35
eksperiment sharoitlari, verbal va predmetli qo‘zg‘atuvchi omillar, faoliyatni
tartibga solish yo‘riqnomasi, eksperimentchilarning
mavjudligi, eksperiment
qilinayotganlarning reaksiyalari bilan tavsiflanadi. SHu bosqichning o‘ziga mazkur
eksperiment ssenariysini (o‘tkazish muddatlari, asosiy tadbirlar tartibi, yakunlash
tadbirlari va h.k.) ishlab chiqish, vaqti-vaqti bilan
eksperimental va nazorat
ob’ektlaridagi muhim jarayonlarning boshlang‘ich, oraliq va yakuniy holatlarini
baholab borish kiradi.
To‘rtinchi bosqich –
natijalarni tahlil qilish va baholash. Olingan natijalar,
ko‘zda tutilayotgan maqsadga erishilganmi, tadqiqot gipotezasi tasdiqlanganmi
yo‘qmi, shuni ko‘rsatadi. Biroq, eksperimentning asosiy natijalari bilan birga,
keyingi tadqiqotlarda foydalanish mumkin bo‘lgan bir
qator muhim va qiziqarli
natijalarni ham olish mumkinligini hisobga olish zarur. Ushbu bosqich sinovdan
o‘tkazilayotgan yangilikning keyingi taqdiri: dastlabki yangilik loyihasini
o‘zgartirish, qo‘llash ko‘lami, kutilayotgan samara bo‘yicha xulosalar va
tavsiyalarga ega bo‘lishi zarur.
Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi, ayniqsa xalq xo‘jaligini boshqarishdagi
zamonaviy amaliyot bugungi kundagi eng dolzarb vazifa – eksperimentni o‘tkazish
jarayonida to‘g‘ri natijalarni olish yo‘llarini ishlab chiqish ekanligini ko‘rsatadi.
To‘g‘ri natijalarni olish ko‘p jihatdan eksperimentni “toza” qo‘yilishiga
bog‘liqdir. Eksperimentni o‘tkazish, tajriba ob’ektini muhitning ta’siridan tanish
chegaralashni, xususan, korxona (tashkilot)ni ta’minlash yoki moliyalashda sun’iy
imtiyozlarni olib tashlashni, shuningdek nazorat ob’ektlarini
sinchiklab tanlab
olishni talab qiladi. Ular, masalan, uch turda o‘tkazilishi mumkin: 1) tajriba
o‘tkazilayotgan korxona bilan bir turdagi korxona (tarmoq, mahsulot, mintaqa,
hajmi bo‘yicha) yangi ish sharoitlariga, uning iqtisodiy va tashkiliy muhitida hech
qanday yaxshilanishlarsiz o‘tkaziladi; 2) xuddi shunday korxona, unda
sinalayotgan yangilikni joriy etmagan holda imtiyozli eksperiment sharoitlariga
qo‘yiladi; 3) bitta korxonaning o‘zida boshlang‘ich va eksperimentdan keyingi
36
holatlar o‘lchanadi. Barcha holatlarda natijalarni
solishtirish eksperiment
samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy eksperimentni o‘tkazishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan yana bir
umumilmiy talab uni tashkil qilishga taalluqli. Tabiiy fanlarda tadqiqot
apparatining uning ob’ekti va muhitiga ko‘rsatadigan buzg‘unchi ta’siri yaxshi
ma’lum. Ijtimoiy tadqiqotlarda ham shunday samaralar qayd etilgan bo‘lib, bu
“toza natijalarni” olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador.
Muammo, ijtimoiy tadqiqot nazariyasi va metodikasida odatda, faqat
psixologik to‘siqni engib o‘tishga, buning ustiga asosan
kichik guruhlarda engib
o‘tishga bog‘lanar edi. Masalan, eksperiment qatnashchilari u o‘tkazilayotganligini
bilmasligi toza eksperimentni o‘tkazish sharti bo‘lib hisoblanar edi: eksperiment
qatnashchilarining o‘z holatini “o‘ziga xos” deb anglashi nazorat qilib
bo‘lmaydigan, boshqarib bo‘lmaydigan eksperimental o‘zgaruvchiga aylanishi va
natijalarni buzilishiga olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy eksperimentni o‘tkazishda eksperimental vaziyatni yaratish,
ob’ektni uning atrofidagi muhitdan puxta “ajratib qo‘yishni” talab qiladi. Bu
ko‘pincha, sinovdan o‘tkazilayotgan g‘oya namoyish bo‘lish imkoniyatiga ega
bo‘lishi uchun bevosita imtiyozlarni taqdim etishni anglatadi. Albatta, buning
ketidan korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarining qo‘shimcha o‘sishi ro‘y
beradi. Lekin, bu, eksperiment yakunlanganda eksperiment
metodikasiga tegishli
tobe nazorat qilinuvchi o‘zgaruvchini kiritish orqali haqiqiy natijani imtiyozlar
ta’sirida kelib chiqqan natijadan ajratish zaruratini ham anglatadi. U masalan,
eksperimental ob’ektning reaktivligi (tashqi ta’sirga javob berish qobiliyati) deb
belgilanishi va ikkita parametr:
psixologik reaksiya
va
ikkinchi darajali
qo‘shimcha o‘sish
bo‘yicha o‘lchanishi mumkin. SHunda natijani “tozalash” avval
boshidanoq dasturlashtirilgan bo‘ladi.
Intuitiv qidiruv tadqiqotda tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: