tavsiflovchi formulalar, ayniyatlar va tengsizliklar tizimi),
mantiqiy (hodisa, jarayon, predmetni tavsiflovchi tushunchalar tizimi), ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyalar modellari, tuzilmalar, usullar modellari va hokazolar.
Ularning asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Fizik model
ob’ekt yoki tizimning u yoki bu masshtabda kattalashtirilgan yoki
kichraytirilgan tavsifi yordamida tadqiq etiladigan narsani ifodalaydi. SHennon
ta’kidlashicha, fizik modelning ajralib turuvchi xususiyati shundaki, u
“modellashtiriluvchi butunlik” ko‘rinishiga ega.
Fizik modelga misol – muayyan masshtabda bajarilgan zavod chizmasi.
Bunday fizik model ko‘z bilan idrok qilishni osonlashtiradi va muayyan uskuna
unga ajratilgan maydon chegarasida jismonan joylasha olishi mumkinligini
o‘rnatishga yordam beradi. Avtomobilsozlik va aviasozlik korxonalari doim yangi
harakatlanish vositalarining ma’lum bir tavsiflarini tekshirish uchun ularning fizik
kichraytirilgan
nusxalarini
tayyorlaydilar.
Ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni
tavsiflaydigan vaziyatlar, odatda fizik modellar ko‘rinishida tasvirlanmaydi.
Analogli model
tadqiq etilayotgan ob’ektni – o‘zini haqiqiy ob’ekt kabi
tutuvchi, lekin bunday ko‘rinmaydigan analogni ifodalaydi.
Analogli modelga misol – korxona tashkiliy tuzilmasining sxemasi. Uni
tuzish asnosida, rahbariyat, buyruqlarning o‘tish zanjirlarini hamda alohida
shaxslar va ularning faoliyati o‘rtasidagi tobelikni tasavvur qilish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Analogli model, barcha xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ro‘yxatini
tuzishga qaraganda, yirik tashkilot tuzilishining murakkab o‘zaro aloqalarini
ko‘rsatishning birmuncha sodda va samarali usuli bo‘lib hisoblanadi. Shunday
43
qilib, analogli model vaziyatni yoki uning biror-bir elementlarini tasvirlashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |